Key words:
globalization, terrorism, mass media, personality, education, upbringing,
spirituality, ideological gap.
Yangi mingyillikda jadal sur’atlar bilan ilgarilayotgan ijmoiy-siyosiy taraqqiyot insoniyat
hayotining qator sohalarini, jumladan, diniy sohani ham qamrab olishga ulgurdi. Yangicha
ko‘rinishdagi taraqqiyot sivilizatsiyalar, mintaqalalar, etnik guruhlar, diniy jamolar misolida
bo‘ladimi o‘ziga yarasha raqobat maydoniga aylandi. Ba’zan esa bu kurash “halollik
kodeksi”dan tashqariga ham chiqmoqda. Turli mazmundagi kuchlar, markazlar ba’zan turli
chigalliklarni yuzaga chiqarish orqali o‘zlariga qulay muhit yaratishga intilishmoqda. Bu
yo‘lda esa barcha omillardan birdek foydalanishga urinishmoqda.
Ma’lumki, og‘ir sanoati rivojlangan G‘arb mamlakatlari tobora murakkablashib
borayotgan energiya tanqisligi masalasini ta’minlash ilinjida energetik imkoniyatlari yuqori
mamlakatlarga, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, xususan, Markaziy Osiyoga ko‘z tikmoqdalar.
Negaki Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘rinli ta’kidlaganidek, “Islom olami ulkan iqtisodiy,
investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan to‘g‘ri foydalanish,Islom
hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning xalqaro savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsion
hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo‘llarini tashkil
etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard
natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi”
1
. Afsuski, bunday
katta imkoniyatlarni o‘z ta’sir obyektiga aylantirish maqsadida turli siyosiy kuchlar o‘zlarining
“demokratiya”, inson huquqlari va erkinliklari haqidagi milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan
qarashlarini targ‘ib etmoqdalar. Demokratiya – jamiyatni boshqarishning o‘ziga xos shakli
ekanligi, uning prinsiplari va uslublari, omillari va vositalari esa mahalliy shart-sharoitlarga
mutanosib tarzda o‘zgarib borishi ularni mutlaqo qiziqtirmaydi.
Islomdunyosidag‘arbomili xususida gapirganda shuni aytish joizki, o‘zaro munosabatlar
silliq bir qolipga tushgan emas. Turli davrlarda turli mafaatlar yuzasidan bu munosabatlar
ba’zan do‘stlik, ba’zan aksincha yo‘nalishda rivojlanib keldi va kelmoqda. G‘arb va islom dini
o‘rtasidagi munosabatlar havas bilan qaraydigan holatda emas. G‘arb va islom o‘rtasidagi
munosabatlar qarama-qarshiliklarga, paradokslarga, kolliziyalarga boy. Bugungi Islom
dunyosi G‘arbga nisbatan umuman ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lishmoqda. Bu
ishonchsizlikga nisbatan ularda tegishli jiddiy asoslar, xulosalar mavjud. Ma’lumki G‘arbiy
Osiyo va Shimoliy Afrikaning musulmon davlatlari (asosan, arab davlatlari) yaqin o‘tmishda
1
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –Toshkent: “O‘zbekiston”
NMIU,2017. 37-b.
237
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
G‘arb kapitalistik va imperialistik tizimining mustakamlakasi siyosiy, iqtisodiy azob-uqubatlar
girdobiga tortilgan edi.
Yaqin Sharq uzoq yillar davomida turk sultonining mustamlakasi bo‘lib keldi.
Turkiyaning birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatidan so‘ng Usmoniylar imperiyasi tugatildi,
Yaqin Sharq Britaniya va Fransiya ta’siri ostiga tushib qoldi. Sobiq yagona saltanat o‘rnida
birin-ketin sultonliklar, amirliklar vujudga kela boshladi. Deyarli arab davlatlarining
barchasining boshliqlari Britaniya va Fransiya tomonidan tayinlanar edi. Sen–Remoda bo‘lib
o‘tgan konferensiyada Britaniya va Fransiya yaqin kelajakda Yaqin Sharqda qazib olinadigan
barcha neft konlarini o‘zaro monopoliyalashtirish maqsadida kelishib olishdi. Yaqin Sharqni
o‘ziga to‘liq bo‘ysundirishga intilgan, istilochilikda “bo‘lib tashla, hukmronlik qil” tamoyiliga
amal qilib, Britaniya va Fransiya arab dunyosida hukmdorlari hokimiyatni saqlab turish uchun
G‘arbning madadiga zor bo‘lgan kichkina davlatlarni tuzishga kirishishdi. Bu mamlakatlarning
rivojlanishi, olib borayotgan ichki va tashqi siyosati nazorat ostida bo‘lib, ular bir kun kelib
qudratli davlatga aylanib ketishiga G‘arbning yo‘l qo‘yish niyati yo‘q edi. G‘arb bilan tuzilgan
tabiiy zaxiralarni arzon-garov savdo bitimlari oddiy arab xalqining qashshoqlashuviga,
aslzoda arablarning esa boyishiga olib keldi. Bunday vaziyat mustamlaka ostiga tushib qolgan
mamlakat aholisining katta qismini qoniqtirmas edi. Natijada dastlabki paytlardanoq
mintaqada milliy – ozodlik harakatlari ko‘zga tashlana bordi.
Voqealar rivoji Falastindan boshlandi. Britaniya o‘z mandati ostida bo‘lgan bu
mintaqada yahudiylar mamlakatini tuzishni boshladi. Natijada Falastinda arablarning
qarshilik harakati kuchayib bordi. Mamlakat qo‘zg‘olon yoqasiga kelib qolganligini anglagan
Britaniya yahudiylar immigratsiyasini pasaytirishga majbur bo‘ldi. Inglizlarning bunday
qo‘shformatli siyosatidan o‘z navbatida yahudiylar ham norozi bo‘lishdi. Yahudiylarning
o‘zlari orzu qilgan madadni ola bilmasliklariga ko‘zi yetgach, o‘zlarining harbiy tashkilotlarini
tuzishga kirishishdi. Natijada 1920-yillar boshida harbiylashgan “Xagana”, 1935-yilda
ekstremistik “Irgun svay Leumi” tashkiloti tuzildi
1
.
Misr XIX asrning 80-yillarida Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. Buyuk Britaniya
hukmron doiralari Misrni metropoliya, xomashyo bazasiga aylantirdi. Mamlakatda saqlab
qolingan qirollik hokimiyati amalda Buyuk Britaniya tayanchiga aylantirildi. Birinchi jahon
urushi tugaganidan so‘ng ozodlik kurashining yangi to‘lqini boshlandi. Vatanparvar kuchlar
«Misr vakillari» («Vadf Misri») deb atalgan tashkilot tuzdilar. U Misr mustaqilligi uchun
kurashni boshqaruvchi tashkilot edi. Tashkilotni Saad Zag‘lul boshqardi. Tashkilot Misrga
mustaqillik berishni talab etdi. Bunga javoban inglizlar «Misr vakillari»ning faoliyatini
taqiqladi. S. Zag‘lul Malta oroliga surgun qilindi. Bular Misrda ozodlik qo‘zg‘alonining
boshlanishiga turtki bo‘ldi.
1919-yilning 9-may kuni Qohira aholisining «Misr-misrliklar uchun» shiori ostida
o‘tkazgan namoyishi mustamlakachilar tomonidan o‘qqa tutildi. Bu namoyishning
qo‘zg‘olonga aylanib ketishiga olib keldi. Qo‘zg‘olon katta qiyinchilik bilan bo‘lsa-da,
bostirildi. Aholi noroziligini pasaytirish uchun Saad Zag‘lul mamlakatga qaytarildi. Ayni
paytda u Parij tinchlik konferensiyasiga ham yuborildi. Biroq Zag‘lul Misr mustaqilligining tan
olinishiga erisha olmadi. Aksincha, Misr ustidan Buyuk Britaniya protektorati tan olindi.
Ammo Buyuk Britaniya hukmron doiralari Misrni bundan buyon eski usullar yordamida
itoatda saqlab turish mumkin emasligini yaxshi tushunar edilar. Endi Buyuk Britaniya «yangi»
1
Gʼoyibnazarov Sh. Xalqaro terrorizm: ildizi, omillari va manbalari. T.: “Oʼzbekiston”, 2013.-101-b
238
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
— sinalgan yo‘lni tanladi. Bu yo‘l Misrga davlat mustaqilligi berish, biroq turli kuchli vositalar
yordamida uning amalda Buyuk Britaniyaga qaramligini saqlab qolish yo‘li edi. Shu tariqa
Buyuk Britaniya 1922-yilning 28-fevralida Misrning mustaqilligini tan oldi. Misr mustaqil
suveren davlat deb e’lon qilindi.
Buyuk Britaniya o‘zida Misr hududidagi imperiya yo‘llarini qo‘riqlash, Misrni chet el
agressiyasidan himoya qilish, chet el manfaatlarini himoya qilish huquqlarini saqlab qoldi.
1923-yilda qabul qilingan Konstitutsiya Buyuk Britaniyaning yuqorida sanab o‘tilgan
huquqlarini qonunlashtirib qo‘ydi. Chet elliklarning barcha huquq va imtiyozlari saqlab
qolindi. 1924-yilning yanvarida Saad Zag‘lul boshchiligida hukumat tuzildi.
Albatta, bunday “marhamat”dan norozilar bor edi. Natijada 1928-yilda Ismoiliya
shahrida maktab mudarrisi Hasan al–Banno tomonidan “Ixvon ul-Muslimun” (“Musulmon
birodarlar uyushmasi”) yacheykasi tuzildi. Al-Bannoning fikricha, mamlakat mavqeini tiklash
uchun islomni tiklash va shariat qonunlari bo‘yicha faoliyat yuritadigan hamda Qur’oni karim
va sunna amallariga rioya etilishini ta’minlaydigan musulmon davlati barpo etish zarur
1
.
Hasan al-Bannoni islom ekstremizmi asoschisi deb atash mumkin bo‘lsa-da, uning
qarashlarida ko‘pgina harakatlarning ustavlaridagi qarashlardan jiddiy farq qiladigan muhim
bir tomon bor. U musulmon olamining tanazzulining sababi sifatida G‘arbni emas, dinsizlarni
emas, aybni islom jamiyatining, arablarning o‘zidan izlaydi. Shu sabab musulmonlarni salafiy
islom ruhida tarbiyalashni o‘zining asosiy ishi deb hisoblaydi. Hasan al-Banno “buyuk jihod”
deganda, dinsizlarni qirib tashlashni emas, balki, eng avvalo musulmonlarni gunohga
botiruvchi o‘z ehtiroslariga qarshi kurashini, o‘z-o‘zini ma’naviy kamol toptirishini nazarda
tutgan.
“Ixvon ul-Muslimun” yetakchisi sekin-asta mol-mulk, vatan himoyasi yo‘lidagi
musulmon oldidagi vazifalarga yetib keldi va ingliz, fransuz mustamlakachilariga qarshi
qurolli kurashni mafkuraviy jihatdan asoslashgacha harakat qildi. 1930-yillardan “Ixvon ul-
Muslimun”uyushmasi ushbu faoliyatning, harakatning yetakchisiga aylandi.
Bu paytda har tomonlama vaziyat o‘zgardi. Bir tomondan fan-texnikaning yuksalishi,
transport vositalari, ishlab chiqarishning o‘sishi, xalqaro savdoning yuksalishi, yuk
tashishning oshib borishi, ikkinchi tomondan buyuk davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar yangi
jahon urushining keltirib chiqarishi muqarrardek bo‘lib qolgan edi. Buyuk davlatlar harbiy
sanoatga, og‘ir harbiy texnikaga e’tiborni kuchaytirishdi. Bu esa yoqilg‘i mahsulotlariga
bo‘lgan talabni keskin oshirdi. Demak navbatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning rivojida
“neft omili” muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Negaki shakllangan yangicha sharoitda
urushga hozirlik ko‘rgan dunyoning barcha yetakchi davlatlari fan va texnikaning eng so‘nggi
imkoniyatlaridan keng foydalangan holda tayyorgarlik ko‘rishgan. Kuchlar nisbatida,
tayyorgarlik darajasida ustunlikning kim tomonida ekani hattoki hech kimga ma’lum emas
edi. Bunday sharoitda bir narsa ma’lum edi, u ham bo‘lsa, urush natijasi ko‘proq zaxiralarga
bog‘liq bo‘lib qolgan edi.Shunday ekan, ikkinchi jahon urushi arafasida fashistlar
Germaniyasi Yaqin Sharqda Britaniya va Fransiya pozitsiyalarini zaiflashtirish uchun u yerda
qo‘poruvchilik harakatlarini boshlab yubordi. Bu borada fashistlar o‘zlariga mahalliy guruhlar
ichidan sheriklar izlay boshlashdi. Bu paytda “Ixvon ul-Muslimun” faoliyati sezilarli darajada
ko‘zga tashlanib qolgan edi. Uyushma o‘z ketidan millionlab kishilarni ergashtirgan edi.
1
Gʼoyibnazarov Sh. Xalqaro terrorizm: ildizi, omillari va manbalari. T.: “Oʼzbekiston”, 2013.-102-b
239
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
“Ixvon ul-Muslimun”yetakchilari va ularning tarafdorlari o‘zlari bilmagan holda jahondagi
yetakchi davlatlarning katta siyosiy o‘yiniga aralashib qolishdi. Faqatgina bu katta siyosiy
o‘yindagi maqsadlar turlicha bo‘lib, zaiflashtirilishi zarur bo‘lgan “nishon”gina bitta edi.
“Abver” agentlari “Ixvon ul-Muslimun” uyushmasiga xasislik qilmasdan, uni yetarlicha pul,
qurol-yarog‘, tajribali instruktorlar bilan uzluksiz ta’minlab keldi.
Yuqorida qayd etilgan qator omillar sababli ikkinchi jahon urushidan keyin ham Yaqin
Sharqqa bo‘lgan qiziqish kamaymadi, aksincha, o‘sdi. Ushbu fikrlarning isboti sifatida
mintaqada joylashgan davlatlarning tabiiy-geografik zxhiralari bilan ba’zi bir ko‘rsatkichlarini
keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |