9.1.Uchqizil stansiyasidan “TERMIZ SAVDO FAYZ” MCHJ shoxobcha temir yo’liga vagonlarni berish va olish, Uchqizil stansiyasinining bosh konduktori hamda manevr lokamativi bilan amalga oshiriladi. “TERMIZ SAVDO FAYZ” MCHJshoxobcha temir yo’lining yuk ortish tushirish javhalarida va barcha manevr harakatlari Uchqizil stansiyasining lokomotivi hamda yuk poyezdlari bosh konduktori tomonidan bajariladi.
Olish va berish jarayonlari “TERMIZ SAVDO FAYZ” MCHJ shoxobcha temir yo’lda bajariladi.
9.2. Uchqizil stansiyasi yuk qabul qiluvchi va topshiruvchi “TERMIZ SAVDO FAYZ” MCHJ ning javobgar shaxsga olish va berish jarayonida vagonlarni texnik va tijorat xolatlari bo’yicha topshiradi va qabul qilib oladi.
Bu haqida yuk qabul qiluvchi va topshiruvchining “eslatma” si to’ldirilib, oldi va berdi jarayonining o’tkazilgan sanasi, vaqti ko’rsatilib, ikki tomon imzolari bilan tasdiqlanadi.
9.3. Shoxobcha temir yo’li hududida topshirish bo’yicha manevr harakatlarri Uchqizil stansiyasininh lokomotivi hamda yuk poyezdlari bosh konduktori boshqaruvida amalga oshiriladi.
9.4. Shoxobcha temir yo’liga vagonlarni berish, olish bo’yicha tuzilgan mahalliy yo’riqnomasi asosida vagonlarni mahkamlash amalga oshiriladi.
Buning uchun oldi, berdi jarayoni o’tkazilgan joyda, soni yetarlicha hamda tamg’alangan soz tormoz boshmoqlarining ajratilishi va ta’minlanishi shart.
Tormoz boshmoqlarini qo’yish va olish faqat lokomativning tarkibiga qo’shilib turgan holatida bajarilishi shart.
Shoxobcha yo’l egasi tomonidan qulflanadigan temir quti yoki tokcha (stellaj) ajratilish yo’li bilan, tormoz boshmoqlarini saqlash ta’minlanishi shart.
9.5. Vagonlarni berish va olish bo’yicha tuziladigan shartnomaga ilova qilinadigan “yo’riqnomada” shoxobcha temir yo’liga xizmat ko’rsatish hamda poyezdlar harakatinin tashkillashtirishning aniq tartiblari ko’rsatilgan.
Shoxobcha temir yo’lida TEM2 seriyali lokomativdan “yo’riqnomada” belgilangan tezliklarda foydalanishga ruxsat etiladi.