Тупроқни ким таҳлил. Ас ўзг



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/105
Sana11.04.2022
Hajmi13,45 Mb.
#542378
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Bog'liq
Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari Sh.M. Ishoqova 2017

Titrlash qoidalari 
Analiz yakuni muvaffaqiyatli chiqishi uchun analizning mohiyati 
bo‘lgan titrlash jarayonini aniq bajarishga o‘rganish kerak. Shuning uchun 
quyidagi qoidalarga rioya qilish talab etiladi: 
1. Titrlashni boshlashdan oldin byuretka, pipetka va titrlash kolbalari 
toza bo‘lishi shart. 
2. Analiz qilinayotgan eritma pipetka orqali aniq o‘lchamda tortib 
olinadi. Pipetkadagi eritma kolbaga shunday quyiladiki, bunda pipetka 
uchlari kolba devoriga tegib turishi kerak. 
3. Eritma kolbaga quyilgandan so‘ng byuretka uchini kolbadan darhol 
olmasdan, 15 sekund ushlab turiladi. Bunga sabab, oxirgi tomchi ham 
eritma rangini sezilarli darajada o‘zgartirib yuborishi mumkin. 
4. Titrlanayotgan eritmaga qo‘shiladigan indikator qo‘llanmada 
ko‘rsatilgan miqdorda qo‘shilishi lozim.
6. Byuretka shtativga tik holatda o‘rnatiladi, agar qiya bo‘lib qolgan 
bo‘lsa, noto‘g‘ri natijalar olish mumkin. Byuretka usti kichkina voronka 
bilan yopib qo‘yilsa, eritmalarni quyish oson bo‘ladi. 
7. KMnO
4
, K
2
Cr
2
O
7
va boshqa titrlash uchun ishlatiladigan 
oksidlovchi eritmalar shisha kranli byuretkaga quyiladi, chunki oksidlar 
rezina bilan reaksiyaga kirishib, yedirilib boradi. Ishqorlar esa, masalan 
natriy gidroksid va kaliy gidroksid konsentratsiyasi 0,1 n dan oshiq bo‘lsa, 
aksincha, shishalarni yemirib tashlagani uchun uchi sharikli rezina 
pipetkali byuretkalarga quyiladi. Bunda byuretka kranlari silliq ishlashi, 
eritma uchlaridan oqib turmasligi kerak. 
 
Sifat analizi 
Sifat analizi kimyoviy tahlilning bir turidir. Uning maqsadi analiz 
qilinuvchi namuna qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligini 
aniqlashdir. Masalan, kimyoviy birikma yoki qotishma tarkibiga qanday 
elementlar kiradi? Yoki tuzlarning eritmalarida qanay metall ionlari 
mavjud? Yoki gazlarning aralashmalarida uglevodorodlar bormi yoki 
ko‘pmi-ozmi? va h.k. bunday savollarga faqat sifat analizi javob beradi. Bu 
identifikatsiyalash, ya’ni bilib olishdir. 
Sifat analizining aniqlik darajasi qo‘yilgan vazifaga bog‘liq. Masalan, 
biror bir metallni boshqa metall qo‘shilmasidan tozalash kerak bo‘lsin. 
Agar qo‘shilmaning miqdori 10% yoki hatto 1% bo‘lsa, sifat analizining 
natijasi yaqqol ko‘rinadi. Agar uning miqdori 0,01% bo‘lsa-chi? U holda 


47 
sifat analizining natijasi, birinchidan, qo‘yilgan talabga, ikkinchidan, 
uchala qo‘shilmani aniqlash usulining sezgirligiga bog‘liq. 
Sifat analiziga bo‘lgan talab xilma-xil bo‘lishi mumkin. Agar metall 
oddiy texnik buyumlarga qo‘llaniladigan bo‘lsa, hatto 0,1% qo‘shilma 
hech qanday rol o‘ynamaydi. Biroq, masalan, issiqqa chidamli muhim 
qotishmalarni tayyorlashda oson suyuqlanadigan qo‘shilmaning mingdan 
bir ulushi ham zararlidir. Shuning uchun ularni aniqlash usullariga ega 
bo‘lish zarur. Agar foizning mingdan bir ulushini sezadigan usullardan 
foydalanilsa, sifat analizi qo‘shilma borligini ko‘rsatadi. Analitik usulning 
eng katta sezgirligi qo‘shilma foizining o‘ndan bir ulushini aniqlash 
mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda foizning yuzdan bir ulushini aniqlab 
bo‘lmaydi va metallda qo‘shilma yo‘q deb xulosa chiqariladi. 
Kimyoviy sifat analizining vosita va usullari juda xilma-xildir. 
Eritmalardagi ionlarning xarakterli reaksiyalari va bir yo‘la o‘nlab 
kimyoviy elementlarni aniqlashga imkon beradigan spektral analiz usuli, 
gaz xromatografiyasi shular jumlasiga kiradi. 
Sifat analizi tadqiqotchining bilim doirasini kengaytiradi, uni moddani 
«bilish»ga o‘rgatadi, kimyoviy fikrlashini rivojlantiradi. 

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish