Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
Mamlakatimizda hozirgi kunda jamiyatimizning
barcha sohalari, jumladan,
ma'naviy-ma'rifiy hayotda ham ulkan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bunday o'zgarishlar
jarayonida kelajagimiz vorislari hisoblangan yoshlarni barkamol inson qilib
tarbiyalash masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero,
yoshlarda
yuksak kasbiy, ma'naviy fazilatlar, ma'naviy-moddiy qadriyatlarni asrash,
boy
merosimiz, tariximiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat,
Vatanga muhabbat
hissini tarbiyalash milliy istiqlol g'oyasining hal qiluvchi omili hisoblanadi.
Mustaqil respublikamiz taraqqiyotining barcha jihatlari kishilarning ijtimoiy-
axloqiy, shaxsiy fazilatlariga bog'liqligini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov o'zining ma'ruzalari va asarlarida har tomonlama asoslab berdi.
Mamlakatimizning istiqlol yo'lida rivojlanishi ma'naviyatimizning
umri boqiy
sarchashmalarini o'rganish uchun ijtimoiy, siyosiy, ilmiy imkoniyatlar yaratdi. Shu
bois keyingi yillarda ma‘naviy merosimizga bo'lgan e‘tibor ancha kuchaydi.
Prezidentimiz I. A. Karimov o‘zlarining ―Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch‖
asarlarida
1
sharqning buyuk mutafakkir va allomalarning milliy madaniyatimizning
rivojlanishiga qo‘shgan betakror xissalari to‘g‘risida so‘z
yuritganlari hammamizga
ma‘lum.
Binobarin,
milliy
ijtimoiy-iqtisodiy,
falsafiy
tafakkurimizning,
mentalitetimizning shakllanishida sharq donishmandlarning ahamiyati shubhasiz
muhim o'rin tutadi. Shunday sharq mutafakkirlaridan biri Islom olamida ―Hujjatul
Islom‖ taxallusi bilan ataladigan Abu Homid Al-G‘azzoliydir. O‘rta asrning
mutafakkir ulamolari ilm olish va ta‘lim
berishda, ilmlarni tushunishda diniy ilmlar
bilan bir qatorda dunyoviy bilimlarni ham zaruriy deb hisoblaganlar. Shuning uhun
ham o‘rta asrlarda sharqning ham ma‘naviy, ham madaniy hayotida taraqqiyot
g‘arbning taraqqiyotidan ustun turgan. Shuningdek, ma‘lumki G‘azzoliy ham diniy,
1
I. A. Karimov. ―Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch‖.- T:2009-yil.(kitob.uz—Php betdan olindi.)
4
ham dunyoviy bilimlar bilan shug‘ullanganlar. Imom G‘azoliyning falsafiy fikrlari
g‘arb faylasuflarining qarashlariga ham ta‘sir qilganligini g‘arb sharqshunoslarining
G‘azzoliyning ilmiy merosini o‘rganish ustida o‘tkazgan
tadqiqotlaridan bilish
mumkin.
G‘azzoliyning sotsiologik ta‘limotlari asosan Islom dinining ta‘limotlariga
asoslanadi.Islomda iymon kishi xulqini tartibga soluvchi muhim mezon hisoblanadi.
Insonning xulq-atvori darajasi uning iymoni mustahkamligi bilan belgilanadi. U
o'zining asarlaridagi ta'lim-tarbiya, axloq-odob haqidagi fikrlarini sharqning mashhur
allomalari, hadisi shariflardagi g'oyalar bilan boyitgan.
Ma‘lumki sotsiologiya fan sifatida XIX asrda g‘arbda vujudga kelgan. Lekin
sharqda o‘rta asrlarda xususan IX-XII asrlaga to‘g‘ri keladigan uyg‘onish davrida
sharq allomalari g‘arbda keyinchalik ilmiy tafakkurning
rivojlanishiga poydevor
bo‘lgan ijtimoiy hamda ilmiy fanlarga dunyo taraqqiyotiga sezilarli ta‘sir
ko‘rsatadigan ilmiy merosni qoldirganlar. Mustaqqilligimizga erishganimizdan so‘ng
jahon tamadduniga sezilarli iz qoldirib ketgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy
merosni o‘rganish, qayta tiklash, hamda fan sofasida o‘rganilmay qolgan o‘tmishdagi
allomalarimizning ta‘limotlarini ochib berish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi. Shuni
inobatga olib g‘arbda o‘z ijtimoiy-falsafiy, sharqda esa asosan diniy ta‘limotlari bilan
shuhrat qozongan Imom Al-G‘azzoliyning sotsiologik qarashlarini o‘rganish fandagi
ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: