6.3-Rasm.
Levadopaning ta’siri (A) va uning karbidopa bilan birgalikda
ta’siri (B). GEB-gematoensefalik baryer; minus-susaytiruvchi ta’sir. Qizil
rangga bo’yalish darajasi dofaminning MNS va boshqa to’qimalardagi
konsentratsiyasini ifodalaydi.
Nojo’ya effektlarni levadopa bilan gematoensefalik baryerdan o’tmaydigan
periferik DOFA-dekarboksilaza ingibitorlari (k a r b i d o p a , b e n s e r a z i d )
bilan birgalikda qo’llanilganda kamaytirish mumkin. Tarkibida levadopa va
karbidopa bo’lgan (s i n e m e t , n a k o m ) va levadopa va benserazid bo’lgan
Периферик тўқималар
МНС
Периферик тўқималар
A
B
МНС
- 322 -
(m a d o p a r ) dori vositalar ishlab chiqarilgan. Bunday tarkibli dori vositalar
levadopani MNS ga ko’p miqdorda o’tishiga yordam beradi. Bunda
Levadopaning ichak va jigarda (umumiy qon aylanish tizimiga ko’proq o’tadi),
periferik to’qimalarda, masalan buyrakda (qonda yuqori miqdori ta’minlanadi),
miyaning endotelial kapillyarlarida (levadopani miya to’qimasiga kirishiga
to’sqinlik qiluvchi enzimatik baryerni bartaraf qiladi) dekarboksillanish
jarayonini ingibirlanishiga olib keladi. Levadopani samaradorligini oshirish
uchun, nojo’ya effektlarini kamaytirish uchun, DOFA–dekarboksilazani
ingibitorlaridan tashqari KOMT ni falajlovchi dori vosita entakapon (komtan)
ishlatiladi. O’xshash bo’lgan tolkapon dori vositasini ishlatilishi cheklangan,
bu dori vositada gepatotoksik ta’sir yuqori. Bundan tashqari ko’ngil aynish,
qayt
qilishda
periferik
to’qimalar,
markaziy
qusish
zonalardagi
dofaminoretseptorlarni falajlovchi domperidon (gematoentsefalik baryerdan
o’tmaydi) moddalari buyuriladi. Ruhiy kasallik rivojlansa markaziy
dofaminoretseptorlarni falajlovchi klozapin ishlatiladi (D
2
ga qaraganda D
4
retseptorlarga nisbatan 10 marta faol). Levadopani tanlab ta’sir qilmaydigan
MAO ingibitorlari bilan birgalikda ishlatilib bo’lmaydi (chunki MAO
noradrenalin, dofaminni faolsizlantiradi, agarda MAO faolligi susaysa keskin
gipertenziya kuzatilishi mumkin), piridoksin (vitamin V
6
) bilan ham, chunki
piridoksin levadopa faolligini susaytiradi. Levadopa 5 yil ichida eng samarador
ta’sir ko’rsatadi. Asta sekin o’rganib qolish, diskineziya va boshqa nojo’ya
ta’sirlar kelib chiqadi. Dori vositani yurak–qon tomir, jigar, buyrak
kasalliklarining og‘ir holatlarida va psixozlarda ishlatib bo’lmaydi.
Parkinsonizmni
davolashda
qo’llaniluvchi,
dofamin
retseptorlarini
qo’zg‘atuvchi xususiyatga ega bo’lgan dori vositalarga b r o m o k r i p t i n
(parlodel) kiradi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra alkaloid ergokriptinning yarim
sintetik hosilasi (lizergin kislotasi unumi) bo’lib, dofaminergik D
2
retseptorlarini agonisti hisoblanadi. Parkinsonizmga qarshi yuqori faollikka
ega. Bromkriptin prolaktin va o’sish gormoni somatotropinni ishlab
- 323 -
chiqarilishini susaytirish xususiyatiga ega. Ichishga buyuriladi, oshqozon ichak
traktidan 30% ga yaqini so’riladi. Ko’p qismi jigar to’siqlaridan o’tganda o’z
faoliyatini yo’qotadi. Organizmdan asosan o’t-safroda ichak orqali chiqib
ketadi. Bromokriptin levadopa bilan kombinatsiya holatida qo’llaniladi.
Davolashni boshlang‘ich davrlarida nojo’ya effektlaridan: ko’ngil aynash, qayd
qilish, ortostatik gipotenziya kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo’llanilganda
ruhiy o’zgarishlar, diskineziya, etil spirtini ko’tara olmaslik, qabziyat kabi
nojo’ya effektlar kuzatiladi.
D
2
va D
3
dofamin retseptorlarining agonistlaridan biri bo’lib
r o p i n i r o l
(rekvip)
hisoblanadi.
Parkinsonizmga
qarshi
ta’siri
neostriatumdagi
postsinaptik
D
2
dofaminoretseptorlarga
ta’siri bilan
tuShuntiriladi. Prolaktin sekretsiyasini pasaytiradi, parkinsonizmga qarshi
xususiyati bo’yicha ropinirol bromokriptindan ustun.
Yuqorida aytilganidek, dofaminergik ta’sirotni kuchaytirish uchun, dofaminni
faolsizlantirish jarayonini susaytirish lozim. Yuqorida ko’rsatilganidek,
dofaminergik ta’sirni kuchaytirishni bir yo’li dofaminni faolsizlantirish
jarayonini to’xtatishdan iborat. MAO –B ingibitorlari Shu asosda ta’sir qiladi.
S e l e g i l i n (deprenil) tanlab, qaytmas holda Shu fermentni falajlaydi. Bu dori
vositani odatda levodopa bilan birgalikda ishlatiladi. Tanlab ta’sir qilmaydigan
MAO ingibitorlaridan farqi Shundaki, simpatomimetiklar bilan o’zaro ta’sir
qilganda gipertenziv reaksiyalarni chaqirmaydi. Tajribalarda aniqlanishicha,
selegilin MAO- B ni falajlashidan tashqari neyroprotektor xususiyatiga ega,
ishemiya va neyrotoksik moddalar ta’sirida neyronlarning jarohatlanishini
kamaytiradi. Qisman bu glial astrostitlardan ajralib chiquvchi nervlarning
o’sish faktorlarini indukstiyalashiga bog‘liq. Klinik ma’lumotlarga ko’ra
selegilin bemorlarda neyrodegenerativ (Altsgeymer kasalligi) kasalliklarda
ijobiy natija bergan. Istisno emaski, Shunday natijani Parkinson kasalligida
ham berishi mumkin, bu maxsus tekshirishlarni talab qiladi.
- 324 -
Parkinsonizmga qarshi moddalarga, glutamatergik ta’sirni kamaytiruvchi
m i d a n t a n (amantadin gidroxlorid, simmetrel) dori vositasi kiradi.
Zamonaviy tuShuntirishga ko’ra, midantan NMDA-retseptorlarni falajlab,
po’stloq glutamat neyronlarining neostriatumga stimullovchi ta’sirini
kamaytiradi. Bu Parkinson kasalligini klinik ko’rinishlarini: rigidlik, titroq,
gipokineziyani kamaytiradi. Bundan tashqari, midantan qora substansiya
neyronlariga nisbatan neyroprotektor effektga ega. Bu holat ko’rsatilgan
neyronlarning NMDA-retseptorlarini susaytirishi va hujayralarga kalsiy
ionlarini kirishini susaytirishga, bu esa neyronlarning destruksiyasini,
kasallikni rivojlanishini susaytiradi. Midantan ba’zi bir M-xolinolitik ta’sirga
ega.
Midantan
Parkinson
kasalligini,
simptomatik
parkinsonizmni
(postenstefalitik yoki serebrovaskulyar), va ayniqsa levadopa ishlatib
bo’lmaydigan holatlarda qo’llaniladi. Midantan gipokineziyani kamaytiradi yoki
bartaraf qiladi, rigidlik va qaltirashni esa kamroq darajada kamaytiradi. 1-2 va
undan ko’proq kundan so’ng holat yaxshilanadi, bir necha kun, ba’zida
haftalardan so’ng maksimal effekt kuzatiladi. Bemorlar midantanni ko’p
hollarda yaxshi ko’taradilar. Nojo’ya effektlaridan ba’zida uyqusizlik,
gallyutsinatsiya, ortostatik gipotenziya, dispeptik o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i
kuzatiladi. Dori vositani MNS ni bir qator kasalliklarida: gallyutsinatsiyalar
bilan kechuvchi, tutqanoq shaklidagi titroqlarda, hamda jigar va buyrakni og‘ir
kasalliklarida ehtiyotlik bilan qo’llanilishi kerak. Dastlab A
2
tipdagi gripp
viruslarini profilaktika qilish uchun viruslarga qarshi dori vosita sifatida
amantadin nomi bilan taklif qilingan. Midantanni levadopa bilan kombinatsiya
holatida qo’llash maqsadga muvofiq, bu holatda doza kamaytiriladi.
Parkinsonizmga qarshi moddalarning oxirgi gruppasi markaziy xolinolitiklar
deb nomlanadi. Bu moddalar markaziy xolinoretseptorlarni falajlaganligi
tufayli, bazal gangliyalarda xolinergik ta’sirlarni susaytiradi. Atsetilxolinning
sinteziga, ajralib chiqishiga, gidroliziga ta’sir qilmaydi. Shunday dori
vositalardan keng qo’llaniluvchi dori vosita s i k l o d o l (artan, trigeksifenidil
- 325 -
gidroxlorid). U markaziy hamda periferik M-xolinolitik ta’sirga ega. MNS ga
ta’sir qilib, ekstrapiramid sistemani jarohatlanishi bilan bog‘liq bo’lgan harakat
buzilishlarini kamaytiradi yoki bartaraf qiladi. Siklodol samarali darajada
titroqni va kam darajada mushaklar rigidligini, kamroq gipokineziyani bartaraf
qiladi. Siklodol Parkinson kasalligida, parkinsonizmda va ekstrapiramid
sistemaning jarohatlanishi bilan bog‘liq bo’lgan boshqa patologik holatlarda
qo’llaniladi. Siklodol antipsixotik moddalarning qo’llanilishi natijasida kelib
chiqqan parkinsonizm holatlarida samarali hisoblanadi. Dori vosita ichish
uchun buyuriladi. Modda ingichka ichakdan yaxshi so’riladi va tez
organizmdan chiqib ketadi. Kumulyatsiya kuzatilmaydi. Uzoq muddat
qo’llanilganda o’rganib qolish kelib chiqadi. Periferik M-xolinoretseptorlarni
falajlanishi, bir qancha nojo’ya effektlarni (og‘iz qurishi, taxikardiya,
akkomodatsiyani buzilishi, ichak silliq mushaklarining tonusini susayishi)
kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Siklodolni spazmolitik ta’siri atropinsimon,
hamda miotrop (papaverinsimon) ta’siriga bog‘liq. Siklodolni dozasi oshganda
MNS da buzilishlar (qo’zg‘alish, galyutsinatsiya) kelib chiqadi. Siklodolni
glaukomada, prostata bezi gipertrofiyasi natijasida kelib chiqqan siydik
ajralishini buzilishida, yurak, jigar, buyrak kasalliklarida ehtiyotlik bilan
qo’llash kerak. Yoshi katta kishilarga Siklodol buyurilmaydi (xotira
yomonlashadi, fikrlash buziladi). Parkinsonizmni davolashda ba’zan boshqa
markaziy
xolinoblokatorlar:
t r o p a t s i n ,
(difeniltropin
gidroxlorid),
b e n z t r o p i n m e z i l a t (kogentin) va boshqalar qo’llaniladi Hamma sanab
chiqilgan parkinsonizmga qarshi dori vositalar etiotrop davolovchi moddalarga
kirmaydi. Ular parkinsonizm sindromini kamaytiradi yoki bartaraf qiladi,
Shuning uchun davolovchi effekti qo’llanilgan vaqtda saqlanib turadi.
Dori vositalar
- 326 -
Nomlari
Kattalar uchun o’rtacha
terapevtik miqdori, va
yuborish yo’li.
Ishlab chiqarish shakli.
Levodopa -
Do'stlaringiz bilan baham: |