T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
 
44
Qayiq ishlari bitgandan keyin Mattis Xegening yoniga chiqib keldi. 
— Nima bo'ldi? Qayig'ing odam tashishga tayyor-mi? — so'radi u, xuddi Yorgen 
singari, Mattisning g'ayratini qo'zg'ab. 
— Ha, endi hammasi joyida. Ertaga ertalab bosh-lashim mumkin, — javob berdi 
Mattis, u opasidan ko'zlarini olib qochardi. 
— Yaxshi, demak, ertagayoq boshlarkansan-da, — dedi Xege va qattiq ovoz bilan 
qo'shimcha qildi: — Bu juda ham yaxshi, Mattis. 
U qirg'oqdaligida opasiga aytadigan hamma gaplarini o'ylab qo'ygandi. Hammasi 
xamirdan qil sug'urgandek ketayotganidan xursand bo'ldi. 
— Agar kuchli shamol bo'lmasa... — davom etdi u. — Qayiq chirib ketgan — 
shamolli havoda unda suzish xafli. Bexosdan qayiqning tubini ezib, teshvorish 
hech gap emas. 
Mattis bu gapni juda qoyillatib aytolmagan bo'lsa-da, umuman yomon 
chiqmadi. Xege birpasda tashkachilikka shoshirganini unutdi, endi u ukasining 
xavf ostida ekanligidan xavotirga tushdi. 
— Demak, u tinch havoda ham u qadar ishonarli emas. Menimcha, sen u qayiqda 
umuman boshqa suzmaganing ma'qul. 
Mattis piqirlab kuldi: 
— Xuddi men o'z qayig'imni bilmaydiganday! 
— Unga ishonasanmi? Men suv ostiga cho'kib ketishingni hecham istamayman. 
— Bema'nilik. 
Mattis xuddi o'z rejasini og'izdan gullab qo'ygandek, qattiq hayajonlandi. Ammo 
hammasi jo'yali, o'zining fikricha, faqat kerakli gaplarni, faqat aqlli gaplarni aytdi, 
u qaysi biri aqlli gaplar ekanini o'zi yaxshi biladi. Faqat shunisi g'alatiki, odamga 
aql had-dan tashqari kech kelarkan. 
— Havo yaxshi bo'lsa, men bu qayiqda kun-uzzukun suzib yura olaman, — dedi 
Mattis. — Sen xavotir olma, Xege, men nima mumkin emas-u nima mumkinligini, 
qayerga oyoq bosish mumkin-u qayerga yo'qligini yaxshi bilaman. 
— Iltimos, ishqilib ehtiyot bo'l, — dedi Xege va chiqib ketdi. Ammo shu ondayoq 
yana qaytib kirdi: — Men har qalay Yorgenga aytay: qayig'ingni ko'rib bersin, 


balki unga ishonib bo'lmas. Yorgen qayiqlarning farqiga boradi. Agar u qayig'ingni 
yaroqsiz desa, sen unda suzmasliging kerak. 
— Yana Yorgen, — achchiqlandi Mattis. Kelib-kelib shu paytda u Yorgenning 
nomini tilga 
olmasa bo'lardi. Mattisning jahli qirqqa chiqib ketdi. 
— Yorgenning menga keragi yo'q! Usiz ham amallayman. Agar uni sudrab 
kelsang, bilmadim, nima qilib qo'yarkinman. 
Xege sapchib orqaga tashlandi. 
— Mattis, jonim... 
— Yorgeningni har yoqqa suqaverma! Agar yana oldimga kelsa, kimligini 
basharasiga aytaman! 
— Sekin, sekin, tinchlan, — dedi Xege. — Yorgenga yomon gap ayta ko'rma. U 
yaxshi inson va senga yaxshilik tilaydi. 
Mattis endi o'zini to'xtatolmadi. 
Hammasini ob-havo hal qiladi, — dedi u umidsizlik bilan. 
— Ob-havo? 
— Ha, eshitdingmi? Ob-havo va shamol. Balki sen meni o'ylashni bilmaydi, deb 
hisoblarsan. 
Mattis tufayli ilgari uyda bu gap tilga olinmasdi, endi bo'lsa, uni Mattisning 
o'zi ishlatdi va xuddi devorga mix qoqqanday qattiq qilib aytdi. 
Xege chekinmasa bo'lmas edi: 
— Sen o'ylashni bilasan, albatta, — dedi u. — Shu kunlarda uyda yuz bergan 
voqealar tufayli, hammamiz ham juda ko'p o'yladik. 
Xege uchun uyda bittagina voqea yuz bergandi, Xege faqatgina Yorgen 
haqida gapirayotgan edi. Mattis hozir opasining oldida motamsaro bir ahvolda 
turardi. Opasi endi boshqa ayol edi, Yorgenning bir qismiga, yanada aniqrog'i, 
uning yarmiga aylangandi. 
— Sen qanday qilib bunaqa bo'lib qolding-a? — so'radi u. 
— Qanaqa? 
— Hozir qanaqa bo'lsang — shunaqa. Men seni taniyolmay qoldim. Senga nima 
bo'ldi o'zi? 
— Menga nima bo'pti? Menga nima bo'lganini o'zing ham bilasan. Men senga 
aytganman. Men juda baxtliman, — Xege o'zining baxtiga qattiq ishonardi. —
Esingdami, men baxtiyorligimdan hatto seni quchoqlagan edim. 
Yorgen o'zi bu yerda yo'q bo'lsa ham, uning yonida turganday edi, ana shu hoi 
Mattisning ehtiroslarini bosib turardi. Mattis o'zini tiyib, murosaga keldi va: 
— Unday bo'lsa Yorgenning oldiga bor! Xege go'yo ajablanmadi: 
— O'zimam shunday qilmoqchiydim, — dedi va indamay chiqib ketdi. 
Mattis bir o'zi qoldi. Deraza ortida g'ir-g'ir shamol esardi. Shom kirib, qosh 
qoraydi. U eski odati bo'yicha atrofni ko'zdan kechira boshladi. Istamasa ham
bundan o'zini tiyolmadi. Chordoqdan Xege bilan Yorgenning noaniq ovozlari 
eshitilardi — ular tinimsiz gaplashishar, gaplari hech adoq bo'lmasdi. Mana endi 
hammasi tayyor, o'yladi u. Men qayiq haqida o'ylaganlarimni xohlaganimday qilib 
ayta oldim. Endi shamol to'xtaydimi, yo'qmi, menga bari bir, hech nima menga 
bog'liq emas. 


U Xege bilan shunday og'ir kurashga chidadi va umuman bu kun davomida 
shunchalik ko'p o'ylaydiki, buning oqibatida o'lguday charchadi va o'rniga 
odatdagidan ertaroq kirib yotdi. 
Ortiq chordoqdagi ovozlar ham eshitilmay qoldi. Mattis bunga sevinishi 
kerakmi, yo'qmi, bilmasdi. Deraza ortida shamol ming maqomda guvullardi, afti-
dan, ertaga ham shunday shamol bo'lishi aniqqa o'xshardi. 
45 
Ammo shamol to'xtadi. 
Mattis kechasi uyg'ondi, uyquni o'zidan silkib tashlamasdan burun, shamol 
yo'qligini payqadi. Shamol tingandi, u esa va'dasining ustidan chiqmadi. Daraxtlar 
sukutda, yaproqlar shitiri ham eshitilmasdi. 
Faqat kechasi emas — Mattisning xayoliga kelgan birinchi o'y shu bo'ldi. 
Men hech qachon, bu ishni kechasi qilaman, deb aytmaganman. 
Erta bilan yana shamol boshlanishi mumkin. Hozir u tingan, odatda kechalari 
shunday bo'ladi. Derazadan to'lin oy yog'dulari yog'ilardi. Avvalgi safar tunda 
ko'lga chiqqanda ham xuddi shunday oy to'lishgan palla edi. Mattis yana bir marta, 
shamol ba'zan kechalari tinadi, ammo bu yordam bermaydi, deb takrorladi. 
Shamol hecham tunda tinmagan. Bema'nilik, men uxlab yotgan bo'lsam, buni 
qayoqdan bilay? 
Uyda qilt etgan ovoz eshitilmasdi. 
Ajabo, Xege hozir qayerda — o'z xonasidami yo Yorgenning oldidamikin? Nima 
ishim bor, dedi u o'zi o'ziga qat'iyan. Shamol tinganining o'zi ham menga kifoya 
qiladi. 
Mattis yota olmas va kuta olmas, tashqarida hammasini o'z ko'zi bilan 
ko'rishi lozim edi. U asta-sekin kiyindi — uyda hamma narsa o'lganga o'xshardi. U 
chiqib ketdi. 
To'lgan oy ko'lga yo'l ochgan edi. Shamol yo'q edi. hatto qilt etgan shabada 
ham suv yuziga tekkani sezilmasdi. Ko'l hech qachon bunchalik bepoyon 
bo'lmagandi. Mattis sehrlanganday undan ko'zini ololmasdi. 
U o'rmonga, yashil yonbag'irga, qirg'oqlarini o't bosgan ariqqa ham qaradi. Faqat 
shu ariqdan suv ichsang, deb o'yladi birdan. 
Shabnamli soylikdan o'tib ariqqacha bordi. Ariq kichkina edi. Mattisga indamadi, 
ammo har qalay yig'Iaganday hiqillab qo'ydi. 
Mattis suvga egilmoqchi emasdi, egilsa unda o'z aksini ko'rgan bo'lardi, 
o'ziga yot va toshday qotib qolgan bu yuzni ko'rgisi yo'q edi, yana ayni chog'da bu 
oydin yorug' kechada o'ziga bir marta qarab qo'ygisi ham kelardi. 
Qilt etmay harakatsiz yotgan ko'lga qaragan chog'ida, Mattis kimdir aniq-tiniq 
qilib: «Najot yo'ling— ikkita, sen qay birini afzal ko'rasan?» — deya savol 
berganini cshitdi, qayiqda ne voqea sodir bo'lganini kim biladi? Hech kirn. 
Mattis bu haqda o'ylagisi kelmas, o'ylay olmas ham edi. U boshini ko'tarib, xuddi 
porlab turgan to'lgan oyga murojaat qilganday, baland va qat'iy ovoz bilan: 


— Bu menga bog'liq emas, bu ishni kimdir mening nomimdan qiladi, tanlash uning 
ixtiyorida, — deb qo'ydi. 
U oyga shunday dedi. Keyin yonbag'ir bo'ylab shoxdevorga, yo'sin qoplagan 
do'nglikka, shunday ajoyib va ilgari ham, hozir ham so'z bilan ta'riflab 
bo'lmaydigan narsalar tomonga qarab sekin-sekin odimlay ketdi. Mana butun 
hayotim, o'yladi u, ammobu fikrni ham o'zidan haydadi. Bu haqda gap ochmagani 
yaxshiroq! 
Pirovardida u bir muhlatga yo'sin bosgan do'nglikka o'tirdi. Bunday yaxshi 
va qutli do'ngliklar juda ko'p edi — balki bir oz vaqt shu yerda bo'la turar? U o'z 
soyasi bilan birga oy yog'dulari ichra sirli nur va soya o'yiniga aralashib qolgan 
arvohga o'xshab ko'rinardi. 
Ko'p o'tmay unga sovuq o'tdi va o'tzor bo'ylab uyga yo’l oldi. Yana o'rniga 
kirib yotdi. Ammo endi uyqusi kelmasdi. 
Suvning tubi, o'yladi Mattis. Behalovat fikrlar oxir-oqibatda uni shungacha 
olib bordi. Suvning tubi har xil — qumli, toshli, balchiq bo'lishi mumkin. Kim 
biladi, balki hech kim ko'rmagan shaklda — butunlay boshqacha bo'lishi ham 
mumkin. 
Agar boshqacha bo'lsa-chi, deb o'ylardi umidsizlik-ka tushib. Shunda uni qo'rquv 
bosdi. 
Demak, o'sha yerga tushamanmi? — deb so'radi, bu fikrga yopishib olib. 
Ha, dedi u yana. 
Shu tariqa uxlamadi. Shamol yo'q edi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish