110
tayanmagan oyoq vertikal holatgacha ko‘tariladi. Boshqa muvozanatlardagi kabi
tananing tayanmagan a’zolari tayanch oyoqqa nisbatan to‘ldiruvchi xususiyatga
ega.
Gimnastikachining tayanmagan oyog‘i
qancha yuqorida yoki pastda
joylashsa, tanasi ham shunga muvofiq yuqorida yoki pastda joylashadi (tayanch
oyoq vertikal holatda bo‘lganida).
Lekin tana muvozanatiga boshqa to‘ldiruvchi harakatlar hisobiga erishish
mumkin. 31-rasmda to‘p bilan bajarilayotgan mashqdagi orqaga gorizontal
muvozanat ko‘rsatilgan. Bunda ko‘rinib
turibdiki, gimnastikachining tayanch
oyog‘i oldinga ancha egilgan.
30-rasm 31-rasm
Bu esa tana og‘irligini tayanchga nisbatan kerakli tarzda joylashishiga yordam
beradi. 32-rasmda ko‘rsatilgan orqaga vertikal muvozanat holati murakkabligi
bilan o‘ziga hosdir. Gimnastikachi oyoqlarni vertikal holatda tezlashmasdan ushlab
turadi, lekin gavda orqaga egilgan; sportchi boshini ko‘krak
qismida ushlab,
belni bukmagan holatda turadi. Muvozanatning holatiga ham bo‘ksani oldinga
chiqishi va shunga muvofiq tayanch oyoqni oldinga egilishi hisobiga erishish
mumkin. Gimnastikachi bunday mashqlarni ijro yetishda qanday harakatlar
111
qilishini kuzatish qiziq. 33-rasmda orqaga muvozanat
bajarishdagi harakatlar
ketma-ketligi ko‘rsatilgan. Gimnastikachi tashlanish holatidan o‘ng oyoqda itarilib
(1-2-kadrlar) o‘ng oyoqni bukib yopiq holatga o‘tadi. Keyin “ocha turib” qo‘llarni
pastga tushiradi, o‘ng oyoqni yuqoriga ko‘tarib orqaga egilmasdan orqa
vertikal
muvozanatga yaqin holatga o‘tadi (2-4-kadrlar).
Oyoqni eng yuqori
darajasiga ko‘tarib orqaga vertikal muvozanat holatiga o‘tadi (va bo‘ksani
oldinga
chiqarib)
(4-7-kadrlar).
Keyin
gimnastikachi orqaga vertikal muvozanatning
yana bir turini namoyish qiladi – orqaga egilib
qo‘llarini polga tekkazadi (8-kadr). Bu final va
eng ifodali yakunlangan mashq fazasi.
Ta’kidlash kerakki, muvozanatning final qismi
jismoniy jihat-dan ancha qulay: orqaga egilish
hisobiga gimnas-tikachi t.o.m. ancha pastda
joylashadi, turg‘unlik
bur-chagi kattalashadi
va muvozanat buzilishi ehtimoli kamayadi.
Orqaga muvozanatni bajarishda tananing
yirik mushak guruhlaridagi zo‘ri-qish ancha
yuqori bo‘ladi. Bunda tayanmagan oyoq
32-rasm
sonning
bukuvchi mushaklari, orqa mushaklar,
tayanch oyoqning to‘piq bo‘g‘imi mushaklari ancha faol harakatlanadi.
Harakatda muvozanatni bajarish mazkur tur mashqlarida anchagina tarqalgan.
Oldinga va orqaga muvozanat misollarida keltirilganidek,
muvozanat holatini
mustahkamlash badiiy gimnastika uchun unchalik o‘ziga xos emas.
Muvozanat holatida to‘xtashlar juda qisqa, ko‘pincha bir-biri bilan o‘rnini
almashadigan har xil muvozanat turlicha joy bo‘shatib, umuman bo‘lmaydi.
Buning hammasi gimnastikachidan muvozanat holatida tana turg‘unligini epchillik
bilan aniq boshqara olish malakasini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: