MPlarda ishlatiladigan minimal kodlarni struktura sxemasi
MP li boshqarish qurilmalarining tuzilishi.
MPda BQning roli juda ham muximdir. BQ MPning hamma bloklarini talab bo’yicha ketma - ketlik bilan ishlashini ushlab turadi. BQ ko’rsatmasi bo’yicha BRgdan navbatdagi buyruqni chaqirib olinadi, berilganlarni nima qilish kerakligi aniqlanadi,keyin esa qo’yilgan masalani yechish uchun ketma - ket harakatlar ishlab chiqiladi.
Boshqaruvchi qurilma (BQ) quyidagi vazifalarni bajara olishi kerak:
O’XQ (OZU) yoki DXQ (PZU) dan navbatdagi buyruqni chaqirishi;
buyruqlar registriga bajarishga mansub bo’lgan buyruqni yozib qo’yishi;
amallar buyrug’ining kodini shifrlash natijasi bo’yicha xabarlarni ishlab chiqishi va ularni amallarni bajarish uchun kerakli ketma-ketlikda mashinaning bloklari hamda qurilmalariga yuborishi;
O’XQ dan operandlarni tanlashi va ularni ALQ dan O’XQga operandlarning adresini berishi;
Bajarilgan amalning natijasini ALQ dan O’XQga yuborishi yoki keyinchalik hisoblashda foydalanish uchun AKga qoldirishi;
EHM ni ishga tushirishi va to’xtatishi, uni har xil rejimlarda ishlashini nazorat qilishi (avtomatik, davriy, taktli ishlashi);
Qiymatlarni kiritishni, chiqarishni ta’minlashi va boshqalar.
MP bitta mikroamalni yoki mikrobuyruqni bajarishga sarf qilgan vaqtini mashina takti deyiladi. Bitta amalni (qo’shish) bajarishga sarf qilingan vaqtni mashina davri deyiladi.
Hozirgi MP va mikroEHM boshqaruvchi impulslarni ishlab chiqadigan quyidagi ikki usuldan foydalaniladi:
Mikroprogrammali BQ ni ishlash tavsifi maxsus xotiraga kiritilgan mikroprogrammalardan kelgan ma’lumotlar bilan aniqlanadi. Mikroprogrammalash bitta mikroprogrammali buyruq orqali, berilgan amalni bajarish uchun mikrokomandalar ketma-ketligi bilan almashtirishga imkon beradi. Masalan "bo’lish" mikroprogrammali buyrug’i DXQga yozilgan butkul mikrokomandalar ketma-ketligi bilan almashtiriladi.
Mikroprotsessorda ishlatiladigan boshqaruvchi qurilmaning MP ni BQ si hozirgi buyruqqa asosan tegishli mikroprooperatsiyalar ketma-ketligini bajarishni ta’minlaydi va bajarilayotgan programmaga tegishli programmaning buyrug’ini tanlashni ta’minlaydi.
Mikroprogrammali boshqaruvchi qurilmalar;
Bu yerda, mikroprogrammaning xotira bloki mikrokomandalarni saqlash uchun belgilangan. Mikrokomandalar adreslarini ishlab chiquvchi blok navbatdagi mikrokomandaning adresini tashkil etish uchun mo’ljallangan. Navbatdagi mikrokomandaning adresini shakllantirish bajarilayotgan mikrokomandaning kodiga, ALQda bajarilayotgan amalni kodining belgisiga, protsessorni sinxronizatsiya-lovchi va vaqtincha to’xtatuvchi bloklarining ma’lumotlariga bog’lik. Sinxronizatsiyalashtiruvchi blok MP ni asosiy bloklarini ketma-ket ishlashini ta’minlash uchun, boshqarish xabarlarini qabul qilish va ketma-ket sinxrosignallar ishlab chiqish uchun kerak. Mikrokomandalar deshifratori bajaruvchi bloklarga beriladigan boshqaruvchi xabarlarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi
Mikrokomandaning tipik tuzilishi va uni tashkil etuvchi zonalarining bajaradigan vazifalari