«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 5,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/85
Sana10.04.2022
Hajmi5,85 Mb.
#540945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
elektrotexnika materiallari fanidan elektrotexnika materiallari.



«O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI»
AKSIYADORLIK JAMIYATI 
 
TOSHKENT TEMIR YO‘L MUHANDISLARI INSTITUTI 
 
«Temir yo‗llar elektr ta‘minoti» kafedrasi
 
 
 
 
 
«ELEKTROTEXNIKA MATERIALLARI” FANIDAN 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZALAR MATNI
 
 
 
 
 
TUZUVCHI: SULLIYEV A.X. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2018 
 


 
1-MA’RUZA 
ELEKTROTEXNIKA MATERIALLARINING SINFLANISHI 
 
Reja. 
 
1. Kirish. Fanning rivojlanish tarixi va asosiy namoyondalari. 
2. Temir yo‘lda elektrotexnika materiallari. 
Tayanch so‘zlar:
dielektriklar, yarim o‗tkazgichlar, o‗tkazgichlar va magnit 
materiallar , elektr o‗tkazuvchanligi o‗tkazgich materiallardan 
 
Elektr texnika materiallari fani bo‗yicha bajariladigan tajriba ishlari yuqori 
kuchlanish bilan bog‗liq. Yuqori kuchlanish inson hayoti uchun havfli, shu sababli 
talaba texnika havfsizligi bilan tanishishi shart. Tajriba ishini bajarishdan oldin 
talabalar shu ishga qarashli yuqori kuchlanishli qurilmalar bilan tanishadilar. 
Tajriba ishini bajarish uchun o‗qituvchidan ruxsat olinadi. Tekshirilayotgan 
dielektrikni elektrodlar orasiga joylashtirib, keyin yuqori kuchlanish ulanadi. Har 
bitta tajriba ishi himoya qafaslari bilan jihozlangan bo‗lib, texnika havfsizligiga 
rioya qilinishi kerak
1

Dielektriklarning muhim xususiyatlaridan biri, uning tashqi elektr 
maydoni ta‘sirida qutblanishidir. qutblanish deganda dielektrikda elektr 
maydoni ta‘sirida zaryadlangan zarrachalarning fazoviy joylashuvini o‗zgartirish
holati tushuniladi. Elektr maydoni ta‘sirida bo‗lgan dielektrik ikki vektor
qiymati – elektr maydon kuchlanganligi
)
(
E
va qutblanganlik 
)
(
P
bilan
ifodalanadi. Elektr maydon kuchlanganligi zaryadlangan jism yoki
zarrachalarning elektr maydonidagi ta‘sir kuchini ifodalaydi. Elektr maydon
kuchlanganligi vektorning yo‗nalishi sifatida jism nuqtaviy zaryadining musbat
kuch chizig‗i yo‗nalishi qabul qilingan. 
Elektr uskunalarning tok tashuvchi qismlariga bevosita tegib shikastlanish 
xavfidan tashqari yuqori kuchlanishdan past kuchlanishga o‗tishdagi tokdan 
shikastlanish xavfi ham mavjud. 
Yuqori kuchlanish tarmog‗idan pastki kuchlanish tarmog‗iga o‗tayotgandagi 
xavfdan himoyalanish neytralni yoki pastki kuchlanish tarmog‗i fazasini yerga 
ulash orqali amalga oshiriladi
2

Elektr uskunalarning metall qismlaridan kuchlanish o‗tishidan himoyalanish 
uchun yerlatkich, nollash yoki ajratish qurilmalaridan foydalaniladi. 
1
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009. 1-2 bet].
2
[T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 
2009. 3-4 bet].


Elektrotexnika materiallarining rivojlanishi 
Elektr uskunalar korpuslariga tutashuv, ya‘ni yerdan izolyasiyalanmagan 
konstruktiv qismlarga kuchlanish ta‘siridagi tok o‗tkazuvchi qismlarning tegib 
qolishi elektr uskunalarining yerga nisbatan kuchlanish ostida qolishiga olib keladi. 
Bunday hollarda odam yerda yoki polda turgan holda elektr uskunaning 
shikastlangan joyiga tegib ketsa, u elektr tokidan shikastlanish xavfi ostida qoladi. 
Kuchlanish o‗tishi tufayli tokdan shikastlanish xavfini oldini olish uchun 
elektr qurilmalar konstruktiv qismlarini himoyaviy yerga ulash yoki nollash 
amalga oshiriladi. Yerlash himoyasi va nollash elektr uskunaning normal holatda 
kuchlanish ostida bo‗lmagan metall qismlariga mis yoki temir o‗tkazgichlar orqali 
yerlatgichga ulanishiga aytiladi
3
. Izolyasiya shikastlanishi natijasida kelib chiqqan 
korpusdagi qisqa tutashuv tarmoqqa ulangan yerlatkich o‗tkazgichlari orqali o‗tadi. 
1000 V dan yuqori bo‗lgan kuchlanishli elektr qurilmalar uchun asosiy 
himoya vositalari: kuchlanish ta‘siri ish bajarish, vaqtincha yerlatkich va 
o‗lchagich vositalari uchun shtanga; saqlagichni o‗rnatish va echish uchun 
himoyalangan qisqichlar. Qo‗shimcha vositalarga quyidagilar kiradi: dielektrik 
qo‗lqoplar, dielektrik tufli va himoya, xususan, qadam kuchlanishidan himoya 
uchun kovushlar, himoyalovchi tagliklar, dielektrik mat (gilamcha, namat). Barcha 
himoya vositalari davomiy ko‗rikdan o‗tkazilib turiladi. Ko‗rik davomida yaroqsiz 
deb topilgani va ko‗rikdan o‗tkazish muddati o‗tib ketgan himoya vositalari darhol 
foydalanishdan chiqarilishi lozim. 
4
Bundan tashqari, himoya vositalari qobiqlarida biron-bir kamchilik 
sezilganda, ular navbatdan tashqari ko‗rikdan o‗tkaziladi.
3

Download 5,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish