108
Harorat o‘zgarishi bilan moddalarni ekstraksiyalanishi ortishi yoki
kamayishi mumkin. Bu moddani harorat ta’sirida
taqsimlanish
koeffitsiyentining o‘zgarishiga bog‘liq. Harorat o‘zgarishi bilan tegishli
fazalarda moddalarni dissotsiatsiya va assotsiatsiya holati o‘zgaradi.
Demak, gidrotatsiya va solvatatsiya o‘zgarishiga
monand holda kimyoviy
moddalarni ekstraksiyalanishi ham o‘zgaradi.
Haroratning o‘zgarishi ekstraksiyalanuvchi moddani taqsimlanish
koeffitsiyentiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki haroratning o‘zgarishi
har bir
fazadagi moddalarning eruvchanligi hamda organik erituvchi bilan suv
fazasining o‘zaro eruvchanligini o‘zgartiradi. Harorat o‘zgarishi
bilan
moddalarning organik erituvchi va suvdagi eruvchanligi turlicha o‘zgaradi.
Natijada moddalar taqsimlanish koeffitsiyentining o‘zgarishiga olib keladi.
Harorat o‘zgarishi bilan moddalarni mos fazalardagi dissotsiatsiya va
assotsiatsiya jarayonida ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Ekstraksiya
uchun
qo‘llaniladigan
organik
erituvchilarga
nisbatan
qo‘yiladigan
talablar.
Moddalarni
ekstraksiyalashda
qo‘llaniladigan organik erituvchilar tabiati ham katta ahamiyatga ega va
ularga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Organik erituvchi suv fazasidagi ajratilishi zarur bo‘lgan moddani
yaxshi eritishi zarur.
2. Imkoni boricha u bir moddani yoki turdosh moddalar guruhini
eritishi kerak. Qo‘llanilayotgan organik erituvchi moddalarni tanlab eritishi
talab qilinadi.
3. Organik erituvchi suvda kam erishi, shuningdek, suv ham
organik
erituvchida kam erishi zarur. Xatoliklarni kamaytirish maqsadida
qo‘llaniladigan organik erituvchi suv bilan, suv esa organik erituvchi bilan
to‘yintiriladi.
4. Organik erituvchini qaynash harorati 50°
С
yuqori bo‘lishi
maqsadga muvofiq. Past haroratda qaynovchi
organik erituvchilar tez
bug‘lanishi sababli ekstraksiya davomida ular qisman yo‘qotiladi va sarfi
ortishi mumkin.
5. Organik erituvchi va suvning zichligi yaxshi farqlanishi va ular
aralashganda fazalarga tez ajralishi zarur.
6. Organik erituvchining zaharli ta’siri kam bo‘lishi
va yonishdan
xavfsiz bo‘lishi zarur.
Elektroforez
Elektroforez
birinchi
bo‘lib
F.F.Reyssom
tomonidan
kashf
qilingan.Elektroforez asbobi suvdagi gil va loy zarrachalarini, organik
molekulalarni elektr toki yordamida harakat yo‘nalishini musbat va manfiy
tomonga ajratadi.Elektroforez bu oqsilli moddalarni tozalash hamda
109
taqsimlash usuli hisoblanadi. Gel elektroforez usuli 2 xil ko‘rinishda olib
boriladi:
1.Vertikal.
2.Gorizontal.
Vertikal-elektroforezda,
asosan,
poliakrilomit
gel
tizimidan
foydalanib, gorizontal gel elektroforezda esa
agoroza gelining bir necha
turidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: