Muomala ilmi.
Ikkinchi qism esa,
muomala ilmidir.
U qalb holatlarini o‗rganadi.
Ularning ichida sabr, shukr, xavf (doimo Allohdan qo‗rqib turish),
rajo (Allohning rahmatidan umid qilish), rizo (qazoi qadarga rozi
bo‗lish), zuhd, taqvo, qanoat, saxovat, minnat Alloh taologa xos
ekanini bilish, yaxshi fikrda bo‗lish, go‗zal xulqlilik, birgalikda
go‗zal hayot kechirish, rostgo‗ylik va ixlos kabi maqtovli holatlar bor.
Ularning haqiqatini, me‘yorlarini va sabablarini, samarasini,
belgilarini o‗rganish va zaif bo‗lganini muolaja qilib, kuchaytirish
oxirat ilmidir. Shuningdek, qalb holatlari ichida qoralanadiganlari
bor: faqirlikdan qo‗rqish, norizo bo‗lish, hiyla, gina, hasad, aldov,
mansabparastlik, maqtovni yoqtirish, dunyoda uzoq muddat qolishni
yaxshi ko‗rish, kibr, riyo, g‗azab, qo‗pollik, adovat, nafrat, tama‘,
baxillik, (dunyo ashyolariga) rag‗bat, maqtanchoqlik, nonko‗rlik,
boylarni ulug‗lash, faqirlarni kamsitish, g‗ururlanish, manmanlik,
faxrlanish, haqni qabul qilmaslik, manfaatsiz narsalarga kirishish,
sergaplik,
maqtanchoqlik,
odamlar
uchun
ziynatlanish,
laganbardorlik, o‗z aybi qolib, o‗zgalar aybi bilan mashg‗ul bo‗lish,
qalbdan mahzunlikning ketishi (ya‘ni, oxirat haqida o‗ylamaslik),
Allohdan qo‗rqmaslik, nafsga xorlik yetgan chog‗da, uni qo‗llab-
quvvatlash, haqni qo‗llashdan ojiz bo‗lish, ichdan dushman
bo‗laturib, zohiriy do‗st tutish, Alloh bergan ne‘matini yana qaytarib
olishidan xotirjam bo‗lish, qilgan ibodatlariga suyanib qolish, makr,
xiyonat, uzun orzu-havas, qalb qattiqligi, dunyosi bilan sevinish,
yo‗qotgan dunyosiga afsuslanish, maxluqlar bilan ulfat bo‗lish,
ulardan ajragani uchun dahshatga tushish, qo‗pollik, yengiltaklik,
shashqaloqlik, hayo va marhamatning kamligi. Ushbular va
ushbularga o‗xshash qalbning yomon sifatlari fahshning bog‗i va
hazar qilinadigan ishlarning ekinzoridir. Bu sifatlarning ziddi bo‗lgan
maqtovga loyiq xulqlar esa, ibodat va Allohga qurbat hosil qilishning
manbaidir. Demak, ushbu salbiy xislatlarning me‘yorlarini,
haqiqatlarini, sabablarini, natija va davolarini bilish ham oxirat
ilmidir. Uni o‗rganish, oxirat ulamolari fatvolariga ko‗ra, farzi ayndir.
Bu ilmdan yuz o‗giruvchilar oxiratda podshohlar Podshohining
qahriga yo‗liqadi.
24
Falsafa
Falsafa butun boshli bir fan emas, balki to‗rt qismdan iboratdir:
1.
Birinchisi:
handasa
va
hisob
ilmi
(geometriya
va
matematika).
2.
Ikkinchisi: Mantiq ilmi
3.
Uchinchisi: Ilohiyot ilmi.
4.
To‘rtinchisi: Tabiiy fanlar ilmi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |