Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг


Kimyoviy analizda qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan masofadan



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

Kimyoviy analizda qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan masofadan 
turib boshqariladigan usullar
Tuproqlarning kimyoviy holatini aniqlash uchun oxirgi yillarda 
tahlillarning klassik usullari bilan birga, instrumental tahlillar ham olib 
borilmoqda. Tuproq qoplami yoki gidrosfera holatini o‘rganish aviatsiya, 
sun’niy yo‘ldosh va yer sathiga yaqin bo‘lgan kosmik stansiyalar orqali 
amalga oshirilmoqda. Bizni o‘rab turgan olamdagi biron-bir obyektni fizik 
va fizik-kimyoviy o‘rganish uchun samarali usulni tanlash bir qancha 
bosqichni o‘z ichiga oladi. 


66 
Analitik kimyo va kimyoviy tahlillarning roli beqiyos oshganligiga 
shubha yo‘q. Katta tezlik, temperatura va bosim, radiatsiya darajasi yuqori 
bo‘lgan jarayonlarni, hattoki Yer orbitasidan ham tashqaridagi hodisalarni 
o‘rganishda masofaviy va avtomatik usullardan foydalanilmoqda. Masalan, 
Oy sathi gruntini bevosita lunoxod orqali, Venerani o‘rab turgan atmosfera 
tarkibini o‘rganish uchun rentgenofluoressent usulini qo‘llash, yerda esa 
yuqori radioaktivlikka ega bo‘lgan obyektlar, okean va dengizlarning eng 
chuqur qatlamlarini tadqiq qilish va boshqa shunga o‘xshash analitik 
vazifalarni hal qilish distansion boshqarish orqali amalga oshirilmoqda. 
Aerokosmik syomkalar tuproqlarning holatini, sho‘rlanish va grunt 
suvlarining joylashish xususiyatini ko‘rsatib, tuproq kartogrammalari 
tuzilmoqda. 
Tahlillarning aniqligi va sezgirligiga nisbatan talab oshib bormoqda.
Kompyuter texnologiyalarini kimyoviy tahlillarga tatbiq etish 
ko‘pgina jarayonlarni distansion boshqarish imkoniyatini beradi. Bunda hal 
qiluvchi rolni programma injeneri o‘ynaydi, jarayonlarni boshqarish, 
olingan ma’lumotlarni analiz qilish, uskunlar nazorati, ba’zida esa tez va 
to‘g‘ri qarorlar chiqarish lozim bo‘ladi. Tuproqshunoslikda bunday 
distansion usullardan foydalanish tobora rivojlanib bormoqda.
Zamonaviy kimyoviy analizlar uchun xos bo‘lgan sezgirlik va aniqlik 
kriteriyalari bilan birga, ekspresslik, ommaviylik va avtomatlashtirish kabi 
talablar qo‘yilmoqda. Masofadan turib olib boriladigan tahlillarni hal 
qilishda yadroviy-fizik, mass - spektrometrik analizlar yordam beradi. 
Kimyoviy analizlarning avtomatlashtirilgan usullari tahlillarga fizik 
yondashish imkoniyati bo‘lmagan hollarda qo‘llanilmoqda (spektroskopiya 
va xromatografiya). Ularga asosan namunalarni ko‘p miqdorda analiz 
qilinishi kerak bo‘lganda yondashilgan. Masalan, suyuqliklarni kimyoviy 
analiz qilishning avtomatlashtirlgan usullari ishlab chiqarish samardorligi 
va texnologik jarayonlarni iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Shu o‘rinda 
Yaponiyada qo‘llanilayotgan qon tahlilining avtomatik tizimini misol qilib 
keltirish mumkin. Bu tizim orqali qon reaksiyasining 20 ta reagentga 
bo‘lgan holati ko‘riladi. Bemorning holati to‘g‘risdagi va qon tarkibidagi 
ma’lumotlar EHM xotirasiga joylanadi. Qon tahlillari natijalariga ko‘ra 
bemorga tashxis qo‘yib beriladi. Yana masofadan turib boshqarish usuli 
analitikning ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin. Zamonaviy asboblarning 
hammasi hozir kompyuterlarga ulangan. Tuproqlarni oddiy potensiometrik 
aniqlash natijalarini ham bemalol kompyuter ko‘rsatkichlari orqali olish 
mumin. 
Lekin, tahlilchi - murakkab tuzilmali kimyoviy – analitik asbobga 
o‘xshab qolmasligi kerak. Zamonaviy asbob-anjomlar o‘z salobati va 


67 
ko‘rinishga ega bo‘lib, juda ko‘p energiya sarf qilsa-da, ularga xodimlar 
tomonidan yuqori xizmat ko‘rsatish talab qilinadi. Lekin tuproqlarni 
kimyoviy analiz qilishda klassik usullardan foydalanishda ko‘proq vaqt 
ketsa ham, aniq va ishonchli ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Ba’zi bir 
xossalarni aniqlashda murakkab tuzilmali asboblardan foydalanishdan 
ko‘ra, oddiy usullarda tezroq natija olish mumkin. Rus tahlilchi-kimyogar 
olimi A. K. Babko o‘z vaqtida, avtomatlashtirish doimo foyda beradimi, 
deb yozgan edi. Avtomat- analizatorlarni yo‘lga qo‘yish uchun bir qancha 
radiofizik va kimyogarlar, mexaniklar jamoasi ish olib borishi lozim. Bu 
esa masalaning iqtisodiy tomoni bilan bog‘liq. Avtomatlashtirish standart 
mahsulotni yalpi ishlab chiqarishda foydali. „Avtomatlar har doim ham 
malakali mutaxassis o‘rnini bosa olmaydi”,– deb yozgan edi mashhur olim. 
Lekin shunga qaramay, tuproqlarning kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy 
xossalarini 
tadqiq 
qilishda 
eng 
zamonaviy 
texnologiyalardan 
muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Tuproqlarning mineralogik 
tarkibini o‘rganish rentgenografik va spektrometrik tahlillar orqali olib 
borilmoqda. Bunday misollarni juda ko‘p keltirish mumkin.[2] 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish