- 930 -
Primaxinni boshqa dori vositalar bilan qo‘shib (bir vaqtda va ketma-ket)
ishlatish mumkin.
Gamontotrop vositalar
Jinsiy hujayralarga ta'sir ko‘rsatuvchi dori vositalar gamontotsid
(primaxin) yoki gamontostatik (xloridin) xossaga ega bo‘lishlari mumkin.
Gamontotsid vositalar ta'sirida plazmodiylarning jinsiy hujayralari inson
organizmida halok bo‘ladi. Gamontostatik vositalar
jinsiy hujayralarni faqat
jarohatlaydilar va Shuning natijasida sporogoniya (turli bosqichlarida) jarayoni
buziladi.
Bezgakka qarshi vositalarni qo‘llash prinsiplari
Bezgakka qarshi vositalarni bezgakni oldini olish va davolash maqsadida
qo‘llashadi.
Shaxsiy ximioprofilaktika sog‘lom odamni bezgak bilan kasallanib qolish
xavfi bor tumanda bezgakni oldini olishni nazarda tutadi. Eng maqbul vosita
sporozoitotsid ta'sir ko‘rsatishi kurak edi. Ammo bunday dori vosita yo‘q, Shu
sababli preeritrotsitar (birlamchi to‘qima) shakllariga ta'sir
etuvchi moddalarni
qo‘llashadi. Shunday dori vositalardan xloridin yuqorida qayd etilgan edi.
Shaxsiy ximioprofilaktika maqsadida ko‘pincha gematoshizotrop vositalardan
xingamin, mefloxin hamda doksitsiklin
1
ni qo‘llashadi.
Ular isitmalash xurujini
rivojlanishini oldini oladilar. Bezgakni davolash enteral qo‘llaniladigan,
plazmodiylarni eritrotsitar shakllariga ta'sir etuvchi, gematoshizotrop vositalar
(xingamin) bilan amalga oshiriladi. Xingamin va unga o‘xshash dori vositalarga
chidamlilik orttirgan plazmodiylar qo‘zg‘otgan bezgakni davolashda ko‘pincha
xinin, xloridin, sulfanilamidlar va sulfonlar yaxshi natija beradi. Ko‘proq ta'sir
mexanizmi
turlicha
bo‘lgan bezgakka qarshi
vositalarni birgalikda
(kombinatsiya) qo‘llashadi. Tez rivojlanuvchi bezgakda, ayniqsa, bezgak
komasida (tropik bezgak asorati) gematoshizotrop moddalarni (masalan, xinin,
xingamin), odatda, katta dozada parenteral kiritiladi. Uch va to‘rt
kunlik
bezgakda to‘liq davolanishni faqat gematoshizotrop vosita-larni o‘zi ta'minlay
- 931 -
olmaydi, chunki paraeritrotsitar shakllarni rivojlanishi tufayli hastalik
qaytalanishi mumkin.
Shu sababli hastalikni kech qaytalanishini (epidemiyadan oldin)
ximioprofilaktikasi maqsadida paraeritrotsitar shakllarga ta'sir ko‘rsatuvchi dori
vositalarni berish lozim (primaxin).
_________________________
1
Malaronni (atovakvon + proguanil) ham qo‘llashadi.
Tropik bezgak bundan istisno, chunki
avval qayd etilganidek u
plazmodiylarni rivojlanishida paraeritrotsitar shakllar bo‘lmaydi. Shundan kelib
chiqib, tropik bezgakni xloridinni o‘zi bilan to‘liq davolash mumkin.
Jamoat ximioprofilaktikasining asosiy vazifasi (kollektiv epidemiologik
ximioprofilaktika) bezgakni bemor odamdan boshqalarga o‘tishini oldini
olishdir. Bu maqsadda gamontotrop vositalar (primaxin, xloridin)ni qo‘llash
tavsiya etiladi. Bunda chivin tanasida sporozoitlar hosil bo‘lmaydi.
Binobarin, bezgakka qarshi vositalarning ta'sir spektri ularni qo‘llashga
ko‘rsatmalarni belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: