Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

Cho‘kmani yuvish 
Cho‘kmani yuvishda maxsus yuvgich asbobidan foydalaniladi. 
Yuvgich- ikkita teshigi bo‘lgan va tiqin bilan berkitilgan tagi yassi 
kolbadir. Tiqin teshigiga shisha naylar o‘rnatilgan bo‘ladi. O‘tmas burchak 
shaklida bukilgan kalta nay orqali suvli kolbaga havo puflanadi. Puflangan 
havoning bosimi ostida suv bir tomoni uzun va o‘tkir burchak shaklida 
bukilgan ikkinchi nay orqali otilib chiqadi. Lekin bu asbobni oddiygina 
qilib ham yasash mumkin. Oddiy suvdan bo‘shagan polietilen idishga mos 
keladigan rezina tiqin kiygiziladi. Tiqin teshilib, unga ingichka rezina 
naycha o‘rnatiladi. Naychaning bir uchi idish tubiga yetkaziladi, ikkinchi 
uchiga esa shisha pipetka o‘rnatiladi. 
Cho‘kma filtr orqali yuvilayotganda, cho‘kmali filtrning devorlari 
yuvgichdagi suv bilan yuvib tushiriladi. Suyuqlik filtrlab olinadi va filtratni 
toza probirkaga yig‘ib olingan oxirgi tomchilari, cho‘kmaning unda erigan 
qo‘shimchalardan to‘la tozalanganligini ko‘rsatmaguncha (reaktivlar bilan 
tekshiriladi), cho‘kma 2-3 marta yuvilgandan keyin, yuvindi suvidan olib, 
sifat reaksiyasi orqali tekshirib ko‘riladi.
Stakandagi cho‘kma dekantatsiya (bo‘lib-bo‘lib yuvish) usuli bilan 
yuvilayotganda, stakanda cho‘kma yuviladigan suyuqlikka qo‘shilib, 
shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra cho‘kma tindiriladi 
va suyuqlikni shisha tayoqcha yordamida filtrga quyiladi. 
49-rasm. Cho‘kmalarni yuvishda foydalaniladigan yuvgichlar
 
Moddalarni isitish, qizdirish va quritish jarayonlari 


44 
Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, gaz yoki spirtli gorelkalar 
ishlatiladi. Modda tegishli idishga solinadi va maxsus suv yoki qum 
hammomlarida isitiladi. 
Moddaning uchuvchan tarkibiy qismlarini yo‘qotish uchun modda 
qizdiriladi. Ba’zan modda tarkibidagi kristallizatsion suvni yo‘qotish 
uchun ham modda qizdiriladi. Qizdirish uchun temperaturasi 800 °
С
gacha 
bo‘lgan mufel pechidan, qum hammomidan yoki elektr plitasidan 
foydalanish mumkin. Issiq tigel va kosachalarni qisqichlar yordamida 
ushlash kerak. 
Moddalar turli usullar bilan quritiladi. Agar qattiq modda gigroskopik 
bo‘lmasa, modda filtr qog‘oziga yupqa qilib yoyiladi va chang tushmasligi 
uchun usti filtr qog‘oz bilan berkitilib, ochiq havoda quritiladi. 
Moddani to‘la quritish kerak bo‘lsa, u quritish shkafida 100-110 °
С
temperaturada qizdiriladi. 
Ayrim hollarda (moddalar qizdirilganda parchalanib ketmasligi uchun, 
tezroq quritish uchun va boshqa sabablarga ko‘ra) vakuum bilan ishlovchi 
quritish shkafidan foydalaniladi. 
Endigina mufel pechidan yoki termostatdan olingan buyumlar ochiq 
holda quritilsa, havodan suv bug‘larini o‘ziga yana tortib oladi va 
natijalarning noto‘g‘ri chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatolikka yo‘l 
qo‘ymaslik 
uchun 
tigellar 
eksikatorlarda 
ma’lum 
vaqtgacha 
sovutiladi.Tigellarning hajmi va devorining qalinligiga ko‘ra eksikatordagi 
sovutish vaqti 25 – 60 minutgacha borishi mumkin. Lekin tigellarni 
eksikatorda belgilangan vaqtdan ko‘p qo‘yish mumkin emas. Agar uzoq 
vaqt qoldirishga to‘g‘ri kelsa, unda yana qaytadan tortilib, quritiladi. 
Eksikatorning ko‘rinishi 30-betdagi
9-rasmda berilgan. Eksikatorning 
ichki bo‘lmasini ikki qismga bo‘lish mumkin. Bu bo‘lmalarning yuqori 
qismida chinni plastinka o‘rnatiladi. Eksikatorda havo yurib turishi uchun 
plastinka teshikli qilib ishlangan. Bunday plastinkalar bir nechta tigellarni 
joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Eksikatorning quyi bo‘lmasi, ya’ni tag 
qismiga kalsiy xlorid solinadi. O‘ziga suv bug‘larini yaxshi biriktirib olishi 
uchun eksikator tubiga suvsizlantirilgan kalsiy xlorid tuzidan solib 
qo‘yiladi. Suv bug‘larini suvsizlantirilgan magniy perxlorid (angidrid) 
tuzlari ham yaxshi tortib oladi. Yana fosfoangidrid ham suvni yaxshi tortib 
olish xususiyatiga ega, lekin bu modda qancha ko‘p suv shimsa, shuncha 
ko‘p eriy boshlaydi. Undan tashqari fosfoangidrid ancha qimmat va noyob 
reaktiv hisoblanadi. Eksikatorlarni vaqti–vaqti bilan ko‘rikdan o‘tkazib 
turish kerak. Eksikator bilan ishlayotgan vaqtda tigel yoki boshqa idishlar 
kalsiy xlorid bilan ifloslanmasligiga ahamiyat berish lozim. Uni eksikator 
tubining yarmidan ortiqroq joyiga solish yaramaydi. Chinni plastinkani 


45 
vaqti–vaqti bilan olib, tozalab turiladi. Eksikator qopqog‘ining shlifli joyi 
yaxshi ochilib–yopilishi hamda germetik bo‘lishi uchun texnik vazelin 
surib turiladi. Eksikator ichidagi idishlarni olib tarozida tortish vaqtida 
uning qopqog‘i, albatta, yopib qo‘yiladi.
Talaba laboratoriyalarda ishlash qoidalari, oddiy apparatlar va 
umumiy jarayonlar bilan tanishib chiqqach, ushbu analizlarni o‘zi mustaqil 
bajara olishi lozim. 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish