- 330 -
kuchli darajada rivojlangan. O‘tkir alaxsirash, maniakal
holatlarni daf etishda
yuqori samara beradi. Boshqa neyroleptiklar foyda bermagan hollarda ham
yaxshi natija ko‘rsatadi. Aminazindan farqli ularoq bexollik va farqsizlik
chaqirmaydi, balki faollashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Gallyusinatsiyalarni tez
bartaraf etadi. Ta’siri tez rivojlanadi, qonda 2-6
soatdan keyin eng katta
miqdorga etadi va tahminan 3 kun saqlanadi, chunki organizmdan sekin ajraladi.
(5kun davomida peshob tarkibida faqat 40%gina ajraladi). Fenotiazin
unumlaridan farq qilib, uyquning tez davrini qisqartirmaydi. Ganglioblokatorlik
va atropinsimon ta’siri yo‘q, periferik alfa-adrenoretseptorlarni kuchsiz qamal
qiladi. Shuning uchun qon bosimini tushirmaydi, ortostatik kollaps
rivojlanmaydi.
Droperidol
-
butirofenon unumi tez va
kuchli lekin qisqa muddatli
neyroleptik ta’sir etadi. Tomirga kiritilganda ta’sri 2-5 daqiqadan keyin
boshlanadi, 20-30 maks. etadi, 2-3 soat davom etadi. Narkotik, analgetiklar,
uxlatuvchi va miorelaksantlar ta’sirini kuchaytiradi. Karaxtlik (shok) va qayt
qilishga qarshi,
alfa-adrenolitik, markaziy dofamin retseptorlarni qamallovchi
xossaga ega, xolinolitik ta’siri yo‘q. Qon bosimini tushiradi, antiaritmik ta’siri
bor. Kuchli kataleptogenlik tasiriga ega. Neyroleptanalgeziya uchun
qo‘llaniladi..
Sulpirid-Benzamin hosilasi D
2
-dofamin retseptorlarini
tanlab qamal
qiladi. Mo‘tadil neyroleptik qayt qilishni to‘xtatuvchi, antidepressantlik ta’siriga
ega. Sedativ va tirishishga qarshi xossasi yo‘q. Analeptiklar va uxlatuvchi
barbituratlar ta’sirini kuchaytirmaydi. Ekstrapiramid o‘zgarishlar chaqirmaydi.
Qon bosimini mo‘tadil tushiradi. MITdan yomon so‘riladi. T
½
=5-10soat.
Bemorlar yaxshi qabul qiladilar.
Klozapin-Dibenzodiazepen unumi. Neyroleptik, antipsixotik ta’siri kuchli
bo‘lib, sedativlik xossasi bilan uyg‘unlashgan. Dori vositaning yaxshi tomoni
Shuki, u kamroq ekstrapiramid o‘zgarishlar chaqiradi. Miorelaksantlarga xos
ta’sir ko‘rsatadi, analgetik va uxlatuvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi.
- 331 -
Markaziy va periferik antixolinergik ta’siri kuchli. Periferik alfa-adrenolitik
ta’siri yaxshi namoyon bo‘ladi. Presinaptik membranalaridan dofamin ajralishini
kamaytiradi. Aminazin va boshqa fenotiazin
unumlari kabi kuchli umumiy
susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Klozapinni bemorlar yaxshi qabul qiladilar,
lekin uyqusirash, es-xushni xiralashishi, mushaklarning xolsizligi, ortostatik
gipotenziya, taxikardiya, og‘iz qurishi kabi noxush ta’sirlar rivojlanadi.
Jiddiy asorati bu granulotsitopeniya-agronulotsitoz.
Rezerpin-neyroleptik, antipsixotik
vosita sifatida hozirda kam, faqat
boshqa neyroleptiklarni ishlatib bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
Neyroleptiklarni qo‘llash: psixozlar (alaxsirash), ruhiy xastaliklar (ayniqsa
kuchli tajavuzkorlik, qo‘zg‘alish, alaxsirash va gallyusinatsiyalar bilan
kechadiganlarida);
-
dorilarga qaramlik (tobelik)ni to‘xtatishda;
-
qayt qilish va xiqchoq tutishni to‘xtatishda;
-
anesteziologiyada (suniy gibernatsiya,
narkotik, uxlatuvchi, analeptik
vositalar ta’sirini kuchaytirish, neyroleptanalgeziya);
Neyroleptiklarning ko‘plariga o‘rganish rivojlanadi.
Dori vositalarning chiqarilish shakli:
Do'stlaringiz bilan baham: