O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


O‘tkir zaharlanishlarni simptomatik davolash



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

O‘tkir zaharlanishlarni simptomatik davolash:
 
Yuqorida keltirib o‘tilgan davolash chora-tadbirlari bilan bir qatorda o‘tkir 
zaharlanishlarni (ayniqsa, spetsifik ziddi zaharlari bo‘lmagan dori moddalari 
bilan) davolashda ular keltirib chiqargan belgilarga qarshi simptomatik davo 
o‘tkazish ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Bunda asosiy e’tibor hayot uchun zarur bo‘lgan a’zolarning (yurak, nafas) 
faoliyatini ushlab turishga qaratilishi lozim. Bu maqsadda ko‘pincha 
kardiotoniklar, arterial qon bosimini boshqaruvchi hamda periferik to‘qimalarda 
mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi vositalar, nafas apaleptiklari va ba’zida 
oksigenoterapiya qo‘llaniladi. Tortishish va titrashlarda diazepam, aminazin 
kabi tutqanoqqa qarshi vositalar, o‘pka va miya shishida furosemid va mannit 
singari diuretiklar, kuchli og‘riqlarda morfin va unga o‘xshash analgetiklar 
qo‘llaniladi. Kislota-ishkor muvozanati buzilishlarida tegishli dori vositalarning 
eritmalari kiritiladi. Atsidozlarda natriy gidrokarbonat, alkalozlarda esa 
ammoniy xlorid eritmalari qo‘llaniladi. Shuningdek, suv-elektrolit balansining 
muvrozanatini ham nazorat qilib turish lozim.
Yuqorida ta’kidlanganlardan ko‘rinib turibdiki, dori moddalardan o‘tkir 
zaharlanishlarni davolashda majmuaviy detoksikatsion hamda simptomatik davo 
chora-tadbirlari bilan birga zarur paytlarda reanimatsion jonlantirish amaliyoti 
ham olib boriladi. 
 
Dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldini olish:
 
Dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldini olish har bir shifokorning 
asosiy vazifasi hisoblanadi. Buning uchun har bir dori vositasini asosli ravishda 
tavsiya qilish va Shuningdek, dori dori vositalarini kasalxona hamda uy 
sharoitida saqlanishiga juda katta ahamiyat berish lozim. Dori vositalarini oziq-
ovqat mahsulotlari bilan birgalikda shkaf va muzlatkichlarda saqlash mumkin 


- 179 -
emas. Ularni yosh bolalarning qo‘li yetmaydigan joylarda saqlash kerak. 
Yaroqlilik muddati o‘tib ketgan dori dori vositalarini darhol yo‘q qilish lozim, 
Chunki uni kasalxonada yoki uyda kimdir bilmasdan ishlatib qo‘yishi ehtimoli 
bor. Ko‘pchilik dori vositalarini faqatgina shifokorning tavsiyasi bo‘yicha 
qo‘llash va bunda ularning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi borligiga, yaroqlilik 
muddatining o‘tib ketmaganligiga, dori vositalarning saqlanish holatiga hamda 
dozasiga katta ahamiyat berish kerak. Bu talab ayniqsa tarkibida zaharli hamda 
kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar saqlovchi dori vositalari uchun o‘ta zarur 
hisoblanadi. O‘z-o‘zini davolash holatlariga ham imkoni boricha chek qo‘yish 
kerak, Chunki ko‘pchilik holatlarda ular o‘tkir zaharlanishlarga sabab bo‘ladilar. 
Agarda barcha tibbiy xodimlar va tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan oddiy 
insonlar yuqorida ta’kidlab o‘tilganlarga to‘liqrioya qiladigan bo‘lsalar, u holda 
dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldi olinishiga 100 foiz kafolat 
berish mumkin. 


- 180 -

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish