Xujasyr
a
q
ob
igi
Io
n
k
a
n
a
li
- 205 -
xolinoretseptorlarning silliq mushaklarda va ko‘pchilik ekzokrin bezlarda, M
4
-
xolinoretseptorlarning yurakda, o‘pka alveolalari devorida va MNSda, M
5
-
xolinoretsepatorlarning esa MNSda, so‘lak bezlarida, qonning mononuklear
hujayralarida joylashganligi aniqlangan. Ko‘pchilik vositalarning asosiy
samaralari ularning M
2
- va M
3
-xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi
sababli
yuzaga
chiqadi.
Shuning
uchun
mazkur
darslikda
M-
xolinoretseptorlarning turlariga alohida e’tibor qaratilmasdan, faqat M-
xolinoretseptorlar bo‘yicha umumiy tushunchalar berib ketilishi maqsadga
muvofiqdir.
N-xolinoretseptorlar barcha simpatik va parasimpatik gangliylardagi
postsinaptik membranalarda, buyrak usti bezi miya qismining xromaffin
hujayralarida, sinokarotid zonada, skelet mushaklari oxiridagi plastinkalarda va
MNSda joylashgan. N-xolinoretseptorlarning ham turli moddalarga nisbatan
sezgirligi har xil. Ganglionar hujayralarning N-xolinoretseptorlari (neyronal
turdagi N-xolinoretseptorlar) skelet mushaklarining N-xolinoretseptorlaridan
(mushakli turdagi N-xolinoretseptorlar) keskin farq qiladi va shu orqali
ganglioblokatorlarning va miorelaksantlarning tanlab ta’sir qilishini izohlash
mumkin.
Atsetilxolinning M-xolinoretseptorlar orqali nerv impulslarini o‘tkazishida
G-oqsillarning va ikkilamchi o‘tkazgichlarning (siklik adenozin monofosfat –
sAMF; 1,2-diatsilglitserol; inozitol (1,4,5) trifosfat) ahamiyati katta. Atsetilxolin
N-xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi va ularning konformatsiyasini
o‘zgartirish orqali esa postsinaptik membrananing o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Uning qo‘zg‘atuvchi samarasi ta’sirida natriy ionlari hujayra ichiga o‘tadi va
postsinaptik membrananing qutbsizlanishiga olib keladi.
Atsetilxolinning ta’sir davomiyligi juda qisqa, chunki u nerv-mushak
sinapslarida tezda atsetilxolin esteraza fermenti yordamida parchalanib ketadi
yoki
vegetativ
gangliylarda
sinaptik
oraliqdan
chiqarib
yuboriladi.
Atsetilxolinning gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan xolinning bir qismi (tahminan
- 206 -
50 foizi) presinaptik membrana orqali qayta ushlab olinadi va yangidan
atsetilxolin sintezlanishi uchun sitoplazmaga transportirovka qilinadi.
Nerv-mushak sinapslarida xolinergik o‘tkazuvchanlikning bosqichlari 5.4-
rasmda keltirib o‘tilgan.
Sinaptik o‘tkazuvchanlikka aloqador moddalar har xil jarayonlarga ta’sir
qilishi mumkin: 1) atsetilxolin sinzeziga; 2) mediator ajralib chiqishiga; 3)
atsetilxolinning
xolinoretseptorlar
bilan
o‘zaro
ta’sirlashishiga;
4)
atsetilxolinning
atsetilxolinesteraza
yordamida
parchalanishiga;
5)
atsetilxolinning parchalanishidan hosil bo‘ladigan xolinning presinaptik
membrana orqali ushlab olinishiga. Dori vositasi sifatida xolinoretseptorlarga va
atsetilxolinesterazaga ta’sir qiluvchi vositalar keng qo‘llaniladi.
Xolinoretseptorga ta’sir qiluvchi moddalar ularni kuchaytiruvchi
(xolinomimetik samara) va susaytiruvchi (xolinobloklovchi samara) ta’sir etishi
mumkin.
b
- 207 -
Do'stlaringiz bilan baham: |