Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yonalishi 109-20- guruh talabasi Abduxoliqova Feruzaning



Download 0,95 Mb.
Sana03.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#316000
Bog'liq
Abduxoliqova Feruza

Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yonalishi 109-20- guruh talabasi Abduxoliqova Feruzaning Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan taqdimoti

Mavzu:qog`oz xromotagrafiya usuli bilan aminokislotalarni ajratish

Kerakliasbob va reaktivlar:eni 1,5 sm, uzunligi 12—15 sm bo’lgan filtr kog’oz, ip, qora grafit qalam, kapillyar yoki mikropipetka, diametri 2—2,65 sm, uzunligi 18—20 sm li probirka, pipetkalar, termostat, quritkich shkaf, pulverizator, diametri 12 sm li filtr qog’oz. Ulchov probirkasi, filtr qog’oz, qaychi, pinsqyet, lineyka, Petri kosachasi, glyutamin kislota, alanin, leysin, to’yingan fenol yoki butanol eritmasi, o’simlik yoki hayvon to’qimasidav ajratib olingan ekstrakt.

Hozirgi vaqtda oqsillar, aminokislotalar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar va boshqa metabolitlarni (moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlarini) bir-biridan ajratish uchun xromatografik usuldan foydalaniladi. Moddalarni ajratish mexanizmiga qarab xromatografiyaning bir necha turlari bor chunonchi adsorbsion, tarqatuvchi, diffuzion xromatografiya, ion almashinuv xromatografiyasi, gaz xromatografiyasi, affin xromatografiyasi va boshqalar. Hozirgi zamon xromatografik usullari oz mikdordagi murakkab aralashmalardan alohida komponentlarni juda tez ajratib olishga imkon beradi.


Aminokislotalarni ajratish uchun eng qulayi va nisbatan anigi qog’ozda taqsimlovchi va yupqa qavatli xromatografiya hisoblanadi. Buning uchun yaxshi sifatli oddiy filtr qog’ozidan foydalanish mumkin. Bu usul turli xildagi aminokislotalarning qisman aralashadigan ikki xil suyuqliklarda, masalan, biri suvda, ikkanchisi suv bilan to’yintirilgan organik erituvchi (fenol, butun spirtning sirka kislota bilan aralashmasi va boshqalar)da har xil eruvchanligiga asoslangan. Suv fazasi harakatsiz bo’lib, u inert material sellyulozaga xromatografiya kamerasidagi nam bilan, to’yingan atmosferadagi suv bo’g’lari ko’rinishida shimilgan bo’lib, qog’oz tashqi kurinishidan quruq bo’ladi. Organik erituvchi esa harakatdagi faza hisoblanadi. Aminokislotaning eruvchanligi suvda qancha yuqori bo’lsa, organik erituvchida shuncha kam yoki aksincha bo’lishi mumkin.

Bu usulning mohiyati shundaki, xromatografik qog’ozning bir nukdasiga yoki bitta chiziq bo’ylab tekshirilayotgan aminokislotalar aralashmasi yoki oqsil gidrolizati tomizilib quritiladi, so’ng qog’ozning shu chekkasi erituvchilar aralashmasiga tushiriladi. Erituvchi kapillyar kuchlar yordamida qog’oz bo’ylab harakatlanadi va o’z yo’lida uchragan moddalarni, xususan aminokislotalarni eritib harakatlanadi. Aminokislotalarning qog’oz bo’ylab harakati eruvchanligi ularning ximiyaviy tuzilishi va xossalariga bog’liq. Erituvchi qog’ozning ikkinchi chekkasiga yaqinlashganda prosess tuxtatiladi, xromatografik qog’oz erituvchi to’la bug’lanib ketguncha quritiladi. Shundan keyin xromatogrammaga aminokislota bilan rang beruvchi reagent ningidrin eritmasi po’rkaladi. Natijada qog’ozning har xil zonalarida rangli dog’ aminokislota dog’lari paydo bo’ladi, bu esa aminokislotalarning bir biridan ajralganidan darak beradi.

Alohida aminokislotalarning siljish tezligi taqsimlanish koeffiqiyenti (Rf) bilan ifodalanishi mumkin. Taqsimlanish koeffisiyenti deb aminokislota tomizilgan joydan (start) aminokislota dog’ining markazigacha bo’lgan masofa (millimetrlarda) (a) ning start nuqtadan erituvchi frontigacha bo’lgan masofaga(b)nisbatiga aytiladi: Taqsimlash koeffensenti har bir aminokislota uchun o’ziga xos kattalik bo’lib, bir xil tajriba sharoitida (erituvchi, tempratura, qog’oz sorti va boshqalar) o’zgarmasdiri.

  • Alohida aminokislotalarning siljish tezligi taqsimlanish koeffiqiyenti (Rf) bilan ifodalanishi mumkin. Taqsimlanish koeffisiyenti deb aminokislota tomizilgan joydan (start) aminokislota dog’ining markazigacha bo’lgan masofa (millimetrlarda) (a) ning start nuqtadan erituvchi frontigacha bo’lgan masofaga(b)nisbatiga aytiladi: Taqsimlash koeffensenti har bir aminokislota uchun o’ziga xos kattalik bo’lib, bir xil tajriba sharoitida (erituvchi, tempratura, qog’oz sorti va boshqalar) o’zgarmasdiri.

Xromotogrammada aminokislotalarning taqsimlanish joyini aniqlash uchun «guvoh» moddalardan foydalanish qulaydir, yani shu xromotogrammaning o’ziga aniq, toza individual aminokislotalar –«guvoh» moddalar tomizib ko’riladi.

  • Xromotogrammada aminokislotalarning taqsimlanish joyini aniqlash uchun «guvoh» moddalardan foydalanish qulaydir, yani shu xromotogrammaning o’ziga aniq, toza individual aminokislotalar –«guvoh» moddalar tomizib ko’riladi.
  • Xromotografiya jips yopiladigan kameralarda olib borilish kerak, chunki bu erituvchini bo’g’lanib ketishidan saqlaydi, kameraning erituvchi bo’g’lari bilan to’yinishini ta’minlaydi. Bu maqsadlarda maxsus xromotografik kameralar yoki oddiy proberka, Petriy kosachasidan foydalanish mumkin.
  • Biz quyida xromotografiyaning 2 ta oddiy usuliga: a) yuqoriga ko’tariluvchi xromotografiya, b) radial xromotografiyaga tuxtalib o’tamiz.

Etiboringiz uchun raxmat


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish