beshinchidan, mavjud qonunlarni bilmaslik, undan yetarli darajada
xabardor bo‘lmaslik natijasida, yoshlik, uquvsizlik, shunchaki qiziqish
tufayli jinoiy guruh tuzish yoki unga aralashib qolish ehtimolining
mavjudligi;
oltinchidan, aniq bir maqsadni ko‘zlab, ma’lum reja, motiv asosida
jinoyat sodir etish uchun birlashish natijasida paydo bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, jinoiy guruhlarning shakllanishiga olib keluvchi
maxsus psixologik omillar ham mavjud, ularga:
– «birlashmay turib» jinoyat sodir etib bo‘lmasligi;
– jinoiy manfaatlarning umumiyligi;
– shaxsiy mayllar;
– umumiy axloq normalari, umumiy e’tiqodlar, huquqiy ongdagi
o‘xshash nuqsonlar va shu kabilar kiradi.
Jinoiy guruhlarga quyidagi belgilar xosdir (ular ushbu guruhlarning
uyushqoqlik darajasiga ko‘ra ko‘p yoki kam darajada namoyon bo‘ladi):
– uyushganlik – qat’iy iyerarxik tuzilishning mavjudligi, qattiq
intizom, quyi bo‘g‘inlarning yuqori bo‘g‘inlarga bo‘ysunishi;
153
– barqarorlik – uzoq muddatli va barqaror jinoiy aloqalar hamda fosh
bo‘lganidan va jinoiy ta’sir chorasi qo‘llanilganidan keyin tiklanish
(butunlay yoki qisman);
– jipslik – guruh a’zolarining aloqa, birlashish darajasi. Jipslikning
determinantlari quyidagilardan iborat:
a)
a’zolarning bir-biriga tortadigan motivatsion asos, jumladan
ularning g‘arazli shaxsiy manfaat va ehtiyojlari majmui;
b) jinoiy guruh a’zolarining guruh maqsadlari, dasturi, nizomida o‘z
ifodasini topadigan motivlari;
– himoyalanganlik – tuzilmada himoya, ta’minot bloklarining, ruhiy
ta’sir va jismoniy zo‘rlik apparatining mavjudligi.
Ishtirokchilikning uyushgan shakllariga uyushgan guruh va jinoiy
uyushmalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 29-modda-
sining 4-qismida «uyushgan guruh» tushunchasi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda
«ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish
uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi»
1
,
deyilgan. Bu bilan qonun «jinoiy faoliyat» uyushgan guruhning zaruriy
belgisi ekanligini ko‘rsatmoqda. Biroq, Jinoyat kodeksida «jinoiy
faoliyat»ga ta’rif berilmagan. Xo‘sh, unda «faoliyat» so‘zining o‘zi
nimani anglatadi?
Faoliyat – insonning turmush kechirish usuli. Bu tushuncha inson
ongli ravishda ishtirok etadigan, maqsadga yo‘naltirilgan jarayonni
bildiradi. Faoliyat odam ehtiyojini qondirish vositasi sifatida vujudga
keladi. Lekin bu faqat vosita va sharoitdangina iborat bo‘lmaydi, balki
turmushning shakli va usuli hisoblanadi. Faoliyatda insonning o‘zi
shakllanadi, uning qobiliyati rivojlanadi. Inson faoliyatining boshlang‘ich
shakli – mehnat, moddiy amaliyot hisoblanadi. Mehnat faoliyati jismoniy
mehnat va tafakkurdan iborat bo‘lib, bir-birini o‘zaro taqozo etadi.
Maqsad, predmet, vosita va natija faoliyatning zaruriy jihatlaridir.
«Faoliyat» tushunchasining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, u
insonning turmush tarzini anglatadi. «Faoliyat» tushunchasini jinoiy fao-
liyat bilan taqqoslab shuni aytish mumkinki, jinoiy faoliyat bir necha
ijtimoiy xavfli qilmishlarni doimiy sodir etishda yoki jinoyat sodir etishni
«kasb» qilib olishda namoyon bo‘ladi.
Uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishi muammo-
siga ko‘pgina olimlar tushuncha berishga harakat qilgan, ammo ularning
mulohazalari turlicha bo‘lib, hanuzgacha yagona fikr mavjud emas.
1
Qarang: Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. –Т., 2008. –13-б.
154
Jumladan, A. I. Gurov «jinoiy faoliyat jinoyatchilarning asosiy yoki
qo‘shimcha foyda olish manbai»
1
, deb yozadi
Bu fikr chuqurroq tahlil qilinsa, ayrim uyushgan guruhlarga mos
kelmasligi ko‘rinadi. Masalan, shaxslarning milliy, irqiy yoki diniy
mansubligiga qarab, ularning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazish
maqsadida tuzilgan uyushgan guruh; genotsid jinoyatini sodir etish uchun
birlashgan guruh; doimiy ravishda nomusga tegish jinoyatini sodir etish
uchun birlashgan guruh va boshqalar.
Huquqshunos olimlar A. S. Yakubov va R. Kabulov quyidagi belgi-
larni ajratishgan va ularning yig‘indisi guruhni uyushgan deb hisoblash
uchun jinoiy-huquqiy asos bo‘lishini ta’kidlashgan:
1) oldindan til biriktirish;
2) jinoiy faoliyat bilan hamkorlikda shug‘ullanish uchun birlashish;
3) uyushganlik.
Yuqorida keltirilganlar olimlar bergan ta’rif bu borada masalaning
mohiyatini aniqroq ifodalaydi. Ya’ni, «jinoiy faoliyat – ayrim jinoyat
tarkiblari yig‘indisidan iborat yagona tizimni vujudga keltiruvchi,
tashkillashgan bir necha qilmishlardan iborat»
2
, deyilgan. Bu ta’rif qisqa
bo‘lishiga qaramay, bir necha jinoyatlarni sodir etish faqat yagona tizim
shaklida jinoiy faoliyatni tashkil etishini anglatadi. Ammo bu ta’rifda bir
necha jinoyat tarkiblari haqida so‘z yuritilgan. Shuni ta’kidlab o‘tish
joizki, uyushgan guruh nafaqat tarkibida bir necha jinoyat bo‘lgan
qilmishni, balki tarkibida birgina jinoyat bo‘lgan qilmishni sodir etish
bilan ham ko‘zga tashlanishi mumkin.
Uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishining
obyektiv va subyektiv belgilari mavjud. Guruhning jinoiy faoliyat bilan
shug‘ullanganligini ko‘rsatuvchi birinchi mezon sifatida guruh a’zolari-
ning bir necha jinoyatlar sodir etganligini va yana sodir etishga
tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib o‘tish mumkin. Shu bilan birga, o‘ta
puxta tashkillashtirilgan, tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p vaqt talab
qilinadigan yagona jinoyatni sodir etgan guruhni ham jinoiy faoliyat bilan
shug‘ullangan deb hisoblash mumkin (bunda jinoyatning va unda ishtirok
etgan shaxslarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda boshqa bir qancha
omillar inobatga olinadi).
1
Qarang: Гуров А.И. О некоторые вопросы криминального профессио-
нализма // Советское государство и право. – 1987. – №5. – С. 82–86.
2
Qarang: Якубов А. С., Кабулов Р. Новое в уголовном законодательстве. –
Т., 1995. – С 14.
155
Umuman olganda, jinoiy guruhlar jinoyat sodir etish uchun tashkil
etilgan, deb aytish mumkin.
Jinoiy guruhlarning shakllanganlik darajasiga qarab quyidagi turlarga
ajratish maqsadga muvofiqdir.
1) jinoiy jamoa;
2) jinoiy korporatsiya;
3) guruh assotsiatsiyasi;
4) amorf (diffuz) guruhlar.
Amorf guruhdagilarda aniq tizim yo‘q, vazifa bo‘linmagan, aslida
jinoyatni sodir qilish niyati yo‘q. Masalan, kinoga, samolyotga, poyezdga
chipta olishda paydo bo‘lib qoladi.
Assotsiatsiya guruhi uyushgan, boshida ular jinoyat sodir qilish
uchun emas, balki ba’zi bir ehtiyojlarini qondirish uchun yig‘iladi, lekin
yaxshi jinoiy guruh bo‘lib shakllanishi mumkin. Lekin bu guruhlarning
yadrosini tashkil etadigan, jinoyatga qarshi zid harakat qiladigan shaxslar
mavjud, ular baribir jinoyat sodir qilishi mumkin. Shuning uchun ular
huquqbuzarlar kompaniyasi deb nomlanadi.
Tez-tez yig‘ilib turadigan jinoiy guruhlar mavjud, ular jinoyat sodir
qilishdan avval yig‘ilishadi, masalan, o‘g‘irlik, firibgarlik, bularni guruh
ichidagi yadro boshqaradi. Ular bilan ishlash ancha og‘ir, ularning o‘z
an’analari mavjud, bu an’analardan chiqishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu yerda
vazifalar taqsimlanadi, o‘zaro hamkorlikda pog‘ona paydo bo‘ladi,
subyektiv bog‘lanish juda to‘g‘ri va ishonchli bo‘ladi. Bunday guruhlar
jinoyatni oldindan rejalashtiradi, tashkillashtiradi. Bu jinoiy korporatsiya
deyiladi. Shaxs bu guruhda qolar ekan guruh axloqini o‘zlashtiradi va
o‘zida shuni sinab ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |