TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
saytlarga joylashtirishmoqda va o‘z navbatida G‘arbning musulmon zamonaviy
sivilizatsiyadan chetga uloqtirishga intilishining o‘zi musulmon radikal guruhlarining terrorga
o‘tishga majbur qilmoqda.
Bipolyar tizim davrida G‘arbning sharqiy kommunizmga qarshi kurashda aynan islom
omilidan unumli foydalandi. Bunga sabab Moskvaning dindan xoli jamiyat barpo etishga
intilishi, ateistik siyosat yurgizishi edi. 1991-yilga kelib sotsialistik tizimning qulashi, bipolyar
tizimning tugashi, mafkuraviy qarama-qarshilikning yemirilishi natijasida vaziyat butkul
o‘zgardi. AQSh G‘arbiy Yevropaning madadi bilan ilk bor musulmon davlatiga – Iroqqa qarshi
urush boshladi. Kechagi ittifoqdosh bo‘lmish jihod “ritsarlari” G‘arbning ashaddiy
dushmaniga aylandi.
Iroq va Shom Islom Davlati – IShID tashkil tilishi G‘arbning musulmon dunyosiga nisbatan
tutgan siyosatining o‘ziga xos aksi deyish mumkin. IShID 2006-yilda Iroq va Suriya
hududlarining bir qismida tashkil etildi. Davlat lideri Abu Bakr al-Bag‘dodiy hisoblanadi.
Shtab-kvartirasi Suriyaning Rakka shahrida joylashgan. Uning tashkil etilishida “Al-Qoida”
bo‘limlari, shuningdek, yana o‘n bitta radikal ruhdagi islomiy guruhlar faol ishtirok etishdi.
Bugungi kunda IShID shariat asosida boshqariladigan, Yevropaga jiddiy xavf solayotgan yarim
real kvazidavlat hisoblanadi. AQShning birinchi raqamli dushmani “Al-Qoida” emas, IShID
bo‘lib qoldi. IShID o‘z faoliyati davomida “Al-Qoida” faoliyatini chuqur tahlil etgan holda
uning xatolarini takrorlamaslikka harakat qilmoqda: tolerantlikni ifoda etuvchi mavhum
ta’limotlarni emas, an’anaviy islomni qo‘llab-quvvatlamoqda; Forsdagi islomiy tashkilotlar
bilan (shialardan tashqari) harbiy ittifoqda bo‘lishga harakat qilmoqda; Suriya muxolifati
bilan kelishuv yo‘lini tutdi va sh.k.
Bosh maqsad sifatida Iroq, Iordaniya, Suriya kabi davlatlar negizida sunniy
musulmonlarning yagona davlati – “xalifalik”ni barpo etib, uni bosqichma-bosqich Yaqin
Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirishni da’vo qiladi. Misrdagi nufuzli
“Dorul ifto”, ya’ni “Fatvo hay’ati” o‘zlarini “Islom davlati” deb atagan Iroq va Suriyadagi
jangarilarni bu nom bilan atamaslikka chaqirdi. Qator taniqli ulamolar bu guruhning qator
qilmishlarini, ular amalga oshirgan xunrezliklarni Islomning barcha tamoyil va qoidalariga zid
ekanini aytib, uning faoliyatini islom dini uchun katta tahdid deb atamoqda. Saudiya
Arabistoni bosh muftiysi Shayx Abdul Oli Shayx: “Iroq va Suriyadagi “islom davlati” nomini
niqob qilgan buzg‘unchilar islom dinining dushmanidir
1
. Chunki ularda ko‘p insonlar jabr
chekishmoqda” deb ta’kidladi.IShIDning ko‘rinmas maqsadlari xususida gap ketganida
quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:islom ma’rifati tarqalishiga to‘sqinlik qilish; butun olamni
Islom dinidan qo‘rqitish va cho‘chitish; islom diniga nisbatan ommaviy nafratni paydo qilish;
yoshlarni jihod shiori ostida juvonmarg qilish; ulamolarni kofirga chiqarish bilan yo‘q qilish;
musulmon o‘lkalarda nizolar chiqarish va shu kabilar.
Shunday ekan, yoshlarimizda intellektual salohiyatni yuksaltirish, ulardagi milliy o‘zlikni
anglashni kuchaytirish, millatparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishda ta’lim
jarayonida, targ‘ibot ishlarida quyidagi masalalariga alohida to‘xtalish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: