Mavzuning o‟rganilganlik darajasi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasini aniqlash uchun birinchi navbatda tarixga
murojaat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Imom Al-G‘azzoliyning ilmiy meroslarini
xususan bu merosning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini butun jahonda turli olimlar
o‘rganishgan. Bunday olimlarni uch turga bo‘lib ko‘rsatish mumkin:
1.Sharqda Al-G‘azzoliyning meroslarini quyidagi mutafakkirlar o‘rganishgan:
Sharq dunyosida Imom Al-G‘azzoliyning serqirra ilmiy merosi ko‘p sonli
asarlarda mutafakkirning biografik, bibliografik ma‘lumotlari va, ijtimoiy, huquqiy,
diniy, falsafiy qarashlari sifatida to‘plangan. Unday asarlardan Ibn Asokir, Ibn Al-
Javziy va Zahabiyni misol keltirish mumkin. G‘azzoliyni ilmiy merosini ijtimoiy-
falsafiy jihatlarini o‘rgangan olimlar qatoriga faylasuf ibn Rushd, sufizmning buyuk
shayxi Ibn Arabiy, ibn Sab‘in, ibn Taymiya va boshqalarni kiritish mumkin.G‘azzoliy
ijodining ta‘sirida Ibn Rushd, Ibn Xaldun kabi mutafakkirlar yetishib chiqqan.
2. G‘azzoliyning meroslarini o‘rgangan G‘arb olimlari
Imom G‘azzoliy jahon teologiyasiga va jahon falsafasiga sezilarli hissa
qo‘shgani shubhasizdir. Mutafakkirning ta‘limotlari Yevropaning ijtimoiy-ma‘naviy
atmosferasiga
ham ta‘sir qilgan.
1
Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, Al-
G‘azzoliyning qarashlari Foma Akvinskiyning xristian teologiyasi va uning sxolastik
sistemasiga ta‘sir qilgan. G‘azzoliyning ta‘limotlari bilan buyuk nemis faylasufu
Gegel ham tanish bo‘lgan. G‘azzoliy ijodining ta‘sirida Immanuel Kant, Rene
Dekart, David Yum, Gegel kabi mutafakkirlar yetishib chiqqanlar. Chunonchi, G.
Gegel Imom G‘azzoliy haqida ―Mantiq va metafizikaga doir asarlar muallifi,
sharqona buyuk aql egasi‖, - deb baho bergan.
Shuningdek G‘arb va xususan rus tadqiqotchilardan G‘azzoliyni biografiyasini
va qarashlarini A. Shmid, A. Krimskiy, E. Bertels, V. Bartold, V. Chalyon kabi
olimlar o‘rganishgan. G‘arbiy Yevropa va amerikalik sharqshunoslar ham
G‘azzoliyning merosini tadqiq etishga o‘z hissalarini qo‘shishgan. Ulardan D
Makdonald, Karra de Vo, Asin Palasios, L. Masil‘on, V Uott, D Xaurani kabilarni
aytib o‘tish lozim. Shuningdek F. Jabre kabi olimlarni ham eslab o‘tish lozim.
3.G‘azzoliyning ilmiy meroslarini O‘zbekistonda o‘rganilganlik darajasi:
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, Imom G‘azzoliyning merosi ayniqsa
sotsiologik ta‘limotlari mustaqqillik yillaridan so‘ng o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.
G‘azzoliyning merosi, hayoti va ijodini Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf,
Najmiddin Komilov, Bo‗riboy Ahmedov, Aloviddin Mansur, Q. Munirov,
Mubashshir Ahmad, Miraziz A‘zam, Abduqodir Zohid, Abdulla Sher, Poyon
1
http: www.dissertat.com/content/idei-vospitaniya-v-trudakh-muhammada-gazali
6
Ravshan, Sayfiddin Raf‘iddin. Yo‗ldosh Eshbek, Rashid Zohid, Mahkam Mahmud
Andijoniy, Z. B. Jalilov, F.Muzaffarov kabi olimlar qisman o‘rganishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |