(4)
Bir xil chastotali sinusoidal kattaliklarning soat mili yo‘nalishiga
teskari
vektorlar orqali ifodasi sinusoidal tokning vektor diagrammasi deyiladi. Sinusoidal
kattaliklarning boshlang‘ich fazasi
= 0 bo‘lsa, ularning yuqori va effektiv
qiymatini ifodalaydigan vektor abssissa o‘qi bo‘ylab yo‘naladi. Vektor diagramma
sinusoidal kattaliklarni qo‘shish yoki ayirish amallarini ancha soddalashtiradi.
O‘zgarmas tok zanjiri elementlaridagi tok, kuchlanish va quvvat qiymatlari
o‘zgarmas bo‘lsa, o‘zgaruvchan tok zanjiridagi bu
parametrlar vaqt davomida
o‘zgarib turadi. Aktiv qarshilik R
a
, induktivlik
(L)
va sig‘im
(C)
lar sinusoidal tok
zanjirini ifodalaydigan fizik parametrlardir.
Elektr energiyasini boshqa turdagi energiya (issiqlik, yorug‘lik, mexanik)ga
aylantiruvchi zanjir elementi aktiv qarshilik deyiladi. Agar zanjirdagi qarshilikdan
o‘zgaruvchan tok o‘tsa, undagi elektr quvvati Joul-Lens qonuniga binoan qarshilik
(R
a
)
ning qizishiga sarflanadi va qizishga sariflangan quvvat
(P)
ning o‘rtacha
qiymati aktiv quvvat deyiladi. Sig‘imi C bo‘lgan kondensator zanjiriga sinusoidal
kuchlanish
u
=
U
t
sin
t berilsa, qoplamalar goh musbat, goh manfiy zaryadlanib
turadi va undan
i
=
I
t
sin
(
t =90)
=
CU
t
cos
t
o‘zgaruvchan tok o‘tadi. Ifodaga
asosan, sig‘imli zanjirdagi tok fazasi kuchlanish fazasidan 90
0
ilgarilab ketadi.
2
/
'
0
2
2
sin
0, 637 .
t
t
o
t
t
I
I
tdt
I
T
Sig‘im yoki reaktiv qarshilik
C
I
x
c
tok chastotasi va zanjir sig‘imiga teskari
proporsional bo‘ladi.
Kondensator zaryadlanib, qoplamalardagi
kuchlanish ortganida elektr
maydonning quvvati
2
2
СU
ga teng bo‘ladi va zaryadsizlanish davrida tok manba
tomon yo‘naladi. Natijada elektr zanjiridagi quvvat foydali ishga sarflanmay, tok
manbai bilan tebranib turadi. Mazkur tebranishga sarflangan quvvat reaktiv quvvat
deyiladi. Sig‘im qarshilikli zanjirdan o‘tadigan tok sig‘imiy yoki reaktiv tok
deyiladi.
74
Hozirgi zamon radio qurilmalarida kondensatorlar keng qo‗llanilmoqda.
Elektr kondensator dielektrik bilan ajratilgan ikki yoki undan ko‗p elektrodlar
(qoplamalar) dan tashkil topgan tizim bo‗lib, bunda dielektrik qalinligi qoplamalar
o‗lchamlariga nisbatan kichik. Elektrodlarning bunday tizimi o‗zaro elektr
sig‗imiga ega bo‗ladi. Elektr kondensator tayyor mahsulot ko‗rinishida elektr
zanjirlarda ishlatiladi, ya‘ni jamlashtirilgan sig‗im zarur bo‗lgan paytlarda. Elektr
kondensatorlarda dielektriklar sifatida gazlar, suyuqliklar va qattiq elektr
izolyasiyali moddalar, shuningdek yarim o‗tkazgichlar xizmat qiladi. Ular
tebranish
konturlarini hosil qilish, elektr zanjirlarini ajratib qo‗yish uchun,
shuningdek, filtrlarning elementi bo‗lib xizmat qiladi. Elektr kondensator
qoplamalari orasida gazsimon va suyuq dielektriklar bo‗lganda qoplamalar sifatida
metall plastinalar tizimi foydalaniladi, bunda plastinalar oralig‗i doimiy bo‗ladi.
Qattiq dielektrik holida elektr kondensator qoplamalari yupqa metall filtlardan
tayyorlanadi yoki metall qatlamlari bevosita dielektrikka yotqiziladi.
Ayrim
turdagi elektr kondensatorlar uchun metall folga sirtiga (1 qoplama) dielektrikning
yupqa qatlami yotqiziladi, 2-qoplama sifatida metall yoki yarim o‗tkazgich
plyonka, u dielektrik qatlamiga boshqa tomondan yotqiziladi yoki elektrolit (unga
oksidlangan folga botiriladi) ishlatiladi.
Kondensatorlarni tafsivlovchi asosiy parametrlari:
1) sig‗im nominal miqdori;
2) nominal miqdordan og‗ishi yo‗l qo‗yilgan miqdor;
3) ish kuchlanishi;
4) teshib o‗tish sinov kuchlanishi;
5) izolyasiya qarshiligi yoki sizish toki hisoblanadi.
Shuningdek, kondensator dielektrigida bo‗ladigan isrofni, harorat va namlik
o‗zgarganda sig‗im miqdorining turg‗unligini tafsivlovchi miqdorlar ham uning
muhim parametrlari hisoblanadi.
Sig‗im nominal miqdoridan og‗ishga yo‗l qo‗yilgan miqdor kondensatorning
aniqlik sinfiga bog‗liq bo‗ladi. Ko‗p kondensatorlarni qarshiliklarga o‗xshab, uch
aniqlik sinfiga bo‗ladi:
74
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA,
2009. 35-38 bet.]
Kondensatorning ish kuchlanishi, uning
uzoq vaqt normal ishlashini
ta‘minlovchi kuchlanish miqdorini ko‗rsatadi. Ish kuchlanish miqdori volt bilan
kondensatorning ustida ko‗rsatilgan bo‗ladi
75
.
Sinov kuchlanishi kondensatorning dielektrigi teshilmay ma‘lum vaqt
(odatda bir minutdan oshmaydi) chidashi kerak bo‗lgan kuchlanish miqdorini
ko‗rsatadi. Kondensatorning ustida, ko‗pincha, dielektrikning teshilishi
(materialining ishdan chiqishi) bir necha sekundda ro‗y beradigan teshib o‗tish
kuchlanishini miqdori ko‗rsatiladi.
Izolyasiya qarshiligi keltirilgan ma‘lum
miqdordagi kuchlanishda
kondensatorning «sezuvchi» tok miqdorini tavsiflaydi.
Izolyasiya qarshiligi odatda MegaOm yoki MOm/mkf da ifodalanadi.
Izolyasiya qarshiligining miqdori kondensator korpusida ko‗rsatilmaydi, lekin uni
yuqori sezgir Ommetr bilan o‗lchash mumkin.
O‗zgaruvchan tok kondensator orqali o‗tganda dielektrikda tok qisman isrof
bo‗ladi, bu kondensatorni qizishga olib keladi. Tashqi muhitning harorati va
namligi o‗zgarganda sig‗im miqdori ham o‗zgaradi, chunki kondensator
plastinkalarining o‗lchami va dielektrikning singdiruvchanligi ham o‗zgaradi.
Kondensatorning tuzilishi shunday bo‗lishi kerakki, natijada sig‗im
o‗zgarishlari juda oz bo‗lsin.
Kondensatorlar o‗zgarmas va o‗zgaruvchan sig‗imli bo‗ladi. O‗zgaruvchan
sig‗imli kondensatorda sig‗imni ma‘lum oraliqda tekis o‗zgartirish mumkin.
Kondensator sig‗imini oz oraliqda o‗zgartirish uchun yarim o‗zgaruvchan
(sozlovchi) kondensatorlar ham mavjud bo‗lib, ular apparaturani sozlashda
ishlatiladi
76
.
Kondensatorlar havo dielektrikli, qattiq dielektrikli (qog‗ozli,
slyudali,
keramikali) va elektrolitli (quruq va nam) bo‗lishi mumkin.
O‗zgarmas sig‗imli kondensatorlarning asosiy turlarini tavsifini ko‗rib
o‗tamiz.
Qog‗ozli kondensatorlar (38-rasm) past chastotalarda filtrlash, blokirovkalash
va o‗tish kondensatorlari sifatida ishlatiladi. Bu kondensatorlardagi dielektrik—
maxsus modda shimdirilgan qog‗ozdir.
1-jadvalda
qog‗ozli kondensatorlarning parametrlari haqida asosiy
ma‘lumotlar keltirilgan.
Slyudali kondensatorlar yuqori elektr ko‗rsatkichlarga ega.
Ular kichik o‗lchami va arzonligi bilan ajralib turadi. Bu kondensatorlarda
dielektrik sifatida slyuda ishlatiladi. Slyudali kondensatorlar haqida asosiy
ma‘lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: