148
Manbaa:
@pharma_baza
Oksitotsin sekretsiyasini pasaytiradi va miyometriyaning qisqarishini toʻgʻridan-toʻgʻri
tormozlaydi; shuning uchun tugʻriq jarayonini boshlanishini kechiktirishi mumkin
(tokolitik ta‘sir).
Testosteron sekretsiyasini pasaytiradi; muntazam foydalanish bilan moyak atrofiyasi,
spermatogenezning pasayishi, feminizatsiya, ginekomastiyaga sabab boʻlishi mumkin.
Qon tomirlarini kengaytiradi (markaziy asab tizimiga ta‘siri va toʻgʻridan-toʻgʻri
vazodilatator ta‘siri).
Ogʻiz orqali qabul qilinganda etil spirti tez soʻriladi (oshqozonda 20%, ichakda 80%).
Alkogol degidrogenaza ta‘sirida jigarda taxminan 90% etil spirtining metabolizmi sodir
boʻladi; taxminan 2% ga mikrosomal jigar fermentlari ta‘sir qiladi. Hosil boʻlgan
atsetaldegid aldegid degidrogenaza
bilan oksidlanadi; 5-10% etil spirt oʻzgarmagan holda
oʻpka, buyraklar orqali, ter, koʻz yoshi, soʻlak bezlari bilan ajralib chiqadi.
Tibbiy amaliyotda etil spirtining narkotik ta‘sirining I bosqichi - ogʻriqsizlantirish
bosqichidan foydalanish mumkin. Xususan, etil spirti travma, jarohatlar paytida ogʻriq
shokini oldini olish uchun ishlatiladi (5% etil spirtini vena ichiga yuborish mumkin).
Mahalliy ravishda qoʻllanilganda etil spirtining ta‘sirlantiruvchi xususiyati yuzaga keladi.
40% konsentratsiyasida (bolalar uchun 20%) etil spirti ichki organlar, mushaklar,
boʻgʻimlarning yalligʻlanish kasalliklari uchun kompresslar uchun ishlatiladi. Spirtli
kompresslar ta‘sirlangan organlar va toʻqimalar bilan oʻzaro innervatsiyaga ega boʻlgan
sogʻlom teriga qoʻyiladii. Boshqa ta‘sirlantiruvchi xususiyatli moddalar kabi (masalan,
xantal), bunday kompresslar ogʻriqni kamaytiradi va ta‘sirlangan organlar va toʻqimalarning
trofikasini yaxshilaydi.
95% konsentratsiyasida etil spirti burishtiruvchi ta‘sirga ega,
bu uning oqsillarni
denaturatsiya qilish qobiliyati bilan bogʻliq.
Oʻpka shishida etil spirtini bugʻlaridan koʻpikni yuqotish uchun qoʻllaniladi. Bemor etil
spirti orqali oʻtadigan havodan nafas oladi. Etil spirtining bugʻlari ekssudatning sirt
tarangligini pasaytiradi va koʻpik paydo boʻlishining oldini oladi.
Ayniqsa koʻpincha amaliy tibbiyotda etil spirti antiseptik (antimikrobi) vosita sifatida
ishlatiladi. Etil spirtining mikroblarga qarshi ta‘siri uning mikroorganizmlar oqsillarini
denaturatsiyasini
(koagulyatsiyasini)
keltirib
chiqarish
qobiliyatiga
bogʻliq
va
kontsentratsiyasi ortishi bilan ortadi. Shunday qilib, 95%li etil spirti eng yuqori mikroblarga
qarshi samaradorlikka ega. Ushbu konsentratsiyasida preparat jarrohlik asboblariga ishlov
berishda ishlatiladi. Jarrohning qoʻllarini va operatsiya
maydoniga ishlov berishda
koʻpincha 70% etil spirti ishlatiladi. Etil spirtining yuqori konsentratsiyasida oqsil
moddalarini intensiv ravishda ivitadi va terining chuqur qatlamlariga yaхshi kirib
borolmaydi.
Etil spirti metil spirtidan zaharlanishda ishlatiladi. Metil spirt (metanol), etil spirti
singari,alkagol degidrogenaza ta‘siriga uchraydi. Formaldegid hosil boʻladi (asetaldegidga
qaraganda toksikroq),va u boshqa toksik mahsulot - chumoli kislotasiga aylanadi. Chumoli
kislota toʻplanishi (trikarbon kislota siklida ishlatilmaydi) atsidoz rivojlanishiga olib keladi.
Metil spirtini ichga qoʻllanilganda, mast qiluvchi ta‘siri etil spirti ichgandan kamroq seziladi.
Toksik ta‘sir 8-10 soat ichida asta-sekin rivojlanib boradi. Koʻrish qobiliyatining qaytmas
buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Ogʻir holatlarda tutqanoqlar, koma va nafas olishga salbiy
ta‘siri rivojlanadi.
Alkagol degidrogenazasi metil spirtiga qaraganda etil spirtiga katta affinitetlikga ega .Metil
spirtidan zaharlanganda 200-400 ml 20% etil spirti ichga buyuriladi yoki 5% etil spirti 5%
149
Manbaa:
@pharma_baza
glyukoza eritmasida vena ichiga yuboriladi. Metil spirtining metabolizmi sekinlashadi, bu
toksik ta‘sirni rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Alkogoll ichimliklari tarkibida boʻlgan etil spirtini muntazam
istemol qilish bilan
qoʻzgʻalish (intoksikatsiya) bosqichi tez rivojlanib boradi, bu oʻz harakatlariga tanqidiy
munosabat, fikrlash va xotiraning buzilishi bilan tavsiflanadi.
Etil spirti issiqlik regulyatsiyasiga sezilarli ta‘sir koʻrsatadi. Mastlik paytida terining qon
tomirlari kengayishi tufayli issiqlik tarqalishi kuchayadi (sub'ektiv ravishda, bu issiqlik hissi
sifatida qabul qilinadi) va tana harorati pasayadi. Past haroratli sharoitda mast boʻlgan
shaxslar tetik turgan shaхslarga nisbatan tezroq muzlaydilar.
Etil spirtining dozasi oshishi bilan qoʻzgʻalish bosqichi ,markaziy asab tizimiga salbiy ta‘sir ,
harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, chalkashlik, soʻngra ongni yoʻqotish bilan
almashtiriladi. Nafas olish va vazomotor markazlarga salbiy ta‘sir , nafas olishning
zaiflashishi va qon bosimining pasayishi belgilari yuzaga keladi. Kuchli etil spirtl bilan
zaharlanish, hayotiy markazlarning falaji tufayli oʻlimga olib kelishi mumkin.
Etil spirti (alkogol) bilan oʻtkir zaharlanish markaziy asab tizimining chuqur zararlanishi
belgilari bilan tavsiflanadi. Jiddiy alkogol zaharlanishida ongni toʻliq yoʻqotish va
sezgirlikning har xil turlari, mushaklarning boʻshashishi va reflekslarni bostirish sodir
boʻladi. Hayotiy funktsiyalarni zaralanishi alomatlari mavjud - nafas olish va yurak faoliyati,
qon bosimining pasayishi.
Spirtli ichimliklar bilan zaharlanishda
birinchi yordamda, birinchi navbatda, spirtni
soʻrilishini oldini olish uchun zond orqali oshqozonni yuvish qoʻllaniladi. Spirtli
ichimliklarni inaktivatsiyasini tezlashtirish uchun tomir ichiga 20% glyukoza eritmasi
yuboriladi va metabolik atsidozni tuzatish uchun 4% natriy gidrokarbonat eritmasi
ishlatiladi. Chuqur komada etil spirtini tanadan chiqarilishini tezlashtirish
uchun majburiy
diurez usuli boʻlgan gemodializ qoʻllaniladi.
Alkogolli ichimliklarni muntazam ravishda iste'mol qilish alkogol bilan surunkali
zaharlanishi (alkogolizm) rivojlanadi. Markaziy asab tizimining, qon aylanish tizimining
funksiyalarida, nafas olishda va ovqat hazm qilishda turli xil buzilishlari bilan namoyon
qiladi. Shunday qilib, alkogolizmda: xotira,
intellekt, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini
pasayishi, va kayfiyatning beqarorligi yuzaga keladi. Alkogolizm asosida koʻpincha ruhiy
kasalliklar (alkogolli psixozlar) paydo boʻladi. Homiladorlik paytida spirtli ichimliklarni
iste'mol qilish ―xomilalik alkogol sindromi‖ rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu tashqi
koʻrinish (peshonaning
pastligi, keng koʻzlar, bosh suyagi aylanasini kichiklashishi) bilan
tavsiflanadi, keyinchalik bu bolalar aqliy va jismoniy rivojlanishda sustkashlik, asotsial xatti-
harakatlar.
Spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste'mol qilishini keskin toʻxtatilganda, taxminan 8
soatdan soʻng, abstinetsiya simptomi rivojlanadi - tremor, koʻngil aynish, terlash va
keyinchalik klonik tirishish va gallyutsinatsiyalar boʻlishi mumkin. Ogʻir holatlarda delirium
tremens (―belaya goryachka-oq istmalash‖) atamasi bilan belgilanadigan holat rivojlanadi:
chalkashlik, qoʻzgʻalish, tajovuzkorlik, ogʻir gallyutsinatsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: