Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг


Kimyoviy idishlarni yuvish



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

Kimyoviy idishlarni yuvish 
Laboratoriyada ishlaydigan har bir talaba kimyoviy idishlarni yuvishni 
yaxshi bilishi shart. Chunki bajarilayotgan tahlil natijalari idishlarning 
tozaligiga ham bog‘liq. Laboratoriya sharoitida idishlarni yuvish uchun 
vodoprovod suvi, distillangan suv, kaliy bixromat aralashmasi, 
permanganatning ishqor va kislotadagi eritmasidan foydalaniladi. 
Analizning hajmi katta bo‘lsa, ya’ni juda ko‘p idishlardan foydalanish 
kerak bo‘lganda, bug‘ orqali tozalash ham mumkin. 
Shisha idishlarni yuvishda yorshik va maxsus shyotkalardan 
foydalaniladi.
Idishlarni ifloslanganlik darajasiga qarab turlicha yuvish mumkin. 
Idish devorida yoki tagida cho‘kmalar bo‘lmasa, oddiy suv yordamida 
xo‘jalik sovunidan foydalangan holda yuvib, distillangan suvda 
chayqashning o‘zi kifoya qiladi. Agar idish kimyoviy yog‘lar ta’sirida 
ifloslangan bo‘lsa qaynoq sovunli suvda maxsus shyotkalar yordamida 
yuviladi. So‘ngra kislota yoki ishqor bilan, xromka va oxirida distillangan 
suv bilan chayiladi. Idish devoridagi karbonat qoldiqlarini xlorid 
kislotaning 5 yoki 10 %li eritmasi yordamida tozalash mumkin. Idishlarni 


37 
shunday yuvish kerakki, chayilgandan so‘ng idish devorlarida juda mayda 
suv tomchilari yig‘ilib qolmasligi kerak. 
Idish yuvishda eng ko‘p ishlatiladigan reaktiv xromat angidrid 
aralashmasi hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun K
2
Sr
2
O
7
dan 5 gramm olib, 
ustiga 100 ml konsentrlangan sulfat kislota H
2
SO
4
quyiladi va suv 
hammomida eriguncha qizdiriladi va bu reaktiv idish yuvilgandan so‘ng 
ham alohida idishga solib qo‘yiladi, chunki undan yana ko‘p marta 
foydalanish mumkin. Xromat tuzlari nordon erituvchilarda kuchli 
oksidlovchilar bo‘lib hisoblanganligi uchun turli xil qoldiqlarni parchalab 
yuboradi. Xrom aralashmasidan ehtiyotlik bilan foydalanilmasa, tomchilari 
yuzga 
yoki 
qo‘lga 
sachrashi 
va 
kiyimga 
tushib 
kuydirishi 
mumkin.So‘rimlarni olishda ishlatilgan pipetkalar, titrlash uchun 
byuretkalar xromat angidrid eritmasi bo‘lgan silindr ichiga bir necha 
soatga solib qo‘yiladi va shu tarzda yuviladi. Toza yuvilgan pipetkalar va 
byuretkalar ham xromat angidrid eritmasi quyilgan silindrga solib qo‘yilsa, 
ifloslanmaydi va kerak bo‘lgan vaqtda ularni olib distillangan suvda 
chayib, ishlatish mumkin. Xromat angidrid suyuqligidan idishlar parafin, 
kerosin, vosk, mineral yog‘lar bilan ifloslanganda foydalanib bo‘lmaydi. 
Bunday holatlarda boshqa organik 
erituvchilardan foydalanish mumkin. 
Masalan, smola bilan ifloslangan 
bo‘lsa, 
kislota 
yoki 
ishqorning 
konsentrlangan eritmalari qo‘llaniladi. 
Ba’zi 
holatlarda 
organik 
erituvchilardan 
ham 
foydalaniladi 
(benzol, toluol, atseton, efir va 
boshqalar). Organik erituvchilardan 
foydalangan vaqtda olovli joydan 
uzoqroqda ishlagan ma’quldir. Eng 
yaxshi yuvish vositasi 10% li natriy 
fosfat hisoblanadi. Uning suvli eritmasi 
kuchli ishqoriy muhit hosil qilib, 
ifloslantiruvchi moddalarni eritib yuborish xususiyatiga ega. 
Shuni esda tutish lozimki, hech qachon konsentratsiyasi kuchli 
reaktivlarni rakovinaga to‘kish yoki idishiga ham qaytarib quyish mumkin 
emas. Boshqa toza idishga solib, ustiga qanday reaktiv ekanligini yozib 
qo‘yish kerak. 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish