Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147
Bog'liq
5-сон

Key words:
nature, speech, contemplation, perception, defect, dictionary, correction, 
hearing impaired, sign language teaching, deaf child. 
Bola shaxsining mukammal shakllanishida tabiat, unda bo‘ladigan voqea-hodisalar
tabiat qonunlari muhim rol o‘ynaydi. Bolalar mana shular bilan tanishar ekanlar, ham aqlan, 
ham axloqan, ham jismonan, ham ilmiy dunyoqarashlari mujassamlashib, shakllanib boradi 
va ular tabiatni asrash, ehtiyot qilish va muhofaza qilish ruhida tarbiyalanadilar. 
Tabiatshunoslik fanida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga tabiatshunoslikni o‘rgatib 
borish bilan ularni taʼlimini davom ettirish va amaliy faoliyat uchun kerak bo‘lgan bilim, o‘quv 
va ko‘nikmalar bilan qurollantiradi, ularning dunyoqarashini, irodasi, xarakterini 
shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi, og‘zaki nutqini rivojlantiradi, o‘stiradi, lug‘at 
boyligini oshiradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning uni qurshab turgan olamni 
muntazam o‘rganib borishlariga asoslanib, ularda tabiat to‘g‘risida, o‘z joyi va barcha 
mamlakatning tabiiy boyliklari to‘g‘risida bir butun tasavvurlarni shakllantiradi. 
O‘quvchilarga jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida aniq bilimlar berish; ularning o‘zaro bog‘liqligini 
tushunishga o‘rgatish; tabiatda kuzatishlar o‘tkazish o‘quv va ko‘nikmalari bilan 
qurollantirish; tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyligini asrashga qaratilgan 
insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish; yuqorida sanab o‘tilgan maqsad 
tabiatshunoslikni o‘qitishning taʼlimiy maqsadini tashkil etadi. Kar va zaif eshituvchi 
o‘quvchilarda tafakkuri va nutqidagi rivojlanishning o‘ziga xosligi bilan sog‘lom 
tengqurlaridan farqlanib turadi. Kar va zaif eshituvchi bola atrof-olamni idrok etishda ushbu 
o‘ziga xoslik o‘z taʼsirini ko‘rsatadi. Tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari sog‘lom bolaga 
155


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
nisbatan chegaralangan bo‘ladi. Shuning uchun dastlabki davrda aniq tasavvurlar bilan 
qurollantirishning, boyitishning maxsus metodlari yordamida bilim darajasi yuqoriga 
ko‘tariladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda og‘zaki nutq boshlang‘ich pog‘onadan 
kommunikatsiya vositasi sifatida shakllanadi. O‘quvchilar taʼlimning birinchi kunlarida 
o‘qituvchining og‘zaki nutqini ikki shaklda daktil va og‘zaki shaklda qabul qilishga 
o‘rganadilar. Eshituv apparatini taʼlimda qo‘llash o‘quvchilar o‘qituvchi nutqini eshituv 
ko‘ruv orqali idrok etishga yordam beradi. Muloqotga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan til 
materialining asosiy qismi bilan daktil nutq uchun og‘zaki nutq uchun ham umumiydir. 
Og‘zaki nutqga o‘rgatishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning talaffuz malakalarini 
shakllantirishdan iboratdir. Og‘zaki nutq eshitishida nuqsoni bor bolalar tomonidan 
qiyinchilik bilan egallanadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni og‘zaki nutqini 
shakllantirishda idrok etish jarayoni shakllantiriladi. Jumladan, eshituv idroki, ko‘ruv idroki, 
daktil-sezgi idroki rivojlantiriladi. Og‘zaki nutq eshituv va ko‘rib eshituv idroki yordamida 
idrok etilishi maxsus eshitishida nuqsoni bor bolalar maktablarida keng qo‘llaniladi. Barcha 
nutq materiali o‘qituvchi tomonidan ovoz kuchaytirgich apparat yordamida og‘zaki daktil 
keyin daktilsiz beriladi. 
Eshitishida nuqsoni bor o‘quvchilar maktabda so‘zlashuv nutqiga alohida maxsus 
darslar ajratilmaydi, lekin maktab dasturida “So‘zlovchi nutqini rivojlantirish” o‘quvchilarni 
nutqiy kommunnikatsiyalarning 5 xil ko‘rinishi bo‘yicha o‘qitishni ko‘rib chiqadi: 
1. Murojaatni tushunish va buyruqni bajarish, iltimosni ifodalash. 
2. O‘qituvchi yoki tarbiyachining topshirish bo‘yicha o‘rtog‘iga murojaat qilish. 
3. Savollarga javob berish. 
4. Bajarilgan ish haqida maʼlum qilish. 
5. Dialogda qatnashishi. 
Masalan, 1-sinfda «Аtrof olam bilan tanishtirish» darslarida o‘qituvchi «Gulga suv quy», 
«Qushga don ber» kabi iboralardan foydalangan holda topshiriq beradi, o‘quvchi topshiriqni 
bajara olishi so‘zlashuv muloqotini rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. O‘qituvchi 
so‘zlashuv nutqiga o‘qitishda og‘zaki nutq bilan birgalikda daktil nutqini qo‘llaydi. Daktil nutq 
yordamchi muloqot vositasi sifatida qo‘llaniladi. O‘qituvchi o‘quvchiga «Olimni chelagini 
so‘ra» topshirig‘ini beradi (3 sinf) «Tabiatshunoslik», «Bahor faslidagi insonlar ahamiyati» 
mavzusi, amaliy mashg‘ulot). O‘qituvchi topshiriqni bajarishda diologik nutqdan foydalana 
olishi lozim. (Olim, menga chelak ber tariqasida). O‘qituvchi o‘quvchiga savollar bilan 
murojaat etishi mumkin. «Hozir qanday fasl?», «It qanday hayvon?», «Nima uchun qor 
yog‘di?», «Nima sababdan barglar sarg‘aydi?» kabi. Bajarilgan ish haqida o‘qituvchiga bayon 
eta olishi o‘quvchining og‘zaki so‘zlashuv nutqini qay darajada egallaganliklariga 
bog‘liq.«Bugun sen nima qilding?», «Bugun men darsda piyoz ekdim» (kichik sinf o‘quvchisi 
og‘zaki daktil holda bayon etadi). O‘qituvchi o‘quvchilarni dialogda faol ishtirok etishga 
undaydi, muammoli vaziyat usulini to‘g‘ri qo‘llay oladi. Demak, eshitishda nuqsoni bor 
o‘quvchilarga tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida og‘zaki, so‘zlashuv nutqi shaklantirilib, 
rivojlantirilib boriladi. 
Nutq faoliyatning eng murakkab formalaridan biri – bog‘lanishli nutq, yaʼni o‘qigan 
matn mazmunini og‘zaki yoki yozma holda bayon etish bog‘lanishi nutqning asosiy 
ko‘rinishidir. Insho esa bog‘lanishli nutqning yozma ijodiy shaklidir. Bog‘lanishli nutqning bu 
ikki shakli ham nutq o‘stirish, nutqni adabiy so‘zlar bilan boyitish, hamda bolalarning 
156


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
tafakkurlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘qilgan asos yoki kuzatilgan 
narsa hamda voqea-hodisalar yuzasidan berilgan savollarga, kengaytirib to‘liq javob berishga 
javoblarning mantiqiy tomoniga ahamiyat berib, uni kichik hikoya tarzida ifodalashga
o‘qilgan hikoya, kuzatilgan narsalardagi asosiy tomonlarni ajrata bilish va ularni aniq so‘zlar 
bilan gapirib bera olishiga o‘rgangan bo‘lishlari kerak.
Bu ishlarni amalga oshirish esa quyidagi faktorlarga asoslanadi: 
1. Bog‘langan nutqning tarkibidagi undov va buyruq gaplar sodda, aniq bo‘lib, 
insonning aniq harakat qismini bilan bog‘liqdir. 
2. Bog‘langan nutqqa qo‘llangan undov va buyruq gaplar nutqning impressiv formasini 
shakllantirishda imkon beradi. 
3. Undov gaplarning yana bir ahamiyati, o‘quvchilar ularni tez eslab qoladilar, chunki 
ular tarkibida doimiy aniq grammatik kategoriyalar qo‘llaniladi (ot, feʼl). 
Tabiatshunoslik fanlariga o‘qitishda kar bolalarning lug‘at boyligi oshirib, rivojlantirilib 
boriladi. S.А.Zikov o‘qituvchi istalgan fan bo‘yicha rejalashtira turib, nafaqat darsning 
mazmunini aniqlashtiradi, balki taʼlim jarayonidagi nutqiy materialni o‘quvchilar o‘rtasidagi 
muloqotni ajratib ko‘rsatadi. Masalan “Tabiatshunoslik» fanida 3-sinfda «Hayvonlar» 
mavzusi berilgan. Ushbu mavzu bo‘yicha o‘qituvchi nutqiy materailni quyidagi guruhlar 
bo‘yicha tayyorlab ko‘rsatdi.

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish