113
Muvozanat nafaqat tana holatini o‘zgartirishda, balki butun tananing umumiy
harakatida ham bajariladi.
Bu butun tanani muvozanat holatiga o‘tkazish hamda uning tayanch oyoqdan
o‘tgan o‘qqa nisbatan aylantirish bo‘lishi mumkin.
Birinchi holatga oldinga
muvozanat holatidagi irg‘ishlar misol bo‘la olishi mumkin.
4.6. Burilishlar
Burilishlar deganda, badiiy gimnastikada, asosan
gimnastikachining bir yoki
ikki oyoqda turib tananing vertikal o‘qi bo‘ylab aylanma harakati tushuniladi.
Vertikal o‘q bo‘ylab burilish murakkabligi va qiyinchiligi turlichadir. Bunday
turdagi harakatlar orasida oddiy mashqlar singari (masalan, safdagi burilishlarga
yaqin), juda qiyin mashqlar ham uchraydi. Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda
burilishlarni bajarishdagi eng asosiy vazifa – bu harakatda turg‘unlikni
saqlab
qolish. Bunda mazkur harakatlar o‘zining biomexanik tavsifiga ko‘ra,
muvozanatga o‘xshashdir. Lekin oxirgilaridan farqli o‘laroq burilishlar mustaqil
mashqlar deb qaraluvchi bir qancha xususiyatlarga ega.
4.6.1. Burilishlar tasnifi
38-rasmda burilishlarning murakkablik darajasi va bajarish mexanizmiga
ko‘ra tuzilgan tavsiflash sxemasi keltirilgan.
8-jadval
BURILISHLAR
Oddiy
Oyoqni tekis
силтаб
Aylanma
siltash bilan
Aralash
tayanchd
a va bosh
Oyoqda
Oldinga
Orqag
a
Yong
a
Ikki
oyoqda
Bir
oyoqda
Bir
oyoqda
Ikki
oyoqda
Joyida
Harakatd
a
Joyida
Harakatda
Kichik
Katt
a
Juftlama
Xatlab
Irg’ib
Chalishtirm
a
114
Oddiy burilishlar birorta maxsus harakat texnikasini
egallashni talab
qilmaydi. Ular uchun oddiy malakalar o‘ziga xosdir. Bunga oddiy oyoqlarni
juftlashtirib, oyoqlarni chalishtirilgan holatidan hatlab burilish.
Siltab burilishlar
tuzilishiga ko‘ra o‘ziga hosdir. Ular oyoqlarni “tekis” siltab bajariladi (oldinga,
orqaga yoki yonga) va qoidaga ko‘ra, 180
0
dan ortiq bo‘lmagan burilish bilan
chegaralanali. Quyida bu mashqlar texnikasi to‘g‘risida batafsil yoritilgan.
Aylanma siltash bilan burilishlarni bajarish o‘ziga hosdir. Bunday burilishlar
bir oyoqda yoki ikkala oyoqda tayanib bajariladi. Birinchi bo‘lib siltashda
faqatgina qo‘ldan emas, balki tayanmagan oyoqdan foydalanish o‘ziga hosdir. Bu
burilishlar bukilgan oyoqlar bilan – kichik va muvozanatga o‘xshash
holatda
bajariladigan – katta burilishlarga bo‘linadi. Ikki oyoqda bajariladigan burilishlar
ancha murakkab bo‘lishi mumkin, ayniqsa sakragandagi burilishda.
Do'stlaringiz bilan baham: