Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг


IX BOB. AJRATISH VA QURITISH ASOSIDAGI USULLAR



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

IX BOB. AJRATISH VA QURITISH ASOSIDAGI USULLAR 
Ekstraksiya 
Tayanch iboralar 
Ekstragent, gidratlangan, molekularga, barbituratlar, alkaloidlar,
 
amfoterbirikmalar, xromotografiya 
Turli obyektlardan moddalarni mos erituvchi yordamida ajratib olishni 
ekstraksiya, qo‘llaniladigan erituvchi esa ekstragent deb ataladi. 
Ekstraksiyalanuvchi modda saqlovchi obyekt qattiq modda yoki 
suyuqlikdan iborat bo‘lishi mumkin. Qattiq moddalarni suv bilan eritish 
ishqorlanish
deb ataladi. Biologik obyektlardan aniqlanishi zarur bo‘lgan 
moddalarni Ekstraksiyalash ko‘p bosqichli jarayondir. Ekstraksiyalash - 
ekstragentni aniqlanuvchi moddani saqlovchi obyekt va biologik to‘qima 
hujayralariga kirishi, moddani eritishi yoki hujayra bo‘shlig‘idagi moddani 
ekstragentga erib o‘tishi kabi ko‘p bosqichlardan iborat. Moddalarni ajratib 
olish xarakteriga qarab qattiq modda-suyuqlik va suyuqlik-suyuqlik 
ekstraksiyasiga bo‘linadi.
Qattiq moddani ekstragentga erib o‘tishi biologik material holati
g‘ovakligi, ekstragentni hujayralarga kira olishi, ob’yktning maydalik 
darajasi, ekstragent va ob’yktlarni aralashtirish tezligi, ekstragent bilan 
bo‘ktirish soni kabi omillarga bog‘liq.
Suyuqlik–suyuqlik ekstraksiyasi moddalarni ikkita o‘zaro bir-biri 
bilan aralashmaydigan suyuq fazalarda taqsimlanishidan iborat, ulardan 
bittasi ko‘p holatlarda suv va ikkinchisi, suv bilan aralashmaydigan 
organik erituvchi bo‘ladi. 
 
1-rasm. Moddalarni ekstraksiya 
qilish 
asbobi 
Moddalarni organik erituvchi qavatidan suvga erib o‘tishi 
reekstraksiya (qayta ekstraksiyalash) deb ataladi. 
Ekstraksiyalash usulining qulayligi tufayli toksikologik kimyo, kimyo 
texnologiyalari, farmatsiya va biologik kimyo kabi fan sohalarida keng 


105 
qo‘llaniladi. Ekstraksiya yordamida ajratib olinadigan moddalar kimyoviy 
o‘zgarishlarga uchramaydi va qo‘shimcha moddalar hosil bo‘lmaydi. Usul 
termolyabil moddalarni ajratishda qulay hisoblanadi. Ekstraksiya 
yordamida o‘ta suyuq eritmalardan moddalarni ajratib olish va organik 
erituvchini parlatish hisobiga miqdorini oshirish mumkin.
Ekstragentni tarkibi va xususiyatiga qarab ekstraksiyalanish ikki 
guruhga bo‘linadi. 
Birinchi guruhga modda komponentlarini fizikaviy taqsimlanishini 
ta’minlovchi ekstragentlar kiradi. Bunda kimyoviy reaksiyalar sodir 
bo‘lmasdan moddalar ajratib olinadi. Moddalarni turlicha eruvchanligi va 
shunga bog‘liq holda turlicha ekstraksiyalanishi dipollilik va dielektrik 
xossalari kabi fizik xususiyatlari bilan tushuntiriladi.
Eritmalar nazariyasiga binoan, suv yoki organik erituvchida 
moddaning erish davrida modda molekulalari va erituvchi molekulalari 
orasida kuchsiz birikish sodir bo‘ladi. Erituvchi suv bo‘lsa eritmada 
gidratlar hosil bo‘ladi, erituvchi organik modda bo‘lsa, u holda eritmada 
solvatlar hosil bo‘ladi. Gidratlangan va solvatlangan molekulalar kuchsiz 
bo‘ladi. Erkin molekulalar organik erituvchi molekulasi bilan solvatlanadi 
va oson organik erituvchi qatlamiga o‘tadi. 
Gidratlangan molekulalarga nisbatan solvatlangan molekulalar 
mustahkam bo‘lsa, modda yaxshi ekstraksiyalanadi.Suvda eriganda ionli 
zaryadlar hosil qiluvchi moddalarda ionlarni suv molekulalari bilan dipol 
bog‘lar hosil qilishi hisobiga murakkab gidratlar hosil bo‘ladi va organik 
erituvchi bilan ekstraksiyalanmaydi. Bunday moddalarni ekstraksiyalanish 
darajasiga 
pH 
muhiti 
ta’sir 
etadi. 
pH 
muhit 
o‘zgarib, 
dissotsiatsiyalanmagan erkin molekulalar soni ortishi hisobiga kuchsiz 
elektrolitlarni Ekstraksiyalanish darajasi ortadi yoki aksincha. 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish