Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

yerga joylashganlar»
. Narshaxiy shuni ham ta‟kidlaydiki, eng qadimgi milliy 
qahramonlarimizdan bo„lmish Alp Erto„nga (Afrosiyob) ham aynan Buxoroda dafn 
etilgan. 
Bu tabarruk tuproqqa miloddan oldingi VI asrda eronlik 
Kayxusrav
, miloddan 
avvalgi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqarnayn, milodiy VII asrda arablar, XIII 
asrda 
Chingizxon
, XIX asrda esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar 
keltirmadi. 
Bu azim shahar, 
Karmana, Boykent, Vobkent, Shofirkon, Romitan, G„ijduvon
kabi qadimgi kentlarni o„z bag„riga olgan Buxoro vohasida yashagan erksevar 
ajdodlarimiz har qanday istibdod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo„lida muttasil 
qahramonona kurashib keldilar. 


465 
Yovuz bosqinchilarga va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog„ini ko„targan 
Shiroq, 
Spitamen, Mahmud Torobiy, Tomir xotun (To„maris), malika Qabaj xotun
kabi 
ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir. 
O„tgan ikki yarim ming yil davomida o„zbek davlatchiligini boshqargan qadimiy 
xorazmshohlar, kushonlar, eftalitlar, ashinaliylar, somoniylar, qoraxoniylar, 
anushteginiylar, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, manqitlar
sulolalari 
tariximizda, xususan, Buxoroi azimda o„ziga yarasha nom va iz qoldirdilar. 
Buxoro, ayniqsa, temuriylar zamonida gullab-yashnadi. Jahon maydonida eng 
mo„tabar shaharlardan biri darajasiga ko„tarilgan Buxoro ham diniy, ham dunyoviy 
ilmlar markazi sifatida nom chiqardi, hazrati Bahouddin Naqshband faoliyati aynan 
shu yillarda kechdi. 
1417-yili Buxoroda Mirzo Ulug„bek qurdirgan madrasa darvozasiga «Ilm 
olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun qarz-u farzdir»,
degan so„zlar 
o„yib yozilganida judda katta ma‟no mujassam. Xuddi shuningdek, 1433-yili 
Ulug„bek tomonidan G„ijduvonda barpo etilgan madrasa ne-ne avlodlarga ilm-u 
ma‟rifat ziyosini tarqatgan. 
Bugun ham zamin uzra savlat ko„tarib turgan me‟morchilik obidalari, masjid-u 
madrasalar, savdo va hunarmandlar timlari, shifoxonalar va xonaqohlar, hovuzlar, 
maydonlar Buxoro boshdan kechirgan buyuk tarixning guvohlaridir. 
Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi bo„lib kelgan. Imom 
al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mir Kulol, Boboi Samosiy, 
Faqnaviy, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo„jayev va boshqa shu kabi 
buyuk zotlar yetishib chiqqan, tahsil olgan bu makon bundan buyon ham ilm-u fan, 
ma‟rifat va ijod beshigi bo„lib qolaveradi. 
Xalqimiz buyuk ajdodlarimiz mo„tabar nomlarini, umuminsoniy ma‟naviyatga va 
umuman bashariyat rivojiga katta hissa qo„shgan, go„zal Buxoroni bezab, unga 
betakror nafosat, shakl va salobat baxsh etib turgan imorat-u inshootlarni, masjid-u 
maqbaralarni, madrasalarni, islom dinining, Sharq falsafasining o„chmas 
qadriyatlarini bugungi avlodlarga meros qilib qoldirgan buyuk ajdodlar nomini 
abadul-abad saqlaydi. 
Muhtaram do„stlar! 
Aziz mehmonlar! 
Bu yil Buxoro va Xiva shaharlari 2500 yillik muborak sanalarining Parijda keng 
nishonlanishi, xalqaro anjuman va ko„rgazmalar o„tkazilishi, bugungi bayram 
tantanalarida ko„plab xorijlik aziz mehmonlarimiz – olimlar, faylasuflar, tarixchilar va 
din peshvolarining ishtirok etishi o„lkamizning ilmiy, me‟moriy va madaniy merosiga 
xalqaro jamoatchilikning tobora oshib borayotgan katta qiziqishidan dalolat beradi. 
Tarixini bilmaganning kelajagi yo„q, deydilar. Buxoroning bugungi qutlug„ 
ayyomi, eng avvalo, o„tmishga ehtirom va buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmatimiz 
namoyishidir. 
Elim deb, yurtim deb, kelajagini o„ylab zahmat chekkan, Vatanimiz ozodligi 
yo„lida kurashgan, millatimiz ravnaqi uchun umrini bag„ishlagan, o„zidan obod 


466 
shahar-u vohalar, betakror go„zal yodgorliklar qoldirgan ajdodlarimiz mehnatini 
yuzaga chiqarish, ularni qadrlash, ruhi poklarini shod qilish, ezgu ishlarini davom 
ettirish biz uchun, bugungi avlod uchun ham farz, ham qarzdir. 
Buxoroning 2500 yilligi shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroni, jumladan, 
yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko„z qorachig„idek avaylab-
asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o„rgatadi. O„zimizning boy o„tmish 
merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik 
tuyg„ularini uyg„otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari 
ekanini anglashga undaydi. 
Bu tantanalar biz bugun mustaqillikka erishgan yagona bir xalq sifatida buyuk 
kelajak sari intilayotganimiz shunchaki orzu-havas bo„lmay, balki xalqimizning 
tarixiy salohiyati, asrlar davomidagi davlatchiligi, madaniyati va qudratidan kelib 
chiqib qo„yilgan aniq maqsad ekanini tasdiqlaydi. 
Bu masalaning yana bir tomoni borki, uni aytib o„tmasdan bo„lmaydi deb 
o„ylayman. Biz bugun istiqlol yo„lida, ozod va obod Vatanimizni qurish yo„lida dadil 
qadam qo„yayotgan damlarda, bizning shu intilishlarimizni ko„rolmaydigan, 
yo„limizni to„sib olmoqchi bo„lgan yovuz kuchlar tariximizni chalg„itib ko„rsatishga, 
yolg„on gaplarni ko„tarishga, shu saxovatli yerda yashayotgan millat va elatlar orasiga 
adovat urug„ini sepishga harakat qilayotganlarning to„g„ri bahosini bermog„imiz 
darkor. Shuning uchun ham tarixiy haqiqatni bilish, uni muhrlash, yosh avlodga 
xolisona yetkazish chuqur ma‟noga ega. 
Bu shunday haqiqatkim, ba‟zi ashaddiy millatchilik yo„liga o„tib olgan, o„zgalarni 
ko„rolmaydigan, hasad bilan yashaydiganlarning kuchini qirqadi, boshqalarning 
tinchligini buzish niyatida osoyishta taraqqiyot yo„liga g„ov bo„ladiganlarning 
tomirini qirqadi. Farzandlarimizning ko„zini haqiqatga ochib beradi. Haqiqiy tarix 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish