54
Hujjatlashtirish
hujjatlar
majmuasini anglatadi, ya’ni hujjatlashlashtirish deganda xo’jalik
operasiyalarini hujjatlarida rasmiylashtirish jarayoni tushuniladi.
Hujjatlashtirish vositasida amalga oshirilgan operasiyalarning to’g’riligi nazorat qilinadi,
bajarayotgan ishlarning joriy tahlili olib boriladi yoki u orqali ba’zi xo’jalik yuritish qoidalarini
buzilishi aniqlanadi. Demak, hujjatlashtirish nazorat - analitik funksiyalarni bajaradi.
Mulkni saqlash borasida hujjatlashtirish alohida ahamiyatga egadir. Hujjatlar yordamida moddiy -
javobgar shaxslar harakatining to’g’riligi kuzatiladi (ular tomonidan boyliklarni olish va berish,
xo’jalik operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilinishi tekshiriladi). Hujjatlashtirish
o’g’irlik
qilish hodisalari, turli suiste’molliklarni oldini olish imkonini ham beradi.
Hujjatlashtirishning huquqiy (yuridik) ahamiyati juda kattadir. Hisobda qayd etilgan hodisalarning
to’g’riligini tasdiqlash bilan bir vaqtda, hujjatlar ushbu fermer xo’jaliklari bilan boshqa tashkilotlar va
shaxslar o’rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarda inkor qilib bo’lmaydigan dalolatnoma bo’lib
hisoblanadi.
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo’lishi kerakki, unda amalga oshirilgan operasiyalar
xaqida to’la - to’kis fikrga ega bo’lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash uchun zarur bo’lgan
barcha ma’lumotlar mavjud bo’lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning
rekvizitlari deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnistium) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni
anglatadi.
Lekin xar xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan,
xar qanday operasiyani
buxgalteriya hisobida aks zttirish uchun zarur bo’lgan rekvizitlar mavjud bo’lishi kerak.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 9-moddasiga binoan dastlabki hujjatlarni zaruriy
rekvizitlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
♦ korxonaning nomi;
♦ hujjatning nomi va raqami, uning tuzilish sanasi va joyi;
♦ xo’jalik
operasiyalarining nomi, mazmuni va miqdoriy o’lchovi (natura va pul ko’rinishida);
♦ mas’uliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari.
Ushbu qonunda shu narsa alohida ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan
shaxs ularni o’z vaqtida tuzilganligi, to’g’riligi, ishonchliligi, shuningdek, ularni buxgalteriya hisobida
aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo’yicha javobgardir.
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo’yiladi. Barcha hujjatlar o’z vaqtida,
qoidaga ko’ra, xo’jalik operasiyasi sodir bo’layotgan daqiqada, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli
ma’lumotlar bo’lishi hamda barcha majburiy rekvizitlarga ega bo’lishi kerak.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari borgan sari ko’proq
qo’llanilayotganligi tufayli, hujjatlar, shuningdek, hujjatlashtirish talablariga javob beradigan tartibda
joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi, zaruriy ma’lumotlarning maxsus ajratib ko’rsatilganligi
va hokazo) rekvizitlarga ega bo’lishi kerak. Ayrim rekvizitlarning shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda
tegishli matn mazmuni bilan ko’rsatilishi kerak.
Agar yig’ma hujjat
mashina yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning mazmunini tavsiflovchi
sarlavha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlovchi shaxslarning
imzolari keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlarning vazifasi axborotni mashinali tashuvchi bajarganda, u qo’l
bilan tayyorlanganga o’xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo’lishi kerak. Hisob
axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd etilgan operasiyalar majmuasi
to’g’risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik barcha majburiy rekvizitlarga ega bo’lgan tegishli
hujjatni tuzish bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinalari yoki boshqa mexanizmlar yordamida
yozishga ruxsat etiladi. Ayniqsa, pul hujjatlari - kirim
va chiqim kassa orderlari, cheklari, to’lov
topshiriqlari va boshqa bank hujjatlarini rasmiylashtirishda qat’iy tartib o’rnatilgan. Ularni yozib berish
bank tomonidan o’rnatilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Hujjatlarning tartibli tuzilishi, matn
va raqamlarning aniq va ravshan yozilishi, unda rasmiylashtirilgan operasiyaning mazmuni va hajmini
osonlik bilan tushunib olishni ta’minlaydi. Hujjatdagi imzolar aniq va ravshan bo’lishi kerak.
Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hyech qanday tozalashlar, dog’ va izohlanmagan
to’g’rilashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa orderlarida umuman hyech qanday
55
to’g’rilashlarga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi
va ularning yuqori
sifatli tuzilganligi uchun ularga imzo chekkan xodimlar (sex boshliqlari, omborchilar, kassirlar va
boshqalar) javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo’l qo’ymaslik maqsadida ulardan ba’zilari
o’chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar
va shu kabilar)ga tegishlidir. O’chirish maxsus to’rtburchak muhr (shtamp) bilan yoki «Olindi» yoki
«To’lanadi» degan imzo bilan, sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi. «O’chirildi» degan muhr
bilan barcha bank hujjatlari hamda ish haqini hisoblash yoki boshqa to’lovlar qilishga asos bo’lgan
hujjatlarning amal qilishi to’xtatiladi.
Xo’jalik operasiyalari ustidan kuzatishni amalga oshirishni ta’minlab va ularni, albatta, schyotlarda
aks ettirilishining sharti bo’lib hisoblangan hujjatlashtirish, buxgalteriya
hisobi usulining tarkibiy
elementi bo’lib hisoblanadi.
Boshqaruv hisobi tizimida ishlab chiqarishning normal holatida materiallar, mehnat va hokazolarni
ishlab chiqarishga sarflashning belgilangan me’yorlaridan (standartlardan) chetga og’ishishlarni
rasmiylashtirish uchun mo’ljallangan xabar berish (signal) hujjatlari alohida muhim ahamiyatga egadir.
Hisob axborotining moddiy tashuvchilari qatoriga bosma ish qog’ozlar (blankalar), vinchestr,
fayllar, disketlar, perfokartalar, perfolentalar, magnit lentalar va shu kabilarni kiritish mumkin. Ulardan
fermer xo’jaliklaridagi xo’jalik operasiyalarini olish va ishlash uchun qo’llanilayotgan texnika
vositalariga qarab foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda, ko’pchilik hollarda eng keng tarqalgan moddiy
tashuvchilar hisob bosma ish qog’ozlari (blankalari) hisoblanadi. Hisob bosma ish qog’ozlarida aks
ettiriladigan operasiyalar mazmunining hajmiga qarab har xil bo’ladi.
Hisob bosma ish qog’ozlari qo’l bilan yoki mexanizasiyalashtirilgan yo’l bilan (PEHM yordamida)
to’ldiriladi. Bosma ish qog’ozida hujjatlar kerakli miqdordagi ko’chirmalarni olish maqsadida odatda
bir nechta nusxada tuziladi.Fermer xo’jaliklarining ko’pchiligida operasiyalarni bevosita aks ettirish
hisob bosma ish qog’ozlarini to’ldirish yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: