470
Fursatdan foydalanib, yana bir masalaga diqqatingizni qaratishni istardim.
Mustamlakachilik yillarida xalqimizning siyosiy tarixi har tomonlama yerga urib
kelindi, ta‟qib ostiga olindi. Butun jahonga nomi ketgan allomalarni va mutafakkir-
larni savodsiz, johil, ilm-u ma‟rifat dushmani deb tahqir etishga urindilar.
Barchamizga yaxshi ma‟lum: Xivaning madrasalarida ilm-fan cho„qqilarini zabt
etgan, mana shu ziyo va bilim maskanlarida ta‟lim olgan olim-mutafakkirlar, din
peshvolari nafaqat O„zbekiston va O„rta Osiyo tarixida, dunyoning uzoq-uzoq
yurtlarida ham o„z mo„tabar nomlarini, o„chmas izlarini qoldirgandir. Buni hech kim
inkor qila olmaydi, deb o„ylayman.
Ming bora shukronalar bo„lsinkim, adolat yana qaror topdi.
Buyuk
ajdodlarimizning nomlari yana tiklandi.
Vatanimiz tarixida siyosiy jihatdan qudratli, iqtisodiy farovon saltanatlar
bo„lganiga va ularda ilm, madaniyat-ma‟rifat keng rivoj topganiga bugun hech kim
shak keltirolmaydi.
Shu ma‟noda, xorazmshohlardan Otsiz, Tekish, El Arslon, Sulton Muhammad,
Xiva xonlaridan Abulg„oziy Bahodirxon, Muhammad Rahimxon (Feruz) va
boshqalarning fozil insonlar, ma‟rifatli va yetuk siymolar bo„lganlarini
eslab
o„tishimiz joizdir.
Muhtaram do„stlar!
Bugungi tantanalar – qadimiy Xivaning 2500 yillik to„yini nishonlashimiz
ma‟naviy islohotlarimizning uzviy bir qismidir.
Xivaning to„yi yosh avlod qalbida o„zligini anglash, bebaho merosimizga vorislik,
xalq yaratuvchilik dahosiga hurmat, bunyodkorlik ishlariga rag„bat tuyg„ularini
uyg„otishiga ishonaman. Xivaning to„yi xalqimizning o„z o„tmishiga, milliy
qadriyatlarga samimiy izzat-ehtiromini yanada kuchaytirmog„i muqarrar.
Biz bugun har bir intilish – tashabbusimizda, oldinga qo„yilgan har bir
qadamimizda ajdodlarimizning uyg„oq va madadkor ruhini sezib turibmiz.
Shu nuqtayi nazardan, Xivaning to„yi faqatgina tariximizning bebaho sahifalarini
tiklash, madaniyatimizni boyitish yo„lida xizmat qilib qolmay, balki bevosita oliy
maqsadimiz – kelajagi buyuk davlatimiz poydevorini shakllantirib, o„zimizning milliy
an‟analarimizga suyangan dasturlar asosida taraqqiy topgan demokratik davlatlar
qatorida jahon hamjamiyatiga kirib borishiga xizmat qilajak.
Men shuni alohida g„urur va mamnuniyat bilan aytamanki,
asriy va betakror
obidalar, ming yillik an‟analar bilan bir qatorda, Xorazmning yana bir ulug„ va ulkan
boyligi bor. Bu boylik – shu muqaddas zaminda yashab kelayotgan oq ko„ngil,
bag„rikeng, mehmondo„st, lafzi halol insonlardir. Xorazmni Xorazm qilib, uning
shuhratiga shuhrat qo„shib, dovrug„ini dunyoga taratayotgan shu elning aql-zakovati,
omilkorligi, bilim va tajribasi, sabot-matonatidir.
Qadimdan dehqonchilik madaniyatini gurkirab rivojlantirgan Xorazmning
mirishkor dehqonlari salohiyati to„g„risida alohida to„xtashni istardim.
O„zingiz o„ylang, miloddan avvalgi VIII-VII asrlardayoq uzunligi 60–70 kilometr,
eni 35–40 metr bo„lgan kanallardan iborat murakkab va ulkan sun‟iy sug„orish
471
tizimlarini yaratib, dehqonchilik qilgan ko„hna Xorazm ahli zakovati va matonatiga
qoyil qolmay bo„ladimi!
Qush uchsa qanoti kuyadigan Qoraqum sahrosi bilan yil o„n ikki oy mardona
olishib, har bir tomchi suvni gavhardek avaylab mo„l hosil yetishtirish har qanday
dehqonning ham qo„lidan kelavermaydi. Bunga faqatgina dehqonchilik ilmining piri
bo„lib ketgan xorazmlik mirishkorlargina qodir.
Agar mendan haqiqiy qahramonlik namunasi nima deb so„rashsa, xorazmlik oddiy
dehqonning har kunlik mehnati qahramonlikdir, deb javob bergan bo„lardim.
Mana, bu yil ham Xorazm ahli paxta tayyorlash bo„yicha yillik rejani
mamlakatimizda birinchi bo„lib ado etdi. Bu g„alaba
haqiqatan ham Vatanimiz
nishoni bo„lmish go„zal Xivaning 2500 yillik to„yiga munosib tuhfa bo„ldi.
Bugungi fursatdan foydalanib, siz – aziz Xorazm dehqonlarini, barcha Xorazm
ahlini mana shu to„yona bilan yana bir karra muborakbod etishga ruxsat bergaysiz.
Buyuk ajdodlar xotirasiga cheksiz hurmat-ehtirom xorazmliklar tabiatining o„ziga
xos jihatidir. Voha ahli mustaqillik yillarida yana bir ezgu va savob ish bilan
mamlakatga namuna bo„ldi: viloyatda xalqimizning atoqli namoyandalari sharafiga 20
dan ziyod bog„lar bunyod etildi. Navoiy bog„i, Qodiriy bog„i kabi jozibador go„shalar
ijod va yaratuvchilik tuyg„usiga oshno bo„lgan har bir insonni bag„riga chorlamoqda.
Iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham xorazmliklar shaxdam qadamlar
qo„ymoqda. Mamlakatimizdagi eng yirik qand zavodi qurilishi jadal sur‟atlar bilan
olib borilmoqda, qancha-qancha yangi korxonalar ishga tushmoqda. Urganch
aeroporti qayta ta‟mirlandi. Urganchdan to Xivaga qadar 34 kilometrli trolleybus yo„li
ishga tushdi.
Xiva shahri ta‟mirlanib, yangi chiroy va sayqal kasb etdi. Bu xayrli ishlari uchun
Xorazmning saxovatli quruvchi va me‟morlariga, barcha mehnatkashlariga samimiy
tashakkur bildirib, ularga sihat-salomatlik, ezgu ishlarida omad tilamoqchiman.
Muhtaram do„stlar!
Aziz mehmonlar!
Biz, O„zbekiston ahli,
shuni yaxshi anglaymizki, dunyodagi barcha xalqlarning
kelajagi bashariyat o„zining butun tarixi davomida yaratgan buyuk umuminsoniy
qadriyatlarni chuqur anglash, avaylab asrash va yanada rivojlantirishga bog„liqdir.
Yangi ming yillikka qadam qo„yar ekan, ulug„ madaniy va ma‟naviy an‟analarning
vorisi bo„lmish bizning xalqimiz o„z istiqbolini dunyo hamjamiyatiga kirish, butun
sayyoramizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bilan chambarchas bog„langan
holda ko„radi.
Bugun o„tkazilayotgan tantanalar ham, bu tantanalarda jahonning turli
mintaqalaridan kelgan buyuk olimlar, tarixchilar, davlat va jamoat tashkilotlari
arboblari, Birlashgan
Millatlar Tashkiloti, YuNESKO rahbariyatidan vakolatli
mehmonlar qatnashayotgani ham buning yaqqol dalolati va isboti, deb bilaman.
Xivadagi mangulikka daxldor obidalar o„zbek xalqining nasl-nasabi qadimiy va
mo„tabar ekanligini dunyoga ko„z-ko„z qilib turibdi. Biz bundan g„ururlanish bilan bir
qatorda, zimmamizda chuqur ma‟naviy mas‟uliyat yukini ham his etmog„imiz darkor.
472
Bu mas‟uliyat – otameros yurtimizni jon-dildan sevish, asrab-avaylash, kelajak
avlodlarga yanada go„zal, yanada obod qiyofada yetkazish burchidir.
Shunday muqaddas va mo„tabar diyorda tug„ilishning o„zi katta baxt.
Komil ishonch bilan ayta olamanki, bizning ozodligimiz, hurriyatimiz qudrati bilan
butun mamlakatimiz, jumladan, Xorazm vohasi ham hademay o„z taraqqiyotining
yangi va yuksak davriga kiradi.
Bu tabarruk zamindan yetishib chiqadigan yuzlab xorazmiylar,
beruniylar,
zamahshariylar o„zlarining tengsiz salohiyati bilan jumlai jahonni hayratga soladi.
O„zlariga qanot bergan Xorazm diyori shon-shuhratiga munosib hissalarini
qo„shadilar.
Bizning bugungi bunyodkorlik ishlarimiz, hayotning barcha sohalarida amalga
oshirayotgan islohotlarimiz, buyuk tariximiz, beqiyos ma‟naviy merosimiz ana shu
ishonchga mustahkam poydevor bo„lib xizmat qiladi.
Aziz vatandoshlarim, do„stlarim!
Xivaning qutlug„ to„yi bilan har biringizni yana bir karra chin dildan qutlab,
barchangizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman!
Ona O„zbekistonimiz, muqaddas Xorazm zamini gullab-yashnasin,
fayz-u
barakaga to„lsin!
O„tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar – millatimizning faxr-u
iftixori bo„lmish go„zal Xivamiz dunyo turguncha tursin!
Xalqimizning, millatimizning shon-shuhrati yanada ziyoda bo„lsin!
Baxt, omad – yorimiz, Alloh – madadkorimiz bo„lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: