O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

euphoria
–lazzatlanish, huzur-halovat qilish holati 
33
Lotinchadan 
hallucinatio
– bema’ni ko‘p gapirish, vasvasa 


- 187 -
boshqaruvchi markaz faoliyatini stimullaydi ), taxikardiya va midriaz(ko`z 
qorachig`ining kengayishi) chaqiradi.Odatda kokain bilan o‘tkir hamda 
surunkali zaharlanish kuzatilishi mumkin. 
O‘tkir zaharlanishda 
asosiy e’tibor 
uning kiritilgan joydan so‘rilishini kamaytirishga qaratilishi lozim. Agarda 
perparat ichilgan bo‘lsa, u holda oshqozon kaliy permanganatining 0,05-0,1 
foizli eritmasi bilan yuviladi. Adsorbsiyaqiluvchi, o‘rab oluvchi hamda tuzli 
surgi vositalari tavsiya qilinadi. Agarda shilliq qavatlar orqali kiritilgan bo‘lsa, u 
holda shilliq qavatlar natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuvib 
tashlanadi.Agarda dori vosita organizmga inyeksiya orqali kiritilgan bo‘lsa, u 
holda uning so‘rilishini kiritilgan joydan yuqoriroqqa jgut qo‘yish orqali 
kamaytirish mumkin. Bundan tashqari inyeksiya qilingan joyga muzli idish 
qo‘yish tavsiya etiladi. O‘ta og‘ir zaharlanishlarda sun’iy nafas oldirishga, zarur 
paytlarda traxeotomiya qilishga tayyor bo‘lish kerak.
Qo‘zg‘alishlarni bartaraf etish uchun esa diazepamning eritmasini 
inyeksiya qilish lozim. Kokainni davomli qo‘llash (kukunini hidlash, barglarini 
chaynash, ba’zida esa, vena orqali qayta-qayta kiritish) natijasida 
surunkali 
zaharlanish 
kelib chiqadi. Bunda asosan ruhiy qaramlik 
( k o k a i n i z m )
paydo bo‘ladi, eyforiya chaqiradi,ya`ni kayfiyati ko`tariladi, sezuvchanligi 
ortadi va noodatiy emotsional holatlar kuzatiladi.Agarda bunda kokain dozasini 
keskin kamaytirsak yoki to`sattan to`xtatsak bemor og`ir psixik holatga tushib 
qoladi. Jismoniy qaramlik esa kelib chiqmaydi. O‘rganib qolish yuzaga 
chiqmaydi yoki juda kam miqdorda paydo bo‘lishi mumkin. 
D i k a i n (tetrakain gidroxloridi) ham asosan yuza anesteziyasida 
qo‘llaniluvchi vosita bo‘lib, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha paraaminobenzoy 
kislotasining unumi hisoblanadi. Faolligi bo‘yicha kokaindan tahminan 10 marta 
ustunroq, zaharliligi bo‘yicha esa 2-5 marta kuchli. 
Dikain ko‘z amaliyotida qo‘llanilganda ko‘z ichki bosimiga va 
akkomodatsiyaga ta’sir qilmaydi, qorachiqni kengaytirmaydi. 


- 188 -
Muguz parda shilliq qavatini ta’sirlantirishi mumkin. Dikain qon 
tomirlarini kengaytiradi, shuning uchun uning eritmalarini adrenomimetiklar 
bilan birga tavsiya qilish lozim. Ayrim paytlarda uni epidural anesteziya uchun 
ham ishlatiladi. Dikainni ishlatishda uning dozasiga kata e’tibor qaratish lozim, 
chunki u shilliq qavatlar orqali oson so‘rilish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli 
kutilmaganda undan og‘ir zaharlanishlar kelib chiqishi va hatto bu holat o‘lim 
bilan yakunlanishi ehtimoli ham mavjud.
Yuza anesteziyasi uchun tuzilishi jihatidan trimekainga o‘xshash bo‘lgan 
p i r o m e k a i n
dori vositai ham ishlatiladi.
A n e s t e z i n yuqoridagi dori vositalardan farqli ravishda suvda yomon 
(spirda va moylarda yaxshi) eriydi. Shuning uchun ham uni asosan teriga 
sepishga hamda surtma va pasta shaklida jarohatlarga surtishga, ba’zan esa 
oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarida shilliq qavatni og‘riqsizlantirish maqsadida 
sochma, tabletka va suspenziya shaklida ichishga ishlatiladi.Bundan tashqari, u 
orqa chiqaruv teshigi yorilishlarida hamda gemaroyda shamcha shaklida ham 
ishlatiladi. Anestezinni qo‘llashning barcha ko‘rinishlarida u faqat yuza 
anesteziyasini yuzaga chiqarish uchungina qo‘llaniladi. 
N o v o k a i n (prokain gidroxloridi) asosan 
qatma-qat va o‘tkazuvchi 
anesteziya 
uchun 
qo‘llaniluvchi vositadir. U dietilaminoetanol va 
paraaminobenzoy kislotasining murakkab efiridir. Amaliy tibbiyotda gidroxlorid 
shaklida qo‘llaniladi. Yetarli darajadagi anesteziyalovchi xossaga ega, ammo bu 
xossasi bo‘yicha boshqa dori vositalarga nisbatan ancha orqada qoladi. Uning va 
metabolitlarining zaharliligi juda past, ta’sir davomiyligi 30-60 daqiqani tashkil
etadi. Novokain shilliq pardalar orqali yomon o‘tadi, shuning uchun ham yuza 
anesteziyasida faqat yuqori dozalardagina (otorinolaringologiyada 10 foizli 
eritmasi) kamdan-kam paytlarda qo‘llanilishi mumkin. U qon tomirlarini biroz 
kengaytiradi. Shuning uchun ham uning eritmalariga adrenomimetiklar 
(masalan, adrenalinnig 0,1 foizli eritmasidan novokainning har 10 ml ga 1 
tomchi miqdorida) qo`shish tavsiya qilish lozim. 


- 189 -

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish