Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

Hajmiy tahlil
ma’lum konsentratsiyali eritmaning aniqlanadigan 
modda bilan kimyoviy reaksiyasi vaqtida sarf bo‘lgan hajmini o‘lchashga 
asoslangan. Hajmiy tahlilda reaktiv bilan tekshiriladigan modda orasidagi 
o‘zaro kimyoviy ta’sirning tamom bo‘lish payti - ekvivalent nuqtani 
aniqlash muhimdir. Shuning uchun hajmiy miqdoriy tahlil yakunini aniq 
payqash mumkin bo‘lgan (masalan, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning 
rangi o‘zgaradigan) qaytmas reaksiyalardan yoki indikatorlardan 
foydalaniladi. Indikatorlar sifatida tahlil qilinadigan eritmaga oldindan 
ozroq miqdorda qo‘shiladigan va reaksiya nihoyasida, ya’ni ekvivalent 


65 
nuqta qaror topganda, rangi o‘zgaradigan moddalar ishlatiladi. 
Hajmiy tahlilda titrlash usulidan keng foydalaniladi. Bunda titrlangan 
eritma aralashtirib turilgan holda tahlil qilinayotgan (indikator qo‘shilgan) 
eritmaga byuretkadan avval oz-oz hajmda, so‘ngra ekvivalent nuqta 
barqaror bo‘lguncha tomchilatib qo‘shib boriladi. Reaksiya uchun sarf 
bo‘lgan reaktiv miqdori 
(mg)


V - 
G formula asosida hisoblanadi; 
Bu yerda: 
V - titrlashga ketgan reaktiv, ml; G 

titr soni;
Amalda tadqiqotlarning barcha fizik-kimyoviy usullari avvaldan 
rejalashtirilgan 
«tarkib-xossa» 
munosabatlarga asoslanadi. Har qanday 
fizik-kimyoviy usulni ishlab chiqish va qo‘llashning birinchi bosqichida 
o‘rganilayotgan namunaning u yoki bu xossalari bilan bog‘liqligi 
aniqlanadi va u formula yoki grafik tarzida ifodalanadi. Masalan, 
potensiometriyada tuproq eritmasidagi ionlar faolligi va elektrod potensiali 
o‘rtasidagi, 
emission 
spektroskopiyada 
esa 
muayyan 
to‘lqin 
uzunliklaridagi nurlanishlar jadalligi va namunadagi elementlar miqdori 
o‘rtasidagi bog‘liqlik hisobga olinadi. 
Bundan tashqari, ayrim fizik-kimyoviy usullar yordamida tuproq va 
o‘simliklarning tarkibi va tuzilishi kimyoviy aralashuvsiz amalga 
oshirilishi mumkin. Sanoatda hozirgi kunda 
pH, pCa, pK, pNa, pNO
3

pNH
4
, pCl 
larni aniqlash uchun ion selektiv elektrodlar ishlab 
chiqarilmoqda. Ularni tuproqqa suqib yoki o‘simlik organiga joylashtirib, 
ko‘z bilan yoki avtomatik tarzda natijalarni qayd etish mumkin. Ayni, usul, 
birinchidan, tuproq, o‘simlik yoki ularning komponentlarini tabiiy holatda 
o‘rganish imkonini bersa, ikkinchidan, ular yordamida samolyot yoki 
sun’iy yo‘ldoshlarda turib ham kuzatishlarni amalga oshirish mumkin 
bo‘ladi. 
Tahlilning fizik- kimyoviy usullari - tezkor usullar jumlasiga kiradi. 
Ularda o‘ta qimmatbaho asbob-anjomlar ishlatiladi va shunga mos 
ravishda vaqt, mablag‘va kuch tejaladi, olingan natijalar aniqligi bilan 
ajralib turadi. 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish