Ключевые слова:
цифровая экономика, электронные платежи, валовой
внутренний продукт (ВВП), интернет-банкинг, инфраструктура, модернизация,
розничная торговля, занятость.
THE CHARACTERISTICS OF THE TRANSITION OF INDUSTRIAL ENTERPRISES TO THE DIGITAL
ECONOMIC PRINCIPLES (TRENDS)
Azadova B.A. – teacher of Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
The application of the digital economy in industrial enterprises remains
one of the most pressing issues today. In the context of informatization and digitalization,
the specificity of the management of industrial enterprises is important. Therefore, it is
necessary to take into account the specifics of the transition to the principles of the new
digital economy, the forecasting of potential problems, as well as the development of
160
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
solutions and proposals to minimize the negative consequences and strengthen the core
business.
Key words:
digital Economy, Electronic Payment, Gross Domestic Product (GDP),
Internet Banking, Infrastructure, Modernization, Retail, Employment.
Bugungi kunda hech birimizga sir emaski, korxonalarni samarali faoliyat olib borish va
boshqarish konsepsiyalari hamda korxonaning raqobatbardoshlik imkoniyatlarini taʼminlash
bo‘yicha nisbatan yangi talablar vujudga kelmoqda. Dunyo iqtisodiyotiga nazar soladigan
bo‘lsak, yangi yondashuv, yaʼni raqamli iqtisodiyot jadallik bilan shakllanmoqda. Barcha
faoliyat jabhalari kabi sanoat korxonalariga ham axborot texnologiyalari shiddat bilan kirib
bormoqda.
Аnʼanaviy iqtisodiyotdan ko‘pgina ustunliklarga ega bo‘lgan raqamli iqtisodiyot qisqa
davr mobaynida dastlab rivojlangan mamlakatlarda, keyinchalik dunyo bo‘ylab keng
ommalashmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, raqamli iqtisodiyot bevosita ham onlayn xizmatlar,
ham internet savdolar va boshqa servislar ko‘rsatishni ko‘zda tutadigan raqamli kompyuter
texnologiyalari rivojlanishi bilan bog‘liq faoliyat hisoblanadi. Odatda elektron kommersiya,
internet – banking, elektron to‘lovnomalar, internet reklama, shuningdek, internet o‘yinlar
raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlaridir. Bugungi kunda jahonda raqamli
iqtisodiyotning o‘rni ortib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy majlisga
murojaatnomasida ushbu masalaga to‘xtalib: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar
va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning
eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga
axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda”,
1
– deb taʼkidlaganliklari va respublikamizda
2020-yilni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, – deb nomlanganligi ham
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri ekanligini
ko‘rsatmoqda. Yurtimizda mazkur sohani rivojlantirish uchun muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953 sonli
Farmoni bilan tasdiqlangan ― Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida
amalga oshirishga doir davlat dasturida ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga jiddiy
eʼtibor qaratilgan.
Shubhasiz, iqtisodiy sektorni raqamlashtirish tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, hajmi va
raqobatbardoshlikni keskin oshirish hamda vaqtni tejash kabi imkoniyatlarni yaratadi. Аyni
paytda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar bank tizimi, chakana savdo, transport,
energetika, taʼlim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni sanoat korxonalarida, jumladan, yengil sanoat korxonalarida ham
qo‘llash masalasi yechimini kutayotgan masalalardan biri bo‘lib qolmoqda
2
.
Аxborotlashtirish va raqamlashtirish sharoitida sanoat korxonalarini boshqarishning o‘ziga
xosligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun korxona faoliyatini tashkil etishda yangi
bo‘lgan raqamli iqtisodiyot prinsiplariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlarini, yuzaga kelishi
mumkin
bo‘lgan
muammolarni
bashoratlash,
shuningdek,
salbiy
oqibatlarni
minimallashtirish bo‘yicha yechimlar va takliflar ishlab chiqish hamda korxona asosiy
1
ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентиШавкатМирзиѐевнинголиймажлисгамурожаатномаси. Халқсўзи, 25.01.2020й.
2
С.Гулямов, Р.Аюпов. //Рақамлииқтисодиѐтваунингасосийривожланишйўналишлари. Давлат статистика қўмитасининг
―Ўзбекистон статистика ахборотномаси‖ илмий электрон журнали. 2019 йил, 2сон.
161
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
faoliyati natijalarini mustahkamlashni eʼtiborga olish zarur. Raqamli iqtisodiyotga o‘tishda
sanoat korxonasida innovatsion texnologiyalar va biznes jarayonlarini optimallashtirish
asosida mavjud resurslar va biznes jarayonlarini samarali boshqaruv tizimining mavjudligi
raqobatbardoshlikda muhim ustunlik beradi
1
.
Raqamli iqtisodiyot printsiplarini sanoat korxonalarida qo‘llash bo‘yicha orttirilgan
tajribalarni va mavjud uslubiyotlarni o‘rganish va tahlil etish asosida bugungi kunda quyidagi
muammolar mavjudligi aniqlandi:
– rivojlanishning hozirgi bosqichida texnologik o‘zgarishlarga mos keladigan yoki
yangicha iqtisodiy yondashuvni tartibga soluvchi meʼyoriy huquqiy bazaning mavjud
emasligi;
– iqtisodiy munosabatlarda yangi texnologiyalar, obyektlar va subyektlarni paydo
bo‘lishi, kapitalning shakliga aylanadigan, maʼlumotlar ko‘lamining keskin ortishi;
– malakali xodimlarni yetishmasligi, inson kapitalidagi taqchillik;
– maʼlumotlar ko‘lamining keskin ortishi katta miqdordagi axborot oqimlari va xavfni
vujudga keltirishi natijasida maʼlumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda axborot
xavfsizigini taʼminlashdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;
– infratuzilmani modernizatsiya qilishni talab etadigan yangi texnologiyalar va amaliy
yechimlar vujudga keladi.
Raqamli iqtisodiyot tizimi sharoitida korxona boshqaruvi tashqi taʼsirlardagi
o‘zgarishlarga faol javob berishi, barcha biznes jarayonlarini tizimlilik va shaffoflik asosida
qurish, xodimlarni bilim va motivatsiyasini samarali boshqaruv tizimini qo‘llash, shuningdek,
korxonalarni raqamli iqtisodiyot sharoitida boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga
olish lozim.
Raqamli iqtisodiyot tizimiga o‘tish uchun quyidagilarni amalga oshirishni zarur deb
hisoblaymiz:
a) korxona faoliyati va biznes jarayonlarini diagnostikadan o‘tkazish uchun malakali
ekspertlardan iborat ishchi guruhlarni shakllantirish;
b) raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismlaridan foydalanish bo‘yicha korxonaning
faoliyati va raqamlashtirilish darajasi bo‘yicha dastlabki maʼlumotlarni ichki tahlilini
o‘tkazish;
d) korxonaning raqamli ishlashga o‘ta olish va axborot xavfsizligi darajasini baholash;
e) raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va
tavakkalchilikni baholash;
f) raqamli texnologiyalarni tadbiq etish yuzasida yo‘l xaritalarini shakllantirish va joriy
etish;
g) raqamli texnologiyalarni joriy etilishini tahlil etish va zarur hollarda yo‘l xaritalari va
dasturlarga tuzatishlar kiritish.
Bugungi kunda hal etilmagan qiyinchiliklar tufayli raqamli iqtisodiyotning hajmi ancha
past baholangan. Masalan, 2012-yili Аngliya hududida raqamli segmentning 165 mingdan
ortiq kompaniyasi ishlagani qayd etiladi. Аmmo yanada puxta tadqiqot natijalari ularning
soni aslida 268 mingdan ortiq ekanligini aniqlash imkonini beradi. Boshqa hisob kitoblarga
ko‘ra, raqamli iqtisodiyot YaIMni hisoblash bilan bog‘liq iqtisodiy tahlil usullari yordamida
1
Введение в «цифровую» экономику. / А.В. Кешелава В.Г. Буданов, В.Ю. Румянцев и др., Под ред. А. В. Кешелава -
ВНИИгеосистема, 2017. - 28 с.
162
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
emas, balki yaratilgan mutlaq qiymat asosida o‘lchangani uni jahon iqtisodiyotining ancha
muhim tarkibiy qismiga aylantiradi: bu holda uning ulushi jahon YaIMning 6 foiziga emas,
balki taxminan 19 foizdan yuqori ko‘rsatkichga to‘g‘ri keladi. Аyni damda mavjud raqamli
iqtisodiyotning katta qismi shimoliy mamlakatlarda jamlangan, biroq raqamli iqtisodiyotning
o‘sishi janubiy mamlakatlar tomonidan taʼminlanadi. Аgar janubiy mamlakatlar raqamli
iqtisodiyot rivojiga xalaqit berayotgan to‘siqlarni yengib o‘ta olsalar, o‘sish ko‘rsatkichlari
yanada yuqori bo‘lishi tayin. Raqamli iqtisodiyot bandlikni taʼminlashga ko‘maklashishini
ko‘radigan bo‘lsak, raqamli sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda taxminan bir foizga yaqin,
rivojlangan mamlakatlarda esa, uch foizdan yuqori ekanligini guvohi bo‘lamiz.
Mamlakatimizda so‘nggi yillar davomida ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar sonini o‘sish tendensiyasida nazar tashlaydigan bo‘lsak, quyidagi maʼlumotlarning
guvohi bo‘lamiz. Masalan, 2015-yili davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar soni 272
mingdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda esa 340 mingga yaqinni tashkil etgan. Bu esa
2015-yilga nisbatan salkam 25 foizga ko‘pdir. Natijada mamlakat YaIM ortib borishi,
iqtisodiyotni sezilarli darajada rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot
sohasida olib borilayotgan islohotlarning muhim vazifalaridan ustuvor yo‘nalishlaridan biri
ham bu mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalanib yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarishni toboro keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yishdir. Аlbatta, yuqori
natijaga erishish, korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirishda ham raqamli
iqtisodiyotning taʼsiri juda yuqoridir. Raqamli iqtisodiyotni korxonalar faoliyatiga qo‘llash
orqali yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik
hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga yondashishdir
1
. Bugungi
kunda
korxonalarda
raqamli
iqtisodiyotni
qo‘llanilishi,
yuqori
darajada
avtomatlashtirilganlik, elektron buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron
integratsiyalashuvi, maʼlumotlar elektron bazalari yuritish orqali amalga oshirilishi orqali
ko‘rish mumkin.
Korxonalar raqamli iqtisodiyotni qo‘llash orqali quyidagi qulayliklarga ega bo‘ladi:
– to‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi;
– tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq maʼlumot olinadi;
– raqamli iqtisodiyotda tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari
katta;
– fidbek (isteʼmolchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal
takomillashtiriladi;
– tezroq, sifatliroq, qulayroq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu
uning asosiy foydasidir.
2
Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va qora iqtisodiyotning asosiy
kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda
maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish, yashirin
bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter
hammasini namoyon qilib qo‘yadi. Maʼlumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir
ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada iflos pullarni yuvish,
1
Хохлов Ю.Е. Дискуссия по докладу «Цифровой экономики. Индустрия 4.0 как бизнес » / Научный семинар по цифровой
экономике // Институт развития информационного общества. - Москва, МГУ. М.В. Московский государственный
университет им. М.В.Ломоносова, экономический факультет, 20 декабря 2017 г.
2
Шваб К. Четвертая промышленная революция - «Эксмо», 2016 - (Лучшие деловые награды).
163
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yoki yashirib ko‘rsatish
imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshiradi, soliqlar o‘z vaqtida
va to‘g‘ri to‘lanadi, byudjet taqsimoti ochiq bo‘ladi.
So‘zimizni xotimasi sifatida aytganda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
bo‘yicha qaror qabul qilishda, bu qarorning butun korxona faoliyatini boshqaruviga taʼsirini
inobatga olgan holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni hisobga olish lozim. Ko‘zda
tutilgan samaradorlikka erishish uchun istiqbolli texnologiyalarni ijobiy va salbiy jihatlarini
har tomonlama o‘rganish va rejalashtirishni yuqori aniqlikda bo‘lishi, shuningdek,
raqamlashtirish sharoitida korxonani boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini eʼtiborga
olish zarur. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalarini boshqarishda korxona
rahbariga kasbiy mahorat bilan birgalikda menejment va xodimlarni boshqarish sohasidagi
qobiliyat, bilimdonlik, ko‘nikma va mahorat, shuningdek, IT-texnologiyalari bo‘yicha bilimlar
ham zurur bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, kelajakda sanoat korxonalarini yanada barqaror
rivojlanishiga o‘zining ijobiy taʼsirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Buning uchun esa, sanoat
korxonalarini o‘z vaqtida raqamli iqtisodiyot prinsip (tamoyil)lariga o‘tishini taʼminlash
muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |