- 195 -
H a n t a l q o g ‘ o z i
(hantal) – yupqa qilib yog‘sizlantirilgan hantal bilan
qoplangan bo‘lib, uning ta’sirlantiruvchi samarasi hantal efirmoyi bilan bog‘liq.
Tarkibida
sinigrin glikozidi
va
mirozin fermenti
saqlaydi. Hantal qog‘ozini 40
darajagacha bo‘lgan iliq suvda namlaganda, mirozin fermenti faollashadi va
sinigrin glikozidini parchalaydi. Natijada undan hantal efir moyi ajralib chiqadi
va u sezuvchi nerv oxirlariga kuchli ta’sirlantiruvchi xossa namoyon qiladi.
Hantal qog‘ozi, asosan, nafas a’zolari
kasalliklarida, stenokardiyada,
nevralgiyada, mialgiyada va boshqalarda qo‘llaniladi.
T o z a l a n g a n t e r p e n t i n m o y i
– oddiy qarag‘ayning smolali
elimini haydash usuli bilan olinadi. Asosiy ta’sir qiluvchi moddasi –
α-pinen
bo‘lib, juda kuchli lipofillikka ega bo‘lganligi tufayli
epidermis orqali yaxshi
o‘tadi va sezuvchi nervlar oxirlarini ta’sirlantiradi. Tarkibida tozalangan
terpentin moyi saqlovchi preparatlar, asosan, nevralgiyalarda, mialgiyalarda va
bo‘g‘im og‘riqlarida teriga surtish uchun ishlatiladi.
Qayd etilgan vositalarni asosan ikkita maqsad uchun qo‘llaniladi.
Birinchidan, shikastlangan a’zo yoki to‘qimalardagi og‘riq sezgisini pasaytirish
maqsadida, bunda chalg‘ituvchi terapiya kelib chiqadi.
Ikkinchidan, patologik
jarayonga aralashgan ichki a’zolarning (to‘qimalarning) trofikasini yaxshilaydi.
Ishlatilgan joylarida terining qizarishi va biroz shishishi paydo bo‘ladi, ammo
ular davolash xususiyatiga ega emas.
M e n t o l
– qalampir yalpiz efir moyining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib,
terpentin qatori spirti hisoblanadi. Asosan sovuqni sezish retseptorlarini tanlab
qo‘zg‘atishi hisobiga sovuq sezgisini chaqiradi. Ta’sirlantiruvchi xossasi
kuchsiz anesteziya bilan almashinishi mumkin.
Mentol reflektor ravishda
sirtdagi va chuqur a’zo hamda to‘qimalardagi tomirlar tarangligini o‘zgartiradi.
Uni asosan, yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida (tomiziladi, surtiladi, intratraxeal
kiritiladi, ingalyasiya qilinadi) keng qo‘llaniladi.
Validol
ning asosiy tarkibiy
qismi bo‘lib hisoblanadi. Nevralgiya, mialgiya va artralgiyalarda teriga surtish
- 196 -
uchun ham qo‘llaniladi. Migren (shaqiqa) damentolning qalamchalari chakkaga
surkaladi.
A m m i a k e r i t m a s i
yoki
n a v s h a d i l s p i r t i
ham kuchli ta’-
sirlantiruvchi xossaga ega. Uning bug‘lari hidlanganda yuqori nafas yo‘llari
sezuvchi nerv tolalari oxirlarini qo‘zg‘atadi va
shu orqali nafas markazini
reflektor ravishda kuchaytiradi. Ammiak eritmasi asosan, bemorning hushidan
ketishlarida, mastlik holatida uning es-hushini qayta tiklash uchun qo‘llaniladi.
Mastlik holatida odatda 100 ml suvga uning 5-10 tomchisini tomizib,
ichishga
tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, u dezinfeksiyalovchi xossaga ham ega
bo‘lganligi tufayli operatsiyalardan oldin jarroh qo‘llarini tozalash uchun ham
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: