129
4.7.2
Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi
Dumalashlar va o‘mbaloq oshishlar. Badiiy gimnastikada
foydalaniladigan
dumalash, o‘mbaloq oshishlarning hos uslublari sport gimnastikasi va
akrobatikadagi mos harakatlardan farq qilmaydi.
1 2 3
4 5 6
7 8
39-rasm
130
Bunday harakatlar ijrosiga qo‘yiladigan umumiy talablar - bu ohistalik va
o‘tishlarning
asta-sekinligi, ya’ni tananing turli bo‘g‘inlarida asta-sekin tayanish
bilan dumalash.
39-rasmda shu sport turiga xos yelka orqali o‘mbaloq oshish ko‘rsatilgan.
Gimnastikachi qiz uni son va ko‘krak orqali, qo‘llarga tayanmay ohista qo‘yib,
dumalash bilan boshlaydi (1-4 kadr).
Bu harakat dumalash jarayonida yuqoriga jadal ko‘tariluvchi holdir va
sonlarning siltanishi bilan qisman faollashadi. Gimnastikachi qiz ko‘krakda tik
turish holatiga o‘tish chog‘ida yuqoriga itarilgandek bo‘lib,
bu bilan tanani
bo‘shatib, yelka bilan polga tayanishni yengillashtiradi. Yelka orqali dumalash
chog‘ida qiz qo‘llari asimmetrik holda ishlaydi. O‘ng yelka orqali
dumalayotganda (4-5 kadr) o‘ng qo‘lini yig‘ib, chap qo‘li
bilan polga
tayanishni davom ettiradi va dumalashning shu qismini bajarishga yordam
beradi. Harakatning 2- qismi yelka orqali oldinga o‘mbaloq oshish orqali o‘tirish
holatiga o‘tish kabi kechadi.
Xuddi shu tarzda orqaga o‘mbaloq oshish ham bajariladi. Bu tug‘risida 39-
rasmdagi kinogrammani teskari yo‘nalishda ko‘rib tasavvur hosil qilish mumkin.
Keltirilgan muhokamadan ko‘rinadiki, dumalashlar o‘mbaloq oshishning tashkiliy
qismi hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan dumalashni bajarish texnikasi o‘mbaloq
oshish harakatlari texnikasiga juda mutanosib.
G’ujanak bo‘lib o‘mbaloq oshishni bajarish an’anaviyroqdir. Oldinga
g‘ujanak bo‘lib o‘mbaloq oshish bunday harakatga misol bo‘ladi.
Bulardan tashqari o‘mbaloq oshish va dumalashning
akrobatik va yarim
akrobatik harakat guruhlari elementlarini o‘zida aks ettiruvchi turlari keng
qo‘llaniladi. 40-rasmda oyoqlar bilan siltanish harakatlarini o‘z ichiga oluvchi
burilish bilan bajariluvchi orqaga bukilib o‘mbaloq oshishning murakkablashgan
varianti tasvirlangan.
131
1 2 3
4 5
6 7
8 9
40-rasm
To‘ntarilishlar. Badiiy gimnastikada qo‘llaniladigan
akrobatik mashqlarning
bu turi akrobatika va sport gimnastikasida qo‘llaniladigan tegishli to‘ntarilish
harakatlarining hosilidir. Bu nuqtai nazardan badiiy gimnastikadagi to‘ntarilishlar
oldinga, orqaga va yonga to‘ntarilishga o‘xshashdir. Biroq, badiiy gimnastika
musobaqalari qoidalarida tananing vertikal holatida to‘ntarilishni bajarish
ta’qiqlangan. Bu bilan ushbu elementlarning texnik hususiyatlari tushuntiriladi.