467
Istiqlol ko„hna Buxoro hayotiga yangi bir nafas olib keldi. Buxoro viloyati va
shahrida bugungi kunda zamonaviy sanoat, qishloq xo„jaligi, ilm-fan,
madaniyat va
san‟at yangi yuksalish yo„liga kirdi. Buxoro yurtining qiyofasi yildan-yilga
o„zgarmoqda, yangi shukuh topmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining ishga tushgani dunyo ahli tarafidan
muhim voqea sifatida e‟tirof etildi. Shahar va viloyatda juda katta qurilish va
obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
Buxoro dehqonlari va mirishkorlari o„z saxovatli
mehnati bilan Vatanimiz
taraqqiyotiga munosib hissa qo„shmoqdalar.
Buxoroning tengsiz zardo„zi liboslari, oltinga teng pillasi, qorako„l terilari jahon
bozorida munosib bahosini olmoqda.
Sharq me‟morchilik san‟atining noyob namunalari bo„lgan
barcha qadimiy
obidalar mustaqillik sharofati bilan yana asl shakliga qaytmoqda.
Buxoroning va buxoroliklarning yana bir katta yutug„i shundaki, bugun bu
tabarruk zaminda turli millat-u dinga mansub kishilar – tojiklar,
turkmanlar, ruslar,
yahudiylar, qozoqlar, koreyslar, armanlar va boshqa o„nlab millat vakillari o„zbeklar
bilan birga qo„lni-qo„lga berib, do„stona, ahil, hamkor va hamjihat bo„lib
yashamoqdalar.
Bugungi fursatdan foydalanib, mard va tanti, g„ururi baland, ilmparvar va
mehnatsevar
Buxoro ahliga xalqimiz nomidan, shaxsan o„z nomimdan minnatdorlik
izhor etishni va ularga chuqur ta‟zim qilishni o„zimning muqaddas burchim deb
bilaman.
Aziz vatandoshlar!
Zamonlar o„tar, yillar, asrlar o„tadi. Hech shubha yo„qki, farzandlarimiz,
nevaralarimiz,
kelajak nasllar Buxoroga, uning qadim tarixiga qayta-qayta murojaat
etadilar.
Vatanimizni ozod va obod qilish uchun kurashda qurbon bo„lganlarni, mustaqillik
imorati poydevoriga birinchi g„isht qo„ygan ota-bobolarini sira unutmaydilar.
Yangi o„sib kelayotgan avlodlarimiz o„z tarixini, yurtini, aziz-avliyolarini,
osori
atiqalarini boshiga ko„tarib, shu tariqa milliy tuyg„u, milliy g„urur, milliy iftixor
hissiyotini ko„kka ko„tarib, umumshabariy qadriyatlar xazinasiga o„zlarining munosib
hissasini qo„shadilar.
Aziz do„stlarim, vatandoshlarim!
Sizlarni yana bir karra Buxoroi sharifning qutlug„ to„yi bilan chin ko„ngildan
tabriklayman!
Barchamizga ajdodlarimizga munosib, yana ming yillarga davomdor buyuk ishlar
qilish baxti nasib etsin!
Yaratganning o„zi bizning barcha ezgu ishlarimizda madadkor bo„lsin!
1997-yil 19-oktabr