Akrobatik va yarim akrobatik mashqlar
Reja:
Mashqlar klassiflkatsiyasi
Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi
Akrobatik mashqlar xarakteristikasi
Akrobatika (yun. akrobotes — oyoq uchila yuraman, yuqoriga chiqaman) — 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi; 2) sakrash, sport uskuna-lariga tayanib yoki ularsiz muvozanat-ni saqlab bajariladigan, kuch, epchil-lik namoyish qilinadigan va boshqa maxsus jismoniy mashqlar majmuasi, sport turi. Sport A.si 20-a. 30- yillarida paydo bo‘ldi. Bu sport turida sakrash mashqlari quyidagicha bajariladi: ay-lanishlar, do‘mbaloq oshishlar, salto. Bu harakatlarni bajarganda sportchi avvalo o‘z muvozanatini, so‘ng sherikla-rining muvozanatini saqlashi zarur. A. musobaqalari kuyidagi turlarga bo‘linadi: akrobatik sakrashlar (erkak va ayollar); aralash juftliklar mashqi (erkak va ayol); erkaklar juftlik mash-klari; ayollar guruhli mashqlari; erka-klar guruhli mashqlari (ikki yoki to‘rt kishi); batut (sakragich) ustida (erkaklar va ayollar) mashklari. Xalqaro sport A. si federatsiyasiga (1973 y. asos solin-gan) 29 mamlakat a’zo (1987). 1974 yildan jahon, 1978 yildan Yevropa chempionati o‘tkaziladi. A. sporti O‘zbekistonda 1936 yildan rivojlana boshladi. O‘zRda N. Lakiza, M. Teshaboyev, M. Tojiyev, D. Ko-stin, R. Isyanov, V. Babich, M. Qodirova, Ya. Muhamedov mashhur akrobatchilardir; 3) sirk san’ati janri. Misr, Yunoni-ston, Rim, Vizantiya, Xitoy, Yaponiyada kad.dan ma’lum. O‘rta asrlarda A. Tur-kiston masharabozlik san’atidan o‘rin egallab, dorbozlikda keng qo‘llanilgan. Boshqa mamlakatlarda mim janrida chiquvchilar (Italiyada), jonglyorlar (Fransiyada) faoliyatida namoyon bo‘lgan. 26918-a. oxirlaridan sirkda keng tarqaldi. Asosan, dinamik va statik mashqlarga bo‘linadi. Dinamik mashqlar umbaloq oshish, to‘ntarilish, salto (turgan joy-da muallaq holda umbaloq oshib, yana o‘z vaziyatiga kaytish) harakatlaridan; sta-tik mashklar turli vaziyatda muvozanat saqpash, chalqanchasiga ag‘darilib, gavda-ni "ko‘prikcha" qilish kabi mashqlardan iborat. Kuch A.si (qo‘lda yoki boshda tu-rish, muvozanat saqlash), sakrash A.si (ikki yoki undan ortiq kishining sa-krashi, flik-flyak, saltomortale, g‘ildiraksimon sakrash va boshqalar), yelka A.si (3 kishidan kam bo‘lmagan holda, ulardan biri yelkadan yelkaga sakraydi), komik A. (masharabozlar grimda chiqib tasodifan qoqilib ketgandek bo‘lib, tomoshabin-larni kuldiradi, dor, to‘rnik, batut va manej ustida kulgili mashklar bajara-di) va boshqa A. o‘yinlari bor. Ot ustida A. (chopib ketayotgan ot ustida mashqlar ba-jarish) zamonaviy sirkda asosiy janr-lardan biri. O‘zbekiston sirk va estrada dasturlarida A. dan keng foydalanila-di. Maxsus (sirk, teatr) o‘quv yurtlarida A. alohida daryo sifatida o‘qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |