MUSTAQIL ISH
Dorivor o’simliklar mahsuloti tarkibida arbutinni miqdorini aniqlash usuli.
Farmatsiya fakulteti 301-B guruh talabasi Tokhirova Diyora
Tashkent-2022
Dorivor o’simliklar mahsuloti tarkibida arbutinni miqdorini aniqlash usuli.
Fenologlikozidlarga mansub bo’lib,ninasimon,rangsiz kristall,spirtda va qaynab turgan suvda eriydi,efirda erimaydi.Temir xlorid bilan ko’k rang beradi, suyultirilgan sulfat kislotada gidrolizlanib, shakar va gidroxinon hosil qiladi.Arbutin glikozidi asosan ericaceae, Vacciniaceae va pyrolaceae oilalarining vakillari orasida ko’p tarqalgan, shuningdek u Rosaceae (nok bargida) va Saxifragaceae (berganiya bargida 22 foizgacha) oilalarida ham uchraydi.
Arbutin turg’un glikozid bo’lib, 150 gradus haroratda qizdirilgandagina parchalanadi.Shuning uchun mahsulot qaynatilib,undan dori tayyorlanayotganda arbutin parchalanmaydi. Arbutin arbutaza fermenti ta’sirida gidrolizlanib,gidroxinon va glukoza hosil qiladi.
Arbutin birqancha o’simlik mahsulotlari tarkibida uchraydi.
Bularga misol qilib quyidagi o’simliklar mahsulotlarini keltirishimiz mumkin;
TOLOKNYANKA HARGI VA NOVDASIFOLIA ET CORMUS UVAE URSII
BRUSNIKA BARGI VA NOVDASIFOLIA ET CORM US VITIS IDAEAE
TOLOKNYANKA BARGI VA NOVDASI - FOLIA ET CORMUS UVAE URSII
Toloknyanka bargi tarkibida 8 foiz (ba'zan 16-25 foiz)gacha arbutin (asosiy ta'sir etuvchi qismi) hamda oz miqdorda metilarbutin glikozidlari bo'ladi.
BRUSNIKA BARGI VA NOVDASIFOLIA ET CORM US VITIS IDAEAE
Barg tarkibida 6-9 foizgacha arbutin glikozidi, 2-9 foizgacha oshlovchi moddalar, flavonoidlar (giperozid va boshqalar) hamda ursol, vino, gallat, xin, ellag kislotalar bo'ladi.
O'simlik tarkibida arbutin glikozidi borligi quyidagicha
aniqlanadi:
1. Mahsulotdan tayyorlangan qaynatmaga (I : 50) temir
kuporosining (FeSO .. ) kichkina bo'lakchasidan solib chayqatilsa,
qaynatma oldin qizg'ish, keyin binafsha rangga bo'yaladi, oxirida to'q binafsha rangli cho'kma hosil bo'ladi.
2. Chinni idishga 1 rnl qaynatma solib, unga 4 rnl ammiak
eritmasi va 1 rnl natriy fosfor-molibdatning xlorid kislotadagi 10
foizli eritmasidan qo'shiladi. Natijada ko'k rang hosil bo'ladi.
3. Barg to'qimalarida arbutin glikozidi borligini mikrokimyo reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun yupqa qilib kesib olingan preparat suyultirilgan sulfat kislotaga bir necha 114 soniya solib qo'yiladi. So'ngra unga nit rat kislota qo'shilsa, arbutinli hujayralar oldin to'q qizg'ish, so'ngra och sariq rangga bo'yaladi.
Arbutin ninasimon, rangsiz kristall birikma bo'lib, spirtda va qaynab turgan suvda eriydi, efirda erimaydi.
Arbutinning miqdoriy taxlili
0,5 g mahsulot (maydalangan) 100 ml li kolbaga solinib 50 ml suv solib qaynatiladi (30) va 100 ml li o’lchov kolbasiga filtrlanadi (yana 1-2 marta qaytariladi). Kеyin filtratga 3 ml atsеtat qo’rg’oshin qo’shiladi va bеlgisigacha suv qo’shiladi. Cho’kish jarayoni tugaguncha qizdiriladi, filtrlanib 1ml sul'fat kislota solinadi va kolba tortiladi. Sovutgichga ulanib 1,5 soat qaynatiladi, uchib kеtgan suv miqdoricha yana suv quyiladi, fil'trlanadi, 0,1 g rux mеtali qo’shib 5 daqiqa chayqatiladi, natriy gidrokarbonat bilan nеytrallanadi, yana 2 g natriy gidrokarbonat qo’shib, kеyin fil'trlanadi. 50 ml filtratga 200 ml suv qo’shib 0,1 n yod eritmasi bilan ko’k rang hosil bo’lguncha titrlanadi (indikator kraxmal) .
1 ml 0,1 n yod eritmasi 0,01361 g arbutinga to’g’ri kеladi.
Arbutinni foiz miqdori quyidagi formula orqali topiladi;
V – 0,1 n yodning hajmi (litr) ml.
m - mahsulotning og’irligi, g.
w - mahsulotning namligi, %.
Arbutin o'z ichiga olgan o'simliklar va ulardan tayyorlangan preparatlar antiseptik sifatida siydik pufagi kasalliklari uchun tibbiyotda qo'llaniladi .
Kosmetologiyada arbutin terini engillashtirish uchun ishlatiladi, chunki u melanin sintezida ishtirok etadigan tirozinazni blokirovka qilish qobiliyatiga ega . Arbutin bilan bir qatorda kamroq zaharli digidrokersetin ham xuddi shu maqsadda ishlatilishi mumkin.
Aniqlanishicha, arbutinning 64-75% siydik bilan chiqariladi va gidroxinonga aylangan arbutin siydik yo'llarida mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatadi, bu esa o'simlik va an'anaviy tibbiyotda qalin bargli badanning samaradorligini tushuntiradi
Arbutin eng samarali kosmetik ingredientlar orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Ehtimol, siz uni terini parvarish qilish formulalarida ko'rgansiz, lekin siz uning teriga qanday foydasi borligini bilishga harakat qilmagan bo'lsangiz kerak. Arbutinga kelsak bu modda melanin ishlab chiqarishni kamaytiradi va yosh dog'larini yo'q qiladi. Ilgari gidroxinon bu maqsadda ishlatilgan, ammo oltmishinchi yillarda u zaharli deb tan olingan va ko'plab mamlakatlarda taqiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |