56
hokazolarda tuziladi. Bunga bo’lgan ehtiyoj juda ko’p uchraydi. Shuning uchun unga o’xshash
ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri, amalga oshirilgan operasiyalar
bo’yicha schyotlar korrespondensiyasi mazkur operasiyani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma
ish qog’ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida
yoki boshqa usul bilan
ko’rsatilishi hisoblanadi.
Aralash (kombinasiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining, ya’ni farmoyish,
isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo’shib olib boradigan
hujjatlarga aytiladi.
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo’nak (avans) hisobotini keltirish mumkin. U hisobdor shaxs
tomonidan olingan bo’nakdan qilingan xarajatlarni ko’rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro’yxati
ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko’rsatilgan holda hisobdor shaxs tomonidan bo’nak
hisobotining orqa
tomonida keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi,
unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo’lgan hollarda shu betning o’zida buxgalteriya
xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham
ko’rsatiladi.
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.
Dastlabki hujjat deb sodir bo’lib o’tgan operasiyalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi.
Ular mazkur operasiyalar haqiqatda bajarilganligining isboti bo’lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar uchun talabnomalarni keltirish mumkin. Ular
materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi tomonidan unga materiallarni berish
to’g’risidagi farmoyishning bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga,
shuningdek, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, nakladnoylar, til-xat, kvitansiyalar va
boshqalarni kiritish mumkin.
Yig’ma hujjat deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi.
Ularda tegishli
dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan operasiyalar aks ettiriladi. Yig’ma hujjatlarga yuqorida
ko’rib chiqilgan bo’nak hisoboti, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostlari,
kalkulyasiyalar va boshqalar kiradi.
Operasiyalarni qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar bir martalik va ko’p martaliklarga bo’linadi.
Bir martalik hujjatlar bitta yoki bir vaqtning o’zida bir nechta operasiyalarni aks ettiradi. Bu, tuzilib
bo’lgandan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari uchun ishlatilishi mumkin.
Bir martalik
hujjatlariga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, to’lov
talabnomalari, kassa orderlari va hokazolar kiritilishi mumkin.
Ko’p martalik hujjatlar fermer xo’jaliklarida har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada, oyda) amalga
oshirilayotgan bir turdagi operasiyalarni rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Ular fermer
xo’jaliklarida qisqa vaqt ichida ko’plab sodir bo’ladigan operasiyalar bo’yicha yozib boriladigan
hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida tuziladi.Bunga “Ish vaqtini hisobga olish tabeli”, “Yem-xashak
sarflash qaydnomasi” hujjatlarikiradi.
Xo’jalik operasiyalarini hujjatlashtirish
ikki bosqichdan, yani aks ettiriladigan jarayonlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni idrok etish (hisoblab chiqish, o’lchash, chamalab ko’rmoq) va olingan
ma’lumotlarni hujjatlarga yozib qo’yish (uning rekvizitlarini yozib qo’yish)dan iborat. Ma’lumotlarni
idrok etish va ularni hujjatlarga yozib qo’yish dastlabki hisob deb ataladi.U quyidagi uch elementdan
iborat:
1.Buxgalteriya hujjatlari.
2.Hisobdor shaxsning kirim-chiqim daftari.
3. Hisobdor shaxsning hisoboti.
Dastlabki hisob - buxgalteriya ishlarining ko’pchilik qismini hosil qiladi. Shuning uchun uni
soddalashtirish katta ahamiyatga ega bo’lgan juda muhim muammodir. Dastlabki hisobning yuritishga
sarflanadigan vaqtni qisqartirish, hisob va rejalashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha boshqa ishlarga
qilinadigan
sarflarni kamaytirish singari, buxgalteriya xodimlari sonini optimallashtirish va shu bilan
davr xarajatlarini kamaytirishga olibkeladi.
57
Dastlabki hisobni avtomatlashtirish moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilishda bosh muammo
bo’lib hisoblanadi. Bu muammoni yechish hujjatlarni yozib berish bilan shug’ullanadigan xodimlar
sonini qisqartirish, buxgalteriya xodimlarini saqlash xarajatlarini kamaytirish va buxgalteriya
xodimlarini mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi.
Undan tashqari, hujjatlashtirish bilan
shug’ullanadigan xodimlar o’zlariga xos bo’lmagan ishlardan ozod bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: