Mashqlar klassiflkatsiyasi
Rasman bu turdagi harakatlarning 2 asosiy guruhini ajratish mumkin: aynan akrobatik va yarim akrobatik. Akrobatik mashqlar akrobatika va sport gimnastikasiga oid ko'plab nashrlarda batafsil tasvirlangan. Ushbu nashrda biz yarim akrobatik mash-qlarnigina tasvirlash bilan cheklanamiz. Bu mashqlarni 3ta asosiy guruhlarga bo'lish mumkin (6-jadval).
6-jadval
Birinchi guruhga dumalashlar va o'mbaloq oshishlar kiradi. Bu harakatlar turi ayni akrobatik mashqlar bo'yicha ma'lum. Dumalashlar va o'mbaloq oshishlar oldinga, orqaga va yonga bajarilishi mumkin. Xuddi shunday shaklda aylanib tushishlar ham klassifikatsiyalanadi (ikkinchi guruh).
Nihoyat, yarim akrobatik mashqlarning uchinchi guruh sifatida akrobatik burilishlami ajratish mumkin.
Ular yetarli darajada turli-tumandir, biroq oyoqlarda turgan holda bajariladigan turli burilishlardan farqli ravishda maxsus holatlarda bajariladi: yelkada, ko'krakda, tizzalarda, kuraklarda turib vah.k.
Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi
Dumalashlar va o'mbaloq oshishlar. Badiiy gimnastikada foydalaniladigan dumalash, o'mbaloq oshishlarning hos uslublari sport gimnastikasi va akrobatikadagi mos harakatlardan farq qilmaydi.
Bunday harakatlar ijrosiga qo'yiladigan umumiy talablar - bu ohistalik va o'tishlarning asta-sekinligi, ya'ni tananing turli bo'g'inlarida asta-sekin tayanish bilan dumalash.
39-rasmda shu sport turiga xos yelka orqali o'mbaloq oshish ko'rsatilgan. Gimnastikachi qiz uni son va ko'krak orqali, qo'llarga tayanmay ohista qo'yib, dumalash bilan boshlaydi (1-4 kadr).
Bu harakat dumalash jarayonida yuqoriga jadal ko'tariluvchi boldir va sonlarning siltanishi bilan qisman faollashadi. Gimnastikachi qiz ko'krakda tik turish holatiga o'tish chog'ida yuqoriga itarilgandek bo'lib, bu bilan tanani bo'shatib, yelka bilan polga tayanishni yengillashtiradi. Yelka orqali dumalash chog'ida qiz qo'llari asimmetrik holda ishlaydi. O'ng yelka orqali dumala-yotganda (4-5 kadr) o'ng qo'lini yig'ib, chap qo'li bilan polga tayanishni davom ettiradi va dumalashning shu qismini bajarishga yordam beradi. Harakatning 2- qismi yelka orqali oldinga o'mbaloq oshish orqali o'tirish holatiga o'tish kabi kechadi.
Xuddi shu tarzda orqaga o'mbaloq oshish ham bajariladi. Bu to'g'risida 39-rasmdagi kinogrammani teskari yo'nalishda ko'nb tasavvur hosil qilish mumkin.
Keltirilgan muhokamadan ko'rinadiki, dumalashlar o'mbaloq oshishning tashkiliy qismi hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan duma-lashni bajarish texnikasi o'mbaloq oshish harakatlari texmkasiga juda mutanosib.
Do'stlaringiz bilan baham: |