- 333 -
kuchaytiradi. Mo‘tadil uyqu chaqiradi. Nevrotik holatlarda qo‘rquv, hayajon,
betoqatlik, taranglikni susaytiradi. Antipsixotik ta’sirga ega emas. Katta
dozalardagi psixomator qo‘zg‘alishni kamaytiradi. MITdan tez so‘riladi. T
½
=8-
10 soat. Platsentar barerdan o‘tadi, buyrak orqali ajraladi.
Qo‘llanilishi:
nevrotik holatlar, uyqusizlik, migren, klimakterik
o‘zgarishlarda, bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda,
harakatni buzilishlarida,
miozitlarda, artrit, bursitlar va Shu kabi mushaklarning taranglanishi bilan
kechadigan xastaliklarda, ekzema va qichishish bilan kechadigan dermatitlarda,
tutqanoq xastaligida, abstenensiya sindromini daf etishda (narkomaniya,
alkogolizm).
Nitrazepam, sibazon va fenozepam qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda
ishlatilmaydi.
Nozepam
- kimiyoviy tuzilishi va farmakologik xossalari bo‘yicha
xlozepid va sibazonga o‘xshash lekin yumshoqroq ta’sir etadi,
zaharliligi
pastroq, miorelaksantlik va tirishishga qarshi ta’siri sust. Xlozepid va sibazonga
nisbatan, bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Boshqa benzodiazepin hosilalari kabi
qo‘llaniladi, ehtiyot shartlari ham ularnikiday.
Mezapam - Bu dori vositaning tinchlantiruvchi ta’siri ba’zi
faollashtiruvchi xossasi bilan mujassamlashgan. Mezapam ”kunduzgi”
anksiolitik hisoblanadi, chunki mehnat qobiliyatini kamroq buzadi. Narkotik,
analgetik va uxlatuvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi. Miorelaksantlik va
uxlatuvchilik xossasi sust bo‘lganligidan
quvvatsizlangan bemorlar, hamda
qariya va bolalarda qo‘llash mumkin.
Noxush ta’sirlari: bosh aylanish, kabziyat,
akkomodatsiyaning buzilishi,
taxikardiya, ayrim hollarda uyqusirash kuzatiladi. Transport haydovchilari,
operatorlarda qo‘llanilganda ehtiyot bo‘lish kerak.
Midazolam - Tez va qisqa ta’sirli anksiolitik. Tez rivojlanuvchi va kuchli
sedativ, miorelaksantlik va tirishishga qarshi ta’sirga ega.
MITdan yaxshi
so’riladi, tez parchalanadi, kam zahar. Parenteral qo‘llanganda anterograd
- 334 -
amneziya rivojlanadi. Reanimatsiya anjomlari bo‘lmagan
sharoitda parenteral
ko‘llash mumkin emas.
Ko‘rsatmalar: premedikatsiya, kirish va kombinatsiyalangan narkoz
uchun. Homilador, emizuvchi ayollarda, keksalarda, surunkali o‘pka, buyrak va
jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Noxush ta’siri: qon bosimini tushishi, taxikardiya, apnoe, nafas buzilishi.
Davomli ko‘llansa abstenensiya simptomi rivojlanadi.
Buspiron- Bosh miyadagi 5-NT
1A
serotonin retseptorlariga yuqori
affinitetga ega. CHok yadro neyronlarida serotonin sintezini va ajralishini keskin
susaytiradi, dofamin retseptorlari bilan bog‘lanadi, GAMK retseptorlariga ta’sir
etmaydi. yetarlicha, lekin sekin-asta (1-2 hafta) rivojlanuvchi anksiolitik ta’sirga
ega. Sedativ, miorelaksantlik, tirishishga qarshi ta’siri yuk. MITdan yaxshi
so‘riladi, jigarda ko‘p qismi parchalanadi. T
Do'stlaringiz bilan baham: