O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

5.1.Jadval.
Ayrim mahalliy anestetiklarning o‘zaro qiyosiy taqqoslama 
faolligi va zaharliligi (shartli ta’sir birliklarda) 
Dori vosita 
Anesteziyadagi faolligi 
Zaharliligi 
yuza 
qatma-qat 
o‘tkazuvchi 
Kokain 

3,5 
1,9 
3,5 
Dikain 
10-20 
10-20 
10-20 
10-15 
Novokain 
0,1 



Trimekain 
0,4 
3-3,5 
2,5-3,5 
1,2-1,4 
Lidokain 
0,5 
2-4 
2-3 
1,5-2 
 
Bunda adrenomimetiklar qon tomirlarini toraytirib, novokainning so‘rilishini 
kamaytiradi. Natijada uning ta’sir davomiyligi uzayadi, zaharliligi esa 
kamayadi.
Rezorbtiv ta’siri natijasida novokain asab tizimiga susaytiruvchi va kamroq 
miqdordagi analgetik samaralar keltirib chiqaradi. Yuqori dozalarda esa 
talvasalar kelib chiqishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri natijasidagi gipotenziv effekt (asosan 
MNS faoliyatini hamda periferik simpatik gangliylarni susaytirishi tufayli) va 
qisqa muddatli antiaritmik (samarali refrakter davrni va yurakning o‘tkazuvchi 
tizimi orqali impulslarning o‘tish vaqtini oshiradi, qo‘zg‘aluvchanlik va 
avtomatizmni pasaytiradi) samaralar kuzatiladi. 
Novokain qon plazmasidagi esterazalar ta’sirida tezda dietilaminoetanol va 
paraaminobenzoy kislotalarigacha parchalanadi. Metabalitlardan oxirgisi 
sulfanilamid guruhiga kiruvchi antibakterial vositalar bilan raqobatlashuvchi 
antagonist bo‘lib hisoblanadi va bu ularni bir paytda tavsiya qilmaslikni taqozo 
etadi. Metabolitlari buyraklar orqali ajratiladi. 
B u p i v a k a i n g i d r o x l o r i d i (longokain, merkain) keying yillarda 
keng qo‘llanilayotgan va kimyoviy tuzilishi hamda farmakologik xossalari 
bo‘yicha lidokainga juda yaqin dori vosita bo‘lib, yuqori faollikka ega va ta’sir 
davomiyligi uzoq bo‘lgan mahalliy anestetik hisoblanadi. Asosan o‘tkazuvchi 


- 190 -
(orqa miya) va infiltratsion anesteziyalar uchun qo‘llaniladi. Samarasi 5-10 
daqiqadan keyin yuzaga chiqadi va epidural anesteziyada 3-4 soat, 
qovurg‘alararo blokadada 7-14 soat, ba’zan esa 24 soatgacha va undan ortiq 
davom etadi. Dozasi oshib ketgan paytlarda kuchli kardiotoksik (qorinchalar 
aritmiyalari kelib chiqishi mumkin) va neyrotoksik (uyquchanlik, nistagm, 
tremor, talvasa va b. kelib chiqishi ehtimoli mavjud) samaralar kelib chiqishi 
mumkin.
L i d o k a i n (ksikain, ksilokain) mahalliy anesteziyaning barcha turlarida 
qo‘llaniladi. Uning anesteziyalovchi faolligi novokaindan 2,5 marta yuqori va 
ta’sir davomiyligi 2 marta uzoqroq davom etadi. Agarda novokainni 
adrenomimetiklar bilan birga qo‘llanilganda ta’sir davomiyligi tahminan 1,5-2 
soatgacha davom etadigan bo‘lsa, bu narsa lidokainda 2-4 soatni tashkil etadi 
(har ikkalasining ham 0,5 foizli eritmalarida). Zaharliligi deyarli novokainniki 
bilan bir xilda yoki salgina yuqoriroq bo‘lishi mumkin. To‘qimalarga nisbatan 
ta’sirlantiruvchi xossaga ega emas. Ko‘zga tomizilganda qorachiqqa va tomirlar 
tarangligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Uni asosan adrenalin gidroxloridning 0,1 foizli 
eritmasi bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.
Dozasi oshib ketganda zaharlanish kelib chiqadi va bunda uyquchanlik, 
ko‘rishning buzilishi, ko‘ngil aynishi, tremor, talvasalar paydo bo‘ladi. Og‘ir 
holatlarda yurak-qon tomir buzilishlari, nafas yetishmasligi paydo bo‘lishi 
mumkin.
Boshqa dori vositalardan farqli ravishda lidokain qorinchalar aritmiyasida 
ham yuqori samaradorlikka ega. 
T r i m e k a i n – kimyoviy tuzilishi bo‘yicha lidokainga yaqin dori vosita 
bo‘lib, u ham anesteziyaning barcha turlarida keng qo‘llaniladi. Faolligi 
bo‘yicha novokaindan 2-3 marta yuqori, zaharliligi bo‘yicha ham undan biroz 
ustunroq. Ta’sir davomiyligi 2-4 soatni tashkil etadi. Yuza anesteziyasida 
faolligi pastroq, shuning uchun nisbatan yuqori, 2-5 foizli eritmalari qo‘llaniladi. 
Trimekain bosh miya po‘stlog‘iga va miya o‘zagining ko‘tariluvchi retikulyar 


- 191 -
formatsiyasiga kuchli susaytiruvchi samara ko‘rsatadi. Shuning uchun ham u 
tinchlanintiruvchi, uyqu chaqiruvchi va tutqanoqqa qarshi samaralar keltirib 
chiqaradi. Dori vositani vena orqali kiritilganda aritmiyaga qarshi samara kelib 
chiqadi. 
Qatma-qat va o‘tkazuvchi anesteziyalarda terapevtik dozalarda qabul 
qilinganida yurak-qon tomir va nafas tizimlarida deyarlik nojo‘ya ta’sirlar 
keltirib chiqarmaydi. Ba’zan nojo‘ya ta’sir sifatida dori vosita kiritilgan sohada 
achishish hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, zaharlanishlarda esa klonik tirishishlar 
paydo bo‘lishi mumkin.

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish