Yorgen Mattisga bu yog'ochlarning po'stlog'ini shilishni buyurganda, u o'zini
kamsitilganday his qildi. Yorgen esa nariroqda bir o'zi daraxtlarni qiyratardi.
Mattis bor kuchi bilan harakat qilardi, ammo eshkak eshish qayoqda-yu, po'stloq
shilish qayoqda? U yoqda istagancha o'ylashing mumkin, bu yerda xayolga kelgan
o'ylar bir-biri bilan to'qnashib, ishlashga xalaqit beradi.
Mattisning yog'ochini xuddi kalamushlar kemirib ketganga o'xshardi.
Yorgen ishlayotgan
yerda esa daraxtlar qular, atrofga shox-butoqlar uchar, yer
zirillar edi.
Mattis terlab ketdi. Nihoyat u g'o'Ia tayyor bo'lganini aytdi.
Yorgen uning oldiga keldi. «Ihm» deb qo'ydi. Nazarida g'o'Ia juda beo'xshov
chiqqandi, ammo u ko'ngli to'lmaganini bildirmadi.
— Ozgina dam ol, — dedi u. — Men bum' sal-pal tekislay.
Mattis o'tirdi. Yorgenning qo'lida darhol g'o'Ia bo'ylab o'roqranda u yoqdan-
bu yoqqa ucha boshladi. Mattisning xayolini esa, nega men bu yerdaman,
degan
fikr g'ing'illayotgan xira pashshaday jondan bezor qilayotgan edi.
— Nega men bu yerdaman? — ovoz chiqarib so'radi u.
— O'rganish uchun, — javob berdi Yorgen.
— Menga nima keragi bor?
— O'tinchilik unchalik yomon kasb emas. Yorgen boshqa hech nima demadi.
Mattis, u opamni olib ketmoqchi bo'lgani uchun menga bu ishni o'rgatyapti,
deb o'yladi.
— Sen meni momaqaldiroq paytida ham sudrab chiqqanding.
— Ha. O'sha kuni sen haqiqiy mardligingni ko'rsatding. Hozir esa, kel, tamaddi
qilib, bir oz dam olaylik.
U Mattisga non uzatdi.
— Men buni so'ramovdim.
— Bilaman. Yeb ol. Umr bo'yi qorning to'ymagan.
Yorgen chala-chulpa bo'lsa ham, har qalay do'stlik qilayotgan edi, Mattis esa buni
qabul qilishga moyil emasdi.
— To'g'risini ayt, niyating nima? Nega meni bu yerga olib kelding?
Yorgen nonini ohista-ohista chaynar edi.
— Yo'q, harholda yomon niyatim yo'q, — dedi u. — Bo'lar-bo'lmas shubha-
gumonlarga borma.
Qo'lidagi burdani yeb bo'lgandan keyin, yana gap ochdi.
— Nima qilishni hech o'ylab topolmayapmiz, — dedi u va Mattisning ko'zlariga
tik qaradi.
— Menimi? — nogahoniy ziyraklik bilan so'radi Mattis.
— Ha.
Kuchga to'la o'tinchining yuzida yomonlik alomati yo'q edi,
u Xege tayyorlab
bergan nonushtani asta-asta tanovul qilardi. Mattis Yorgendan qo'rqmasdi, bor-
yo'g'i Yorgen bilgan, ammo Mattisga aytgisi kelmayotgan noma'lum kelajakni
o'ylab, dahshatga tushayotgan edi.
— Bu haqda keyin gaplashib olamiz, — dedi Yorgen. — Hozir esa sen boltada
yaxshi ishlashni o'rganishing kerak. Ana o'shanda pul topa olasan va mustaqil
bo'lasan.
— Men shundog'arn mustaqilman, — degan nido
otilib chiqdi Mattisning
og'zidan.
— Ha, lekin odam degan boshqalarning yordamisiz yashay olgani yaxshiroq, —
dedi Yorgen, muloyim shafqatsizlik bilan.
Keyingi kunlarda Mattis hushyor bo'lib yurardi, mana endi birdaniga angladi; uni
tashlab ketishmoqchi.
— O'rganmayman! — dedi u.
— Kerak! — dedi Yorgen. Momaqaldiroqqa chiqishni qanday buyurgan bo'lsa,
hozir ham o'sha ohangda gapirdi.
Mattis bo'ysunishga majbur bo'ldi. Keyin to'satdan kallasiga bir ajoyib fikr keldi va
quvonib shu fikrga yopishib oldi:
— Uyga borib kelsam maylimi? Orqasini o'girib ketayotgan Yorgen faqat yelkasini
qisib qo'ydi, lekin Mattisga shuning o'zi ham kifoya edi. Chaqmoq yalt etganday,
Mattisning boshida yangi reja tug'ildi. Endi uni darhol amalga oshirishi kerak edi.
— Hozir men emas, sen ahmoq bo'lding! — dedi Mattis Yorgenga. Keyin qochib
ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: