5.2.Efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchi vositalar
Efferent innervatsiyaning o‘zi vegetativ (ichki a’zolarni, qon tomirlarini va
bezlarni innervatsiya qiluvchi) nervlardan va skelet mushaklarini innervatsiya
qiluvchi harakatlantiruvchi nervlardan tashkil topgan.
Vegetativ innervatsiya neyroeffektorlarda ajralib chiquvchi mediatorlarga
bog‘liq holda xolinergik – parasimpatik (mediator – atsetilxolin) va adrenergik –
simpatik (mediator – noradrenalin) nerv tolalariga bo‘linadi.
Vegetativ nerv tolalarning efferent yo‘li 2 ta neyrondan iborat:
preganglionar va postganglionar. Xolinergik innervatsiyasida neyronlarning
tanalari kraniosakral joylashgan. Kranial yadrolar o‘rta va uzunchoq miyada
joylashgan. Bunda xolinergik nerv tolalari bosh miyaning 12 juft nerv
tolalaridan quyidagi juftlari tarkibida ajralib chiqadi: III
(n.oculomotorius)
, VII
(n.facialis)
, IX
(n.glossopharyngeus)
va X
(n.vagus)
. Sakral qismda esa
preganglionar nervlar yadrolari orqa miya kulrang qismi dumg‘aza sohasidagi 2-
4 nervlarining yonaki shoxchalaridan boshlanadi va kichik chanoq a’zolarini
innervatsiyalaydi.
Adrenergik innervatsiyalovchi neyronlarning tanalari torakolumbal
joylashgan bo‘lib, ular orqa miya kulrang qismining bo‘yin sohasi 8 (C
8
),
- 199 -
ko‘krak sohasi 1-12 (Th
1-12
) va bel sohasi 1-3 (L
1-3
) nervlarining yon
shoxchalaridan chiqadi.
Parasimpatik nerv oxirlarida, presinaptik membranada, mediator sifatida
atsetilxolin, simpatik nerv oxirlarida esa noradrenalin hosil bo‘ladi
Xolinergik va adrenergik nerv tolalarining preganglionar nerv aksonlari
vegetativ gangliylarda yakunlanadi. Parasimpatik nerv tolalarida gangliylar
a’zolarga yaqin yoki ularning ichida, simpatik nerv tolalarida esa orqa miyadan
chiqish joyida joylashgan bo‘ladi. Har ikkala gangliyda ham mediator vazifasini
atsetilxolin bajaradi. Parasimpatik nerv tolalarida preganglionar tola uzun,
postganglionar tola qisqa, simpatik nerv tolalarida esa preganglionar tola qisqa,
postganglionar tola uzun bo‘ladi. Bulardan tashqari, embriogenetik jihatdan
sipmatik nerv tolalariga o‘xshash bo‘lgan yana bir tola borki, u tola buyrak usti
mediator vazifasini atsetilxolin bajaradi. Nerv impulsi ta’sirida har bir bezining
xromaffin hujayralarini innervatsiya qiluvchi tola bo‘lib, tashqi ko‘rinishi
jihatidan harakatlantiruvchi nerv tolasiga, bajaradigan vazifasiga ko‘ra esa
vegetativ nerv tolasiga o‘xshaydi. Bunda faqat preganglionar tolalar mavjud
bo‘lib, xromaffin
Ajralib chiqishiga olib keladi. Hosil bo‘lgan adrenalin qon oqimiga gormon
sifatida o`tadi va gormonal boshqaruvda ishtirok etadi.
Hujayradagi N-xolinoretseptorlarga presinaptik membranadan atsetilxolin
ajralib chiqishi yordamida retseptor qo‘zg‘aladi va xromaffin hujayralardan
adrenalin tushadi va qon tomirlarining nerv bilan innervatsiya qilinmaydigan
qismlari bo‘lmish intimasida joylashgan postsinaptik α
2
-adrenoretseptorlarni
qo‘zg‘atadi va tomirlarning torayishiga sabab bo‘ladi.
- 200 -
Do'stlaringiz bilan baham: |