147
madlarining barqaror manbaiga va hayotiy faoliyatining
asosiga
aylantiradilar.
Bekorchilik, ichkilikbozlik, muloqot doirasining jinoiy muhit,
ibtidoiy istaklar bilan cheklanganligi, vaziyatga tobelik ularning ruhiy
rivojlanish darajasini nihoyatda cheklab qo‘yadi.
Retsidivistlarning aksariyatida ruhiy buzilishlar va anomaliyalar
kuzatiladi. Xulq-atvorida
beboshlik, jizzakilik, beadablik, atrofdagi
odamlarga nisbatan dushmanlik bilan ajralib turadi.
«Erkinlikdagi» hayot sharoitlarining nihoyatda noqulayligi, «zona»ga
ko‘nikib qolish uning jazodan qo‘rqish hissi yo‘qolishiga olib keladi.
Retsidivist yangi jinoyatni odatdagiday sodir etadi. Ozodlikdan mahrum
qilish joylaridagi eng yuqori maqom, imtiyozli holat ta’minlangan hayot
esa nafaqat qo‘rqitmaydi, balki uni o‘ziga tortadi.
Retsidiv jinoyatchilik – individning barqaror g‘ayriijtimoiy xislatlari-
ning namoyon bo‘lishi. O‘zini boshqarishdagi nuqsonlari va g‘ayriijti-
moiy maqsadlari, vaziyat bilan muhitga bog‘liqlik retsidivistning asosiy
psixologik xususiyatlaridir. Retsidivist xulqida o‘zini boshqarishining
ongli va ong osti mexanizmlarining o‘zaro ta’siriga xos xususiyatlar
ko‘zga tashlanadi.
Retsidivistning xulqi sog‘lom aqlga, o‘z manfaatlariga zid keladi, u
qabul qiladigan qarorlar eng oddiy ehtiyotkorlikdan mahrum, ko‘pincha
qiladigan ishining oqibatlarini inobatga olmaydi.
Masalan, qasddan odam o‘ldirgani va o‘g‘rilik qilgani uchun ikki
marta sudlangan YE. ozodlikka chiqqanidan so‘ng ishga
joylashdi,
uylandi, to‘laqonli hayot sharoitiga ega edi. Biroq birga jazo o‘tagan T.ni
tasodifan uchratgach, mast holda o‘z qo‘shnisining uyiga o‘g‘rilikka
tushdi, uning badaniga shikast yetkazdi. Ertasi kuni YE. aybini bo‘yniga
olib mahkamaga keldi va o‘ta xavfli retsidivist deb
topildi hamda guruh
bo‘lib bosqinchilik qilgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilindi.
Bu turdagi ko‘plab faktlar retsidivist
jinoyatchining ongi xatti-
harakatining yagona determinantasi emasligini ko‘rsatadi. O‘zini o‘zi
boshqarishning butun tuzilishi, qadriyatlar, maqsadlarining iyerarxiyasi
buzilgan bo‘ladi. Retsidivistning jinoiy istak-xohishlari go‘yoki aqlining
to‘siqlari orqali otilib chiqadi – g‘ayriijtimoiy nazorat
qilinmaydigan xulq
yuzaga keladi.
Retsidivist – jinoiy yo‘nalishga, o‘ta yuqori ongga ega g‘ayriijtimoiy
shaxs toifasi. Retsidivist jinoyatchi shaxsining barqaror g‘ayriijtimoiy
yo‘nalishga egaligi uning qiyinchilik va nizolarni faqat kuch ishlatish
148
orqali hal qilishga tayyorligida namoyon bo‘ladi. Retsidivistlarning
alohida faolligi jinoiy muhitning guruhiy ekssesslarida ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: