Xo’jalik operatsiyalarini schyotlarda aks ettiring.
Buxgalteriya hisobi schyotlari bo’yicha oborotlarni va oy oxiriga qoldiqlarni hisoblang.
Mahsulot sotishdan olingan natijani aniqlang va hisobdan chiqaring.
Fevral oyi uchun “ Moliyaviy natijalar to’g’risidagi” hisobotni tayyorlang.
1-mart holatiga buxgalteriya balansini tuzing.
2015-yil 1 fevral oyi holatiga buxgalteriya hisobi schyotlaridagi qoldiqlar quyidagicha:
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha litsenizya – 160 000 so’m
Kelgusi davr xarajatlari rezervi – 300 000
Asosiy materiallar – 86 000
Foyda solig’i bo’yicha qarzdorlik – 6 500
I/CH uskunalari – 340 000
Litsenziya eskirishi 28 000
Ma’muriy bino – 410 000
Mol yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlik – 195 400
Taqsimlanmagan foyda – 225 600
Xodimlar oldidagib qarzdorlik – 68 200
Olinadigan schyotlar – 180 500
Savdo binosi – 265 000
Kompyuter texnikasi 150 000
Mulk solig’I bo’yicha qarzdorlik – 16 000
Binoning eskirishi – 180 500
Uskuna eskirishi – 40 000
Faks apparati – 80 000
Faks apparatining eskirishi – 20 000
Kompyuter texnikasining eskirishi - 10 300
Ustav kapitali – 770 000
Hisob-kitob schyoti – 189 000
Fevral oyida quyidagi xo’jalik opertasiyalari sodir bo’ldi:
2-fevral. Byujet ga soliq summasi o’tkazib berildi:
Foyda solig’I bo’yicha – 7 500 so’m
Mulk solig’I bo’yicha – 14 000 so’m
4-fevral. Kassaga hisob-kitob schyotidan naqd pul olindi – 79 000
5-fevral. Kassadan xodimlarga ish haqi berildi – 66 700
7-fevral. Asosiy materiallar ishlab chiqarishga berildi – 56 000
7-fevral. Kassadan boshliq o’rinbosariga xizmat safari uchun bo’nak berildi – 10 000
7-fevral. Kassadagi ortiwcha pul hisob-kitob schyotiga qaytarildi – 1 500
8-fevral. Xaridorlarning qarzi hisob-kitob schyotiga kelib tushdi – 124 000
9-fevral. Mol yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlik to’landi – 92 000
14-fevral. Xisobdor shaxs xizmat safari bo’yicha hisobot topshirdi:
Yo’l kira xarajatlari – 4 500
Yotoqxona xarajatlari – 5 000
Суточник (Kunlik) – 4 000
27-fevral. Asosiy vositalar eskirishi hisoblandi :
Ma’muriy bino uchun – 12 000
Savdo binosi uchun – 8 000
Kompyuter texnikasi uchun – 6 000
Uskuna uchun – 35 000
Faks uchun -2 000
27-fevral. Xodimlarga ish haqi hisoblandi :
Asosiy ishlab chiqarish ishchilariga – 120 000
Ma’muriy xodimlarga – 80 000
Savdo xodimlariga – 60 000
27-fevral. Ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq hisoblandi – 12%
27-fevral. Xodimlar ish haqisidan daromad solig’I ushlandi – 12%
27-fevral. Asosiy ishlab chiqarishdagi tayyor mahsulot olindi - ?
28-fevral. 210 500 so’mlik tayyor mahsulot 540 000 so’mga sotildi. Lekin xaridor 360 000 so’mini to’ladi, qolgan summani 30 kun ichida to’lashga vada berdi.
28- fevral. Vaqtinchalik schyotlar yopildi. Foyda solig’I – 8%