7.3. Jinoyatchi shaxsining tipologiyasi
Jinoyatchi shaxsining tipologiyasida uch darajani farqlash lozim:
1) jinoyatchining umumiy tipi;
134
2) muayyan toifadagi jinoyatchining shaxsi;
3) muayyan turdagi jinoyatchining shaxsi.
Bu darajalar bir-birlari bilan umumiylik, maxsuslik va yakkalik kabi
munosabatda bo‘ladi.
Shaxsning ijtimoiy o‘zagini uning yo‘nalganligi, hayotiy munosa-
batlari tizimi, motivli-qadriyatli mo‘ljallari tashkil etgani bois, bu
o‘zakning o‘zi jinoyatchi shaxsining tipini belgilashi lozim.
Jinoyatchidagi tipik xususiyatning mezoni – avvalo, uning ijtimoiy
xavflilik darajasi, g‘ayriijtimoiy buzilganlik me’yoridir.
Ushbu mezonga ko‘ra jinoyatchilarning uch tipini ajratish mumkin:
• g‘ayriijtimoiy (ashaddiy);
• noijtimoiy (kamroq ashaddiy);
• ruhiy boshqaruv nuqsonlari bo‘lgan jinoyatchi shaxsi tipi
(tasodifiy).
Ashaddiy jinoyatchilar qadriyatlari va mo‘ljallarining yo‘nalishi
mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi.
1. G‘ayriijtimoiy g‘arazli yo‘nalishdagi jinoyatchilar. Jinoyatchilar-
ning bu guruhi jamiyatning asosiy ne’mati – moddiy boyliklarning
taqsimlanishiga tajovuz qiladilar. Bu yerda jinoyatchilarning to‘rt kichik
guruhi ajratiladi:
– g‘arazli xo‘jalik (tovarlarni soxtalashtirish, sog‘liq to‘lashdan,
litsenziya olishdan bo‘yin tovlash va h.k.) jinoyatlarini sodir etuvchi
shaxslar;
– g‘arazli xizmat (xizmat lavozimini suiiste’mol qilish, mijozlarni
aldash, pora so‘rash orqali talon-taroj qilishlar) jinoyatlarini sodir etuvchi
shaxslar;
– o‘g‘rilar – mulkni yashirincha talon-taroj qilish bilan bog‘liq
g‘arazli tajovuzlar (o‘g‘riliklar);
– firibgarlar (hujjatlarni qalbakilashtirish, aldab tovlamachilik qilish
va h.k.).
2. G‘ayriijtimoiy g‘araz va zo‘ravonlik yo‘nalishidagi jinoyatchilar –
shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qilish bilan g‘arazli tajovuzlarni amalga
oshiradigan shaxslar (zo‘rlik bilan tovlamachilik qilish, talonchilik,
bosqinchilik hujumlari).
3. Insoniylikka zid, tajovuzkorona yo‘nalishdagi jinoyatchilar – bosh-
qa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va shaxsiy qadr-qimmatiga nihoyatda
mensimay munosabatda bo‘ladigan shaxslar. Bu guruhda quyidagi kichik
guruhlar ajratiladi:
– bezorilar;
135
– ashaddiy bezorilar;
– haqorat va tuhmat orqali shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga ziyon
yetkazuvchi shaxslar;
– shaxsga qarshi tajovuzkorona zo‘ravonlik harakatlari – qotillik,
nomusga tegish, badanga shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etuvchi
shaxslar.
Psixoregulyatsion asoslarga ko‘ra, jinoyatchining ruhiy jihatdan
o‘zini boshqarishdagi nuqsonlari bilan ajralib turadigan tipini – jinoyatni
birinchi marta va sharoit taqozosi bilan sodir etgan shaxslar tipini
ajratamiz. Sodir etilgan jinoyat ushbu shaxsning xatti-harakatiga xos
bo‘lgan holda umumiy tipga zid keladi. Jinoyat uning uchun tasodifiy
bo‘lib, ruhiy jihatdan o‘zini o‘zi boshqarishidagi ayrim nuqsonlari bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bular jinoiy vaziyatga qarshi tura olmagan shaxslardir,
ularning shaxsiga xos xususiyatni o‘zini boshqarish darajasining pastligi,
xulqining vaziyat bilan bog‘liqligi tashkil qiladi.
O‘zini boshqarish nuqsonlari bo‘lgan jinoyatchilar tipini to‘rt
guruhga ajratamiz:
• beparvolik, harakatsizlikka yo‘l qo‘ygan shaxslar;
• o‘ziga haddan tashqari ishonish natijasida jinoyat sodir etadigan
shaxslar;
• kuchli ruhiy hayajon natijasida va boshqa shaxslarning g‘ayriqonu-
niy harakatlariga javoban jinoyat sodir etadigan shaxslar;
• vaziyatga moslasha olmagani bois jinoyat sodir etadigan shaxslar.
Qayta ijtimoiylashuv darajasi bilan bir qatorda qadriyatli yo‘nalish-
dagi nuqsonlar bilan individualist jinoyatchining shaxsini jinoiy guruh
a’zosi bo‘lgan jinoyatchi shaxsidan ajratish lozim. Jinoiy guruh a’zosi
bo‘lgan jinoyatchining muhim jinoiy belgisi uning guruhiy mavqei, jinoiy
guruhda bajaradigan vazifasidir.
Jinoyatchi shaxsining tasnifi jinoiy huquqiy tasnif – jinoyatchi
shaxsining ijtimoiy xavfliligi darajasi bilan muvofiq kelishi kerak. Jinoyat
qonunchiligi normalarida ijtimoiy xavf, uning darajasiga aniq ta’rif
berilmagan. Og‘irlik darajasining uncha og‘ir bo‘lmagan, o‘rtacha
og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar turlari keltirilgan.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga qonunda sodir etilgani uchun
nazarda tutilgan jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish muddati ikki
yildan oshmaydigan qasddan va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan
qilmishlar kiritilgan.
O‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlarga qonunda sodir etilgani uchun
nazarda tutilgan jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish muddati besh
136
yildan ortmaydigan qasddan va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan
jinoyatlar kiradi.
Og‘ir jinoyatlar deganda, qonunda sodir etilgani uchun nazarda
tutilgan jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish muddati o‘n yildan
ortmaydigan qasddan va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar
tushuniladi.
O‘ta og‘ir jinoyatlar deganda, qonunda sodir etilgani uchun nazarda
tutilgan jazo sifatida ozodlikdan mahrum qilish muddati o‘n yil va undan
ko‘p bo‘lgan qasddan (avvalgilaridan farqli ravishda faqat qasddan) sodir
etilgan jinoyatlar tushuniladi.
Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavflilik darajasi sodir etilgan qilmish-
ning ko‘pligi, ularning shakl va turlari bilan bog‘liq emas. Bu jinoyatchi
shaxsiga tabaqalashgan holda yondashish imkoniyatini kamaytiradi.
Jinoyatning og‘irligi bu o‘rinda shaxsning chuqur jinoiylashganligi
bilan tavsiflanmaydi. Baho qilmishni sodir etgan shaxsga emas, balki
qilmishning o‘ziga beriladi.
Ayni vaqtda jinoyatchining har bir tipi «shaxs sxemasi»ga – ehtiyoj
va motivlar yo‘nalishiga ega xususiyatlar hamda shaxsning jinoiylashuv
darajasini ifodalovchi vosita va xulqlar xossalariga ega.
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar orasida jinoyatchining «tipini»
ajratishmaydi, chunki hali ular shaxs sifatida shakllanmagan bo‘ladilar.
Voyaga yetmaganlarining jinoyatlari aksariyat hollarda muayyan ijtimoiy
yo‘nalishning barqaror ustunligiga emas, balki ularning motivlari sohasi
beqarorligiga bog‘liq.
Jinoyatchilar ularning jinoiy-huquqiy mezoniga ko‘ra ana shunday
tiplarga bo‘linadi. Biroq, axloqiy tip sifatida, jinoyatchi shaxsi huquqiy
ongi darajasi, individning jinoyat sodir etishga tayyorligi mezonlari
bo‘yicha ham tasniflanishi mumkin. Ushbu mezon bo‘yicha quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |