5.3-rasm.
Xolinergik va adrenergik innervatsiyaning umumiy sxemasi.
Qizil tarmoq-
adrenergik neyronlar;
ko`k tarmoq
- xolinergik
neyronlar;
Yashil tarmoq-
sezuvchi afferent neyron.
C, Th, L, S – orqa miyaning segmentlari.
Ko`z
So`lak va shilliq bezlari
Bronx,traxea
Yurak
Tomirlar
Jigar ,o`t yoli, o`t qopi
Oshqozon
Ichaklar
Buyrakusti bezi mag`iz q.
Buyrak
To`gri ichak
Siydik qopi
- 201 -
Ах,Н-ХР
Норад, АдР
Ах,Н-ХР
Ах,М-ХР
Ах,Н-ХР
ПНТ
СНТ
XNT
Ах,Н-ХР
BUBXHIQT
AD, ADB
Shu bilan birga, ichki a’zolar innervatsiyasida
p u r i n e r g i c t i z i m
ham
ishtirok etishi aniqlangan. Ma’lumki, xolinergik nerv oxirlarida va adrenergik
nerv vezikulalarida ATF (adenozin uch fosfat kislotasi) saqlanadi va u ko‘pincha
mediator (yoki komediator) vazifasini bajaradi. Periferik nerv oxirlarida
(varikoz kengayishlarda) ATF va uning parchalanish mahsulotlari (jumladan,
adenozin) ajralib chiqadi va u ichak silliq mushaklarga susaytiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi, shuningdek, bronxial silliq mushaklarni ham bo‘shashtiradi, qovuq
qisqarishiga, hamda tomirlar kengayishiga olib keladi. Bundan tashqari, maxsus
p u r i n e r g i k
(posganglionar) tolalarning mavjudligi ham ehtimoldan xoli
emas. 2 turdagi purin retseptorlari mavjud deb hisoblashadi: P
1
(ATFga
qaraganda adenozinga nisbatan
PNT – parasimpatik nerv tolasi, SNT – simpatik nerv tolasi, HNT –
harakatlantiruvchi nerv tolasi, BUBXHIQT – buyrak usti bezi
xromaffin hujayralarini innervatsiya qiluvchi tola, Ax – atsetilxolin,
Norad – noradrenalin, Ad – adrenalin, M-XR – M-xolinoretseptor, N-
XR – N-xolinoretseptor, AdR – adrenoretseptor.
Ax,H-XP
PNT
SNT
Ax,H-XP
Norad, AdP
Ax,H-
XP
Ax,H-XP
- 202 -
yuqori sezgirlikka ega) va P
2
(adenozinga qaraganda ATFga nisbatan yuqori
sezgirlikka ega). O‘z navbatida P
1
-retseptorlari ham adenozinning A
1
-
(adenilatsiklazani bloklaydi) hamda A
2
-(adenilatsiklazani faollashtiradi)
retseptorlariga bo‘linadi. Adenozin presinaptik membranaga ta’sir qilib,
mediatorlar ajralib chiqishini susaytiradi. Shuningdek, adenozinning efferent
nerv oxirlaridagi notsitseptorlarni ham qo‘zg‘atishi aniqlangan.
Bulardan tashqari, periferik
d o f a m i n e r g i k n e y r o n l a r
ham bor.
Dofamin retseptorlarining 5 ta kichik turi aniqlangan: D
1
-retseptorlar guruhi
(D
1
-, D
5
-kenja turlar) va D
2
-retseptorlar guruhi (D
2
-, D
3
-, D
4
-
kichik turlar). D
1
-
retseptorlar (adenilatsiklazani faollashtiradi va sAMFmiqdorini oshiradi) asosan
postsinaptik tormozlanishni (ayniqsa MNSda) chaqiradi. D
2
-retseptorlar
(adenilatsiklazani susaytiradi) esa pre- va post-sinaptik tormozlanishni
chaqiradi.
Ko`p miqdorda (90 foiz atrofida) xromaffin hujayralarda saqlanuvchi
s e r o t o n i n
periferik innervatsiyada (va MNSda) ham o‘ziga xos ahamiyatga
ega. U ma’lum miqdorda neyronlarda ham aniqlangan (serotoninergik
neyronlar). Serotonin retseptorlarining quyidagi turlari tafovut qilinadi:
1) periferik neyronlardagi serotonin retseptorlari (5-HT
3
-retseptorlar).Hazm
qilish tizimidagi intramural chigalning neyronlarida joylashgan bo`lib,serotonin
ta`sirida qo`zgalishi undan atsetilxolin ajralishini ta`minlaydi.U esa ichaklar
peristaltikasini oshiradi;
2) serotoninning periferiyadagi va MNSdagi presinaptik retseptorlari (5-
HT
1
-retseptorlar).Presinaptik
retseptorlarning
qo`zga`lishi
serotonin(noradrenalin)ning ajralishini kamaytiradi.;
3) serotoninning MNSdagi va silliq mushaklardagi postsinaptik
retseptorlari (5-HT
2
-retseptorlar).Uning qo`zg`alishi silliq mushaklarning
qisqarishini ta`minlaydi.
- 203 -
Keyingi yillarda ichki a’zolar faoliyatini boshqarishda va moddalar
alamshinuvida ishtirok etuvchi qator kimyoviy birikmalar ham nerv
o‘tkazuvchanligiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan bo‘lib, bunday
moddalarga
a z o t o k s i d i
( N O ) ,
R
s u b s t a n s i y a s i ,
n e y r o p e p t i d Y
va b. kiradi.
Skelet mushaklarini innervatsiya qiluvchi nerv tolalari
x o l i n e r g i k
tolalarga mansubdir. Ularning yadrolari orqa miya kulrang qismining oldingi
shoxlaridan hamda ayrim bosh miya nervlari yadrolaridan chiqadi va aksonlari
gangliy hosil qilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri skelet mushaklariga borib, nerv-
mushak sinapsi hosil qiladi. Ular uchun mediator atsetilxolin, retseptor esa N-
xolinoretseptorlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |