T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
 
43
Tinch, shamolsiz havo. Sokin ko'l — bu Mattisning birdan-bir sharti edi. U 
o'zini sinayotganda suv oynadek bo'lishi kerak. Shu boisdan shamol bo'lish-
bo'lmasligini kuzatib turishga to'g'ri kelardi. Mattis bu shartlarning darkorligi o'z-
o'zidan tushunarii deb hisoblardi. 
Shamolli havo bir necha kunga cho'zildi. 
Eshkaklar tayyor edi. Turgan gapki, qayiq ham shay. 
Mattis har kuni erta bilan ko'lda nima gap ekan deb yuragi dukillab uyg'onardi. 
Ammo har kuni ertalab shamol esar va Mattisning ko'ksiga botgan chovutlar xuddi 
bo'shashganday bo'lardi. 
Yana bir kun, o'ylar edi u. Ammo, ajabo, bundan hech kimning xabari yo'q. 
Keyin u shunday bo'lishi kerakligini tushunib yetdi. 
U hech nima bilan mashg'ul bo'lmas, Yorgen ham tashkachilik nima bo'ldi, deb 
so'ramasdi. O'rmonga yur, deb ham qistamas edi. 


Zaharli qo'ziqorinlar uning jig'iga tegib joy-joyida qizarib turardi, ammo 
endi ular Mattisni hayajonga solmasdi. Hech nimani o'zgartirolmasdi. 
Va hech kimning hech nimadan xabari yo'q. Xege va Yorgen haddan tashqari 
yo'g'on eshkaklarni ko'rardilar-u, ammo xayollariga hech nimani keltirmasdilari. 
Ular shunchaki eshkaklarni yupqaroq qilishni eplolmagan, deb o'ylashardi. 
Balki men chindan ham aqlli bo'lib qolgandirman. 
Hozir menga aqlli bo'lish juda asqotardi, o'ylar edi u. 
Yana ertalab Mattis bekinib oldi va butun kuchi-yu irodasini jamladi — 
chidash kerak: hozir Xege oshxonada Yorgenga bugun suv ko'zgudek, deb aytadi. 
O'shanday kun kelganda, u baribir titrab ketishini bilardi. Xege buni boshqacha 
aytishi ham mumkin. Chunonchi, bugun qilt etgan shamol yo'g'-a yoki bugun havo 
bekorga bu qadar tinch boimasa kerak, deyishi ham ehtimoldan uzoq emas. Mattis 
Xegening har xil holatlarini ko'z oldiga keltirardi. 
Ammo Xege unday ham, bunday ham demadi. U Yorgen bilan muhimroq 
narsalar to'g'risida gaplashardi. Shamol va yomg'irning ularga hech qanday ahami-
yati yo'q edi. Yorgen har qanday ob-havoda ham o'rmonda ishlardi. 
Shunday bo'lgach, Xege hatto hech nima demasa ham suv ko'zguday bo'laverishi 
mumkin, deb o'ylardi Mattis o'z divanida yotgancha. Butun vujudi tosh bosganday 
og'ir bir ahvolda u o'rnidan turdi. Derazaga yugurdi. 
Aha... 
Shamol to'xtamabdi. Bulutsiz osmon ostida, ko'l yuzida to'q moviy to'lqinlar 
yugurardi. Shunday ahamiyatli paytda ularga qarash g'alati-ya! Mayli, yana bir kun 
orqaga surildi. 
Nonushta chog'ida Mattis Xegening o'ziga diqqat bilan tikilib turganini sezib 
qoldi. Ularning ko'zlari bir-biriga to'qnash keldi. Bir lahzada ishtahasi bo'g'ildi va 
yemakxonadan chiqib ketdi. Nahotki, aftimdan bir narsa sezilib turgan bo'lsa! U 
o'z uskunalarini topdi, yemakxonaga qaytib, ko'lga qayig'ini sozlagani borishini 
aytdi. 
— Mayli, qayig'ingni sozla, — Xege mamnun edi.— Aytganing yaxshi bo'ldi, 
endi qayerdaligingni bilaman. 
— Xohlasang deraza yonida meni kuzatib o'tirishing mumkin. 
— Menga buning nima keragi bor? 
— Kuzatmaysanmi, axir? 
U qayig'ini sozlagani ketdi. Odam o'tiradigan ko'prikchaning tagida, 
qayiqning tubidagi bir chirik joyini topdi. Ha, mana shu joyni bor og'irligi bilan 
bossa teshiladi. Mattisning og'irligi esa o'ziga yetarli, hatto keragidan ham 
ortiqcha. Ertalab turganda o'zining og'irligini o'zi sezgandi. 
Yassi toshlarda o'tirish yaxshi, g'o'ldiradi u, ishga kirisharkan. Yaxshi 
aytilgandi bu gap, ammo qiz buni tushunmadi, darvoqe, menga baribir. 
U ko'l bo'ylab sho'xlik bilan o'ynab yurgan shamolga yuzini tutgancha, qayig'i 
yoniga o'tirdi. 
— Es, shamol! — yashirincha yolvorardi u. Uni ustma-ust fikrlar toshqini bosdi. 
— Hamma ko'zlar ham tosh ostida qoladi, — dedi u birdan. 
Inger va Anna... O'sha uzun kun. 
Qushlar o'tirgan har bir daraxt. 


Opam Xege yuzidagi har bir ajin so'qmog'i. 
Ammo bular bari juda ham murakkab. Boshqa bir gap ham qo'shishga jur'at 
qilolmadi. 
Qayiqdan odatdagiday yelim hidi kelar, chirik yog'ochlardan quyoshning hovuri 
taralardi. Mattis shamol suv yuzida qanday qilib egatlar ochayotganini kuzatardi. 
Oyoqlari yonida to'lqinlar pildirardi. 
Ammo tez orada shamol baribir tinadi. U axir abadiy esavermaydi-ku! 
Shamoisizlik ham abadiy emas. Biz loyxo'rak ikkimiz birdaymiz — uning fikrlari 
chuvalashib ketdi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish