Zamburug‘larga qarshi vositalar
Patogen va shartli patogen zamburug‘lar keng tarqalgan hastaliklarni
(mikozlar
1
) rivojlantiradilar. Hastalikni qo‘zg‘atuvchisiga qarab, ularga mos
keluvchi ta'sir spektriga ega bo‘lgan zamburug‘larga qarshi vosita beriladi.
Bundan tashqari dori vositani tanlashda ularni o‘zlariga xos farmakokinetikasi
va zaharliligi ahamiyatlidir.
- 936 -
1. Patogen zamburug‘lar bilan qo‘zg‘atilgan hastaliklarni davolashda
qo‘llaniladigan vositalar:
1) Chuqur yoki sistemali mikozlarda (koksidioidomikoz, parakoksidiomikoz,
gisto-plazmoz, kriptokokkoz, blastomikoz)
Antibiotiklar – amfoteritsin B, mikogeptan
Imidazol unumlari – mikonazol, ketokonazol
Triazol unumlari – itrakonazol, flukonazol
2) Epidermomikozlarda (dermatomikozlarda)
Antibiotiklar – grizeofulvin
N-metilnaftalin unumlari – terbinafin (lamizil, terbizil)
Nitrofenol unumlari – nitrofungin
Yod dori vositalari – yodning spirtli eritmasi, kaliy yodid
2. Shartli patogen zamburug‘lar qo‘zg‘atgan hastaliklarni davolashda
qo‘llaniladigan vositalar (masalan, kandidomikoz)
Antibiotiklar – nistatin, levorin, amfoteritsin B
Imidazol unumlari – mikonazol, klotrimazol
Bis-to‘rt ammoniy tuzi – dekamin
Sistemali mikozlarda (gistoplazmoz, kriptokokkoz, blastomikoz, koksidioido-
mikozlarda) asosiy davolash dori vositasi – amfoteritsin B (amfostatin,
fungizon) dir. U
Streptomyces nodosum
ishlab chiqaradigan polien antibiotigi
hisoblanadi.
Bakteriyalar, rikketsiy va viruslarga ta'sir ko‘rsatmaydi. Asosan zamburug‘lar
hujayra membranasi o‘tkazuvchanligini va uning transport funksiyasini buzilishi
bilan bog‘liq bo‘lgan fungistatik ta'sirga ega. Amfoteritsin B ning
zamburug‘larga qarshi tanlab ta'sir ko‘rsatishining sababi Shundan iboratki, u
zamburug‘lar devorining asosiy lipidi bo‘lmish ergosterol bilan bog‘lanadi.
(inson va bakteriyalarda asosiy lipid xolesterin hisoblanadi). Amfoteritsin B ga
chidamlilik sekin rivojlanadi.
- 937 -
Me'da-ichak traktidan dori vosita yomon so‘rilganligi uchun tomir ichiga
kiritiladi. Gematoensefalik barerdan amfoteritsin B o‘tmaganligidan uni miya
pardalari ostiga kiritiladi. Bundan tashqari uni tana bo‘shliqlariga kiritiladi,
ingolyatsiya qilinadi va mahalliy qo‘llashadi. Organizmdan buyrak orqali
ajraladi. Dori vositani ajratilishi juda sekin kechadi (bir haftada 20-40%).
Amfoteritsin B yuqori zaharlilikka ega. Uni kumulyatsiyalanish xossasi
buni yana chuqurlashtiradi. Noxush ta'siroti tez-tez kuzatiladi, ularni ko‘pchiligi
yetarlicha jiddiy. Amfoteritsin B ni qo‘llaganda dispepsik o‘zgarishlar,
isitmalash, qon bosimini tushishi, nefrotoksik ta'sirot anemiya, gipokalsiemiya,
neyrotoksik buzilishlar, tromboflebitlar, turli xil allergik reaksiyalar kuzatiladi.
Amfoteritsin B bilan davolash statsionar sharoitda jigar, buyrak
faoliyatini, qon tarkibini va qonda ionlar miqdori muntazam nazorat qilib turish
bilan o‘tkaziladi. Jigar va buyrak hastaliklarida amfoteritsin B ni qo‘llash man
etilgan.
Sistemali mikozlarni davolashda qo‘llaniladigan imidazol va triazol
unumi bo‘lgan sintetik birikmalar zamburug‘lar hujayra membranalarida
ergosterol sintezini buzadilar. Bu o‘z navbatida hujayra membranasi
funksiyasini buzadi va zamburug‘lar replikatsiyasini susaytiradi.
______________________________
1
Grekcha mykes - zamburug‘
Sistemali ta'sirga ega bo‘lgan imidazol unumlariga mikonazol,
ketokonazol mansub.
Mikonazolni tomir ichiga, enteral, kamdan-kam bosh miya pardalari
ostiga (gematoensefalik barerdan yomon o‘tadi) kiritiladi. Koksidioidomikoz,
kriptokokkoz, parakoksidiomikoz, blastomikoz hamda disseminirlangan
kandidomikozlarda mikonazolni parenteral qo‘llashadi. Mikonazolni qinning
shilliq qavatini jarohatlanishida va dermatomikozlarda mahalliy qo‘llashadi.
Dori vosita ko‘p noxush ta'sirotlr rivojlantiradi: tromboflebit, ko‘ngil aynishi,
anemiya, giperlipidemiya, giponatriemiya, kamdan-kam holatlarda leykopeniya,
- 938 -
allergik reaksiyalar va boshqalar. Tez-tez rivojlanadigan noxush asoratlari
mikonazolni qo‘llashni cheklaydi. Dori vosita amfoteritsinga nisbatan kam
zaharroq.
Ketokonazol ichiladi. U ovqat hazm qilish traktidan yaxshi so‘riladi va
ko‘pgina to‘qimalarga tarqaladi. Ammo MNSga yomon o‘tadi. Uning tahminan
90% qon zardobi oqsillari bilan bog‘lanadi. Ketokonazol jigarda metabolizmga
uchraydi. Peshob va safro tarkibida ajraladi. t
½
~8 soat. Dori vositani
blastomikoz, gistoplazmoz, parakoksidiomikoz, onixomikoz, ko‘pgina shilliq
qavatlarni Candida bilan jarohatlanishida qo‘llashadi. Yuqori darajadagi
zaharliligi bilan xarakterlanadi. Gepatotoksik ta'sirga ega. Ko‘ngil aynishi, qayt
qilish kuzatilishi mumkin.
Triazol unumlaridan sistemali mikozlarda flukonazol, itrakonazolni
qo‘llashadi.
Flukonazol (diflukan, maksosist) enteral kiritilganda yaxshi so‘riladi.
Gematoensefalik barerdan kerakli miqdorda o‘tadi. t
½
~30 soat. Buyrak orqali
o‘zgarmagan holda ajraladi. Zamburug‘lar rivojlantirgan meningit (masalan,
kriptokokkoz)larda, koksidioidomikoz, kandidomikozlarda qo‘llashadi. Noxush
ta'sirotlari: dispepsiya, jigar funksiyasini susayishi, terida toshmalar va
boshqalar.
Ushbu kimyoviy guruhga itrakonazol ham mansub. Uni enteral
qo‘llashadi. Qoniqarli darajada so‘riladi. Gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi.
Dori vosita jigarda metabolizmga uchraydi. t
½
~36 soat. Buyrak orqali ajratiladi.
Gistoplazmoz, blastomikoz, koksidioidomikozlarda qo‘llanadi. Noxush ta'sirlari:
dispepsik buzilishlar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, jigar funksiyasini susayishi,
terida allergik toshmalarda namoyon bo‘ladi.
Dermatomikozlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarga antibiotik
grizeofulvin va sintetik dori vositalar guruhi kiradi.
Grizeofulvin (gritsin, grifulvin)ni
Do'stlaringiz bilan baham: |